February 18
📌 Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari aholiga qulaylik yaratmoqda
Tuproqqal'a tumanida muborak Ramazon oyi arafasida oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi.
Mazkur yarmarkalarda aholi uchun kundalik ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda taklif etilmoqda.
🍎 Yarmarkalarda tuxum, olma, anor, xurmo, sabzavot va poliz mahsulotlari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keng assortimentda savdoga qo‘yilgan.
🤝 Aholiga qulaylik yaratish, narx-navoni barqaror saqlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu savdo yarmarkalari fuqarolar tomonidan iliq kutib olinmoqda.
Ramazon oyida xonadonlar dasturxonining to‘kin bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.