TUPROQQAL’A TUMANI PROKURORINING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
Assalomu alaykum aziz hamyurtlar!
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini ulug’lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, davlatchiligimiz tarixi hyech qachon bugungidek keng ko’lamli va shiddatli islohotlarga guvoh bo’lmagan.
Dunyo miqyosida «Yangi O’zbekiston» degan ibora paydo bo’lib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro’ – e’tibori tobora ortib bormoqda.
Qolaversa, inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, inson qadrini ulug’lash islohotlar markaziga olib chiqildi.
Tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida o’tgan 2026 yilning 5 oyda muayyan ishlar amalga oshirildi.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar tumanda o’rtacha 136,6 tadan to’g’ri kelgan.
Joriy yil 5 oy davomida tumanda 84 ta jinoyatlar (41) qayd etilib, shundan 9tasi (10,7 foizi) oldi olinishi lozim bo’lgan, 32 tasi (38,1 foizi) aniqlangan va 43 tasi (51,2 foizi) AKT yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etadi.
Tumanda umumiy (AKT jinoyatlardan tashqari) 41 ta jinoyatlarning 9 tasini (21,9 foiz) oldi olinishi mumkin bo’lgan 1 ta o’lim bilan bog’liq yo’l – transport xodisasi, 4 ta o’lim bilan bog’liq bo’lmagan yo’l – transport xodisasi, bittasi firibgarlik, ikkitasi aliment hamda bittasi o’rtacha og’ir shikast yetkazish jinoyatlari tashkil etib, ularning soni avvalgi yilga nisbatan2 taga yoki 18,2 foizga kamaygan.
Oldi olinishi lozim bo’lgan jinoyat turlaridan o’lim bilan bo’lmagan bo’lgan YTX oldingi yilning mos davriga nisbatan (1/1) teng, o’lim bilan bog’liq bo’lgan YTX 1 taga yoki 20 foizga kamaygan bo’lsa, firibgarlik jinoyati 100 foizga (1/2) oshgan.
Qayd qilingan jinoyatlarning bittasi guruh (1/1), bittasiayollar (0/1)hamda bittasi yoshlar (1/2)tomonidan sodir qilingan.
Muqaddam sudlanganlar, mastlar, ishsizlar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilmagan.
Tumandagi 18 tamahallalarning 16 tasi“yashil”, 2 tasi “sariq” toifaga kiritilgan.
“Sariq” toifadagi “Sharlauq” (1 ta oldi olinadigan uncha og’ir bo’lmagan jinoyat) va “Saidlar” (1 ta oldi olinadigan uncha og’ir bo’lmagan jinoyat) mahallalarida sodir etilgan.
Qidiruvdagi 16 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv ishlari olib borilib, to’qqiz nafari ushlangan va qolgan yetti nafar shaxslarga nisbatan qidiruv ishlari davom etmoqda.
Talonchilik, kotillik, nomusga tegish, o’zgalar mulkini nobud qilish va avtotransportni olib qochish, odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, bezorilik jinoyatlari sodir etilishining oldi olingan.
2026 yil 5 oyida tuman IIB faoliyatida 18 ta jinoyatlar hisobdan yashirilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda hisobga qo’yildi va IIB mas’ul xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari o’tkazilgan.
Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan 40 ta qonun buzilish holatlari 9 ta taqdimnomalar orqali bartaraf qilindi.
O’tkazilgan prokuror nazorati tadbirlari davomida 10 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Tuman prokuraturasi va IIBda dastlabki tergovning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko’rilgan.
Tuman prokuraturasi va IIB tergovida jami 49 ta jinoyat ishining tergovi tamomlanib, 50 nafar shaxslarga nisbatan 42 ta jinoyat ishlari sudlarga yuborildi.
Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarning undirilishi, shu jumladan, zararlarni qoplash maqsadida xatlangan mol-mulk yoki boshqa moddiy-qimmatliklarni haqiqiy bahosini aniqlashning barcha choralari ko’rib kelindi.
Shu davrda tuman prokuraturasi va IIBda tergov qilingan jinoyat ishlari bo’yicha asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, ushlangan hamda sud tomonidan oqlangan shaxslar bo’lmagan.
2026 yil 5 oyida fuqarolarning o’z joniga qasd yoki suiqasd qilish holati o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2 (2/3) tani tashkil qilib, 33 foizga kamaygan.
Bu borada har bir holat yuzasidan mahalla fuqarolar yig’inlariva boshqa tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilib, tuman hokimligi bilan hamkorlikda chora - tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Dolzarb ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari, xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, yangi qabul qilingan hamda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan qonunlarning mazmun mohiyatini aholi o’rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etishga qaratilgan tadbirlar rejalari tuzilib, bir qator targ’ibot tadbirlar amalga oshirilgan.
Albatta tumandagi barqarorlikni hamda ijtimoiy – iqtisodiy islohotlardagi bardavomligini ta’minlashda tuman prokuraturasining xodimlari xalqiga, Prezidentiga sadoqat va fidoiylik bilan xizmat qiladi.
Mamlakamitimiz va xalqimiz rivoji uchun barchamiz bir birimizga yelkadosh bo’lib, hamjihatlikda harakat qilsak, har bir oila va mahallaning, tumanning rivoji, tinchligi va osoyishtaligini saqlashda albatta ko’zlangan maqsadlarga erishamiz.
MUZAFFAR SAPAYEV Tuproqqal’a tumani prokurori 2026 yil 01 iyun