February 26
🌙 Ramazon — mehr va saxovat oyi
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Tuproqqal’a tumani hokimi “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda salomatligi bois ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar oldi.
Tashrif davomida xonadonlarga kirilib, ularning yashash sharoiti o‘rganildi, muammolari tinglandi hamda amaliy yordam ko‘rsatildi. Ramazon oyining insonparvarlik va mehr-oqibat fazilatlari yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
Mehr va e’tibor — jamiyatimiz birdamligining mustahkam asosidir.