June 22, 2024

O‘zbekiston va Finlandiya ta’limidagi 13 ta farq

1. O‘quv dasturi va darsliklar mamlakatimizda ta’limning asosiy qismi sifatida qaraladi. Ta’limning sifatsizligi, Ko‘pincha, bu ikkalasining aybi deb hisoblanadi. Finlandiyada juda oddiy o‘quv dasturi mavjud va ko‘p ham o‘zgarmaydi. O‘qituvchilar o‘zlari o‘qitiladigan kitoblarni tanlaydilar, ammo darsliklar unchalik ko‘p emas. Shunday qilib, Finlandiya ta’lim tizimida darsliklar asosiy qism bo‘lishi u yoqda tursin, kerakli narsa ham emas.

2. O‘zbekistondagi birinchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari "Bugun bolamiz matematikadan 5 oldi!" deb g‘ururlanishlari mumkin. Rasmiy baholar bo‘lmasa ham, o‘qituvchilar o‘z tashabbusi bilan testlarni katta fidoyilik bilan tayyorlaydilar va bolalarni imtihonga boy kelajakka tayyorlaydilar. Finlandiya o‘quvchilari maktabning dastlabki olti yilida hech qachon baholanmaydi. Bu yerdagi talabalar birinchi bo‘lib 16 yoshga to‘lganlarida mamlakat miqyosida imtihon topshiradilar.

3. O‘zbekistonda maktabda o‘quvchi qayergadir chiqindi tashlasa yoki shunga o‘xshash holat bo‘lsa, ertasiga ota-onasiga shikoyat qilinib, chaqiriladi. Finlandiyada o‘quvchilar tizimdagi barcha maktab ishlarini navbat bilan bajaradilar. Finlandiya maktablarida xizmatchilar yo‘q, barcha ishlar o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib, ularning mas’uliyat hissi rivojlanadi.

4. Finlandiyadagi maktablar o‘quvchilarga qulay bo‘lishi uchun mo‘ljallangan. Sinflarda bajarish va yashash orqali o‘rganish modeliga mos joylar mavjud. Binolarning qurilish xususiyatlari o‘quvchilarga xuddi uydagidek qulay bo‘lishiga imkon beradi deb o‘ylashadi. O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida buyruq ostida o‘quvchilar nazoratda ushlab turishga uriniladi. "Menga quloq soling" deb baqirib turadigan o‘qituvchi oldida qanchalik yaxshi quloq solishlarini bilib bo‘lmaydi.

5. O‘zbekistonda xususiy maktablarda o‘qish soati 8, davlat maktablarida esa 5-6 soat. Bu ham yetmaganidek, darsdan so‘ng to‘garaklar, qo‘shimcha darslar, repetitorlar qo‘shilib shaxsiy darslar 12-14 soatni qamrab oladi. Finlandiyada esa kunlik dars 4 soatni tashkil qiladi va Jahon Ta’lim tizimlari reytingini ko‘rib chiqsak, sifat va miqdor tushunchalari naqadar muhim ekanligi oydinlashadi,

6. O‘zbekistondagi barcha o‘qituvchilar o‘zlarini kasbining eng yuqori cho‘qqisida ko‘rishadi. Imtihon natijalari yomon bo‘lsa, odatda, o‘rganishdagi qiyinchiliklar esga olinadi. Yilda bir yoki ma’lum yillarda bir marta malaka oshirish amalga oshiriladi. Shu sababli, kasbiy malakani oshirish bo‘yicha doimiy ish olib borilmaydi. Finlandiyada esa o‘qituvchilar haftasiga kamida 2 soat malaka oshirish kurslarida qatnashishlari kerak.

7. O‘zbekistonda "Hech bo‘lmasa, maktabda o‘qituvchi bo‘ladi" degan mantiq hali ham bor. Ammo Finlandiyada o‘qituvchilik kasbi jamiyatning eng muhim kasblarıdan biridir! O‘qituvchilar magistr darajasiga ega bo‘lganlar orasidan tanlanadi. Bakalavr bitiruvchilari orasida o‘qituvchilik uchun ariza berganlarning atigi o‘n foizi o‘qituvchilarni tayyorlash dasturiga qabul qilinadi.

8. O‘zbekistonda o‘qituvchi bo‘lish uchun institutni bitirsangiz kifoya. Finlandiyada o‘qituvchi bo‘lish uchun uch bosqichli sinovdan o‘tishingiz kerak. Ushbu bosqichlar orasida muloqot va dars tushuntirish kabi bo‘limlar mavjud.

9. Finlandiyada o‘qituvchilarning daromad darajasi juda yaxshi. O‘z ishidan boshqa ish bilan shug‘ullanib, qo‘shimcha daromad olishga intilayotgan o‘qituvchilar deyarli yo‘q. Mamlakatimizda qo‘shimcha daromad olish uchun qo‘shimcha dars o‘tmaydigan o‘qituvchilar deyarli yo‘q. Chunki ularning maoshi, hatto, ehtiyojlariga ham yetmaydi ba’zida. O‘qituvchilarning to‘lovlarni to‘lash uchun boshqa narsalar bilan kurashishi natijasida yuzaga kelgan vaziyat uchun hisobni butun xalq to‘laydi keyin.

10. O‘zbekistonda o‘qituvchilar qancha ko‘p uyga vazifa bersa, shuncha yaxshi bo‘ladi deb hisoblashadi. Finlandiyadagi o‘quvchilarga uy vazifasi berilmaydi. O‘qish joyi maktab sifatida qaraladi. Shu sababli Finlandiyada kechqurun farzandining mehnatdan topshirig‘i uchun kartonga gul chizib o‘tiradigan ota-onalar yo‘q.

11. Finlandiyada hech bir o‘quvchi rassomchilik bo‘limida o‘qib, matematikadan dars qilib o‘tirmaydi. Mamlakatimizda o‘quvchilar matematikadan zerikishadi va daftarlariga rasm chizishadi. Keyin matematika o‘qituvchisi bolani rasm darsida ushlaydi va uni matematikadan o‘qishga olib boradi. Tizim shunday ekan, tizimning samarali shaxslarni ishlab chiqarishini kutish, albatta, qiyin.

12. Bizning sinflarda, agar barcha o‘quvchilar o‘z joylarida o‘tirsa va ovozlari chiqmasa, o‘sha sinf o‘qituvchisini maqtashadi. Finlandiyada agar sinfdan ovoz chiqmasa, o‘quvchilar o‘z stollarida qatorlashib, hech joyidan turmasdan o‘tirsa, o‘sha sinf o‘qituvchisi tekshiruvga olinadi. Chunki Finlandiya ta’lim tizimida dars tushuntiradigan o‘qituvchi yo‘q. Hamma narsani birgalikda bajaradigan mashg‘ulotlar mavjud. Shuning uchun ham Finlandiya maktablaridagi sinflarda "aylanib yurma, o‘tir joyingga" degan gap deyarli eshitilmaydi.

13. Fin maktab oshxonalarida suv, sut va mevalardan boshqa narsa yo‘q. Bizda esa boshqacha. Har tanaffusda shokolad bilan shirinliklar iste’mol qiladigan bolalarni ketma-ket 6 soat davomida o‘tirishga urinish o‘qituvchilar uchun katta sinovi. Ehtimol, shuning uchun bizda tanaffus bo‘lishi bilan tez chiqib ketish bo‘yicha rekordlar bor.

Grigoriy Petrovning "Oq nilufarlar yurtida" asari asosida tayyorlandi.