February 26
🌟 Sayapir mahallasida mehr ulashildi
Muborak Ramazon oyida tuman hokimi “Sayapir” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilalar va xastalar holidan xabar oldi.
Suhbatlar davomida fuqarolarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaydi.