October 31

Matbuot anjumani | "Tashabbusli byudjet" loyihasining ahmiyati va natijadorligi  

Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida "Tashabbusli byudjet" loyihasining ahamiyati hamda natijalari tahliliga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, soha mutaxassislari, OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 6-iyuldan 1-sentyabrga qadar o‘tkazilib, 1-sentyabr kuni “Ochiq budjet” portalida g’olib loyihalar e’lon qilindi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tuman bo‘yicha 3 ta mahalla fuqarolari tomonidan ilgari surilgan, 7,3 ming fuqaro tomonidan ovoz berilgan 5 mlrd. 334,7 mln. so‘mlik 4 ta loyiha g’olib deb topildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori bilan tasdiqlab berilgan Nizomga asosan, g’olib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish belgilab berilgan.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 5-sentyabrdagi VI-106-121-12-218-K/24-sonli qaroriga asosan moliyalashtirish yuzasidan manzilli ro‘yxat shakllantirilgan hamda buyurtmachi tashkilotlar belgilangan.
“Ochiq budjet” portali orqali g’olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan manzilli ro‘yxatga asosan, har bir g’olib deb topilgan loyihalar uchun tegishli buyurtmachilarga alohida “4017” (1. Sharlauq mahallasi Mirzo Ulug'bek va Muqumiy ko'chalarini asfalt qilish uchun 1mlrd.360,0mln. so‘m, 1401722860332217045205118005, 2. Sharlauq mahallasi Paxtakor, To'maris va Toshkent ko'chalarini asfalt qilish uchun 1mlrd.360,0mln. so‘m, 401722860332217045205118006, 3. Tuman tibbiyot birlashmasi hududida joylashgan Tez tibbiy yordam stansiyasi mavjud binosini kapital ta'mirlash va qo'shimcha 4 ta maxsus xona qurish ishlarini bajarish uchun 1mlrd.360,0mln. so‘m, 401722860332217073101054002 ) 4.Tumandagi 19-son umumta’lim maktabi moddiy texnika bazasini rivojlantirish loyihasi uchun 1mlrd.254,7mln. so‘m, 401722860332217092100072009 va 401722860332217092100072010 shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar ochilgan hamda 4 ta g’olib loyiha uchun fuqarolar tashabbusi jamg’armasi hisobidan 5 mlrd. 334,7 mln. so‘mlik mablag’lar moliyalashtirilgan.