February 26
🤝 Saxovat — ezgulik timsoli
Ramazon oyi munosabati bilan tuman hokimi “Saxovat” mahallasida ham bo‘lib, ehtiyojmand va bemor fuqarolar holidan xabar oldi.
Xonadonlarga tashrif chog‘ida ularning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va zarur ko‘maklar yetkazildi.
Ramazon — mehr ko‘rsatish, qalblarga quvonch ulashish oyidir.