December 1, 2025

Tuproqqal’a tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik M.U.Matyakubovning Tuproqqal’a tumani sodir qilingan jinoyatlar bo‘yicha “profilaktik-ogoxlantirish murojaati”

Tuproqqal’a tumani mahallalardagi kriminogen vaziyat tahlil qilinganida joriy yilning 11 oyi davomida tuman hududida 132 ta jinoyatlar sodir qilingan bo‘lib, 34 tasi oldi olinishi lozim bo‘lgan, 52 tasi aniqlanishi lozim bo‘lgan va 46 ta axborot texnalogiyalari yordamida sodir qilingan jinoyatlardir.