November 27, 2025

"Balerina Kim" Ep 2

Hamma Qora oqqush ni tanladi va uni olib ketish uchun hammasi tayyor payti qirol saroyidan xat keldi ikki oqqush ni olib kelish buyurildi va Oq va Qora oqqush saroyga olib ketildi

Qirollik saroyining eshiklari ohista ochildi. Ichkariga ikki balerina olib kirilardi biri oq biri qora. Zal ichida xizmatkorlar qator bo‘lib turgan, hamma boshini egib kutardi.

Taxt yonida o‘tirgan Qirol qimirlamasdan qarab turardi. Uning kipriklari ham qimirlamay, nafas olgani ham bilinmasdi. Oq oqqush boshini egdi, ko‘zlari yerga tikildi. Qora oqqush esa qarshida turgan Qirolga qaradi.

Bu qarash oddiy emasdi… tanishdek, og‘riqli, juda eski.

Qirol o‘rnidan asta turdi. Qadam bosishi og‘ir, lekin yuragi otilib chiqayotgandek edi. U Qora oqqush oldida to‘xtadi. Quloqlari shovqin ichida faqat yuragini eshitardi. Seokjin boshini ko‘tarmadi. Qirol kaftini sekin ko‘tardi, go‘yo yillar oldin yo‘qotgan biror narsasiga tegmoqchi bo‘lgandek.

Qirol: Isming

Uning ovozi titrardi, bir odamni sog‘ingandagi titroq edi bu.

Qora oqqush sekin bosh ko‘tardi. Lablarida achchiq kulgi, ko‘zlarida yig‘i yashirinardi.

Kj:Kim Seokjin, janob Qirol.

Bu ism aytilishi bilan zal ichida havo muzlab qolgandek bo‘ldi. Qirolning ko‘zlari bir zumda namlandi, lekin u ko‘rsatmaslik uchun yuzini burdi. U o‘tmishidan qochganday chuqur nafas oldi.

Qirol: Demak… sen…

Seokjin ko‘zini uzmadi. Uning nigohi ham ayblov, ham alam edi.

Sj:Ha, janob. Men Kim Seokjin

Zal jim bo‘lib qoldi. Jeon ham, oq oqqush ham nafasini ichiga yutdi. Qirolning qo‘li titrab, Seokjinning yelkasiga tegdi. Shu lahzada Seokjin ko‘zlarida bir tomchi yosh ko‘rindi… shunda Qirol lablari o‘zgardi, yillar davomida yutib kelgan dardini yashira olmadi.

Qirol: Men seni… hech qachon unutmadim…ovozidan butun bolalik alam, otaning zulmi, ayriliq ohangi eshitilib.

Seokjin kuldi

Sj: Unutmaganing uchun men bugun shu yerda emasman, janob Qirol

Zalda qayta jimlik hukm surdi. Qora Oqqushning oxirgi so‘zlari hammani muzdek qotirdi. Qirolning kafti hanuz Seokjinning yelkasida edi, ammo u qo‘lini tortib oldi bu endi qo‘riqlash uchun emas, qo‘rqish uchun edi.

Shu payt Seokjin asta yon chizig‘idan uzun, ingichka,o‘tkazib olib kelgan maxfiy balerina qilichini chiqarib, barmogida aylantirdi. Qilich raqqosa kabi nozik, lekin o‘tkir edi. Uning jilosi marmar polga o‘ynadi.

Seokjin jilmaydi: Sevgi bilan qaytmaganimni faqat siz emas, qurol bilan ham isbotlab qo‘yishim kerak shekilli.

Saroy qo‘riqchilari bir zumda aylana bolib rostlab, qilichlariga yopishdilar. Ammo Qirol qo‘lini havoda ko‘tarib

Qirol:Yo‘q, Hech kim tegmasin!

U nigohini Seokjindan uzmay turar ekan, ovozi titrasa-da, buyruq ohangi yo‘qolmagan edi

Qirol: Agar ko‘ngling yaralangan bo‘lsa… men seni himoya qilaman. Men seni dushman deb bilmayman.

Seokjin kuldi. Yelkasidan qora pat tushdi. Qilichni yana aylantirib qo‘ydi.

Sj:Men sizning himoyangizga muhtoj emasman, janob.Qirol

Jeon bilan kelgan balerina nihoyat nafas oldi. Uning ko‘zlari bir muddat Seokjin va Qirol o‘rtasidagi zanjirlashgan tuyg‘ularga duch keldi. Oq Oqqush oldinga chiqib, baland ovozda, lekin muloyim ohangda gapirdi

Sj:Qirolligimiz bizdan foyda ko‘radi, shubhasiz. Ammo biz bilan birga yana bir qush keltirishingiz mumkin edi, Qirol

Qirol uning ko‘zlariga qaradi. Oq Oqqush davom etdi

Sj:Mening ukam. U butun dunyo sahnalarini zabt etgan, barchaning e’tiborida. Agar siz taxtingizni yanada obro‘li qilishni istasangiz… uni ham saroyga keltiring. U sizga bizdan ham ko‘proq foyda keltiradi.

Bu so‘zlar zalni boshqacha muzlatdi. Endi dard emas, tijorat gapirayotgan edi.

Seokjin asta boshini burdi, oq balerinaga qaradi. Uning ko‘zlarida mayuslik ham, alam ham chaqnadi.

Qirol: Hosh u kim qayerdan topaman uni?

Sj: u xozir menimcha Europa da bolsa kerak yaqinda chosonda katta saxnaga keladi.

Oq oqqush boshini egib shivirladi

Oq oqqush: Jin sonbennim nmalar qilyapsiz axir bu yerga Jeon oylasi bor

Jeon bu gapni tushunmadi lekin nmadur sezgandek Jimin ( oq oqqush ga ozgacha nigoh bilan qaradi)

Jeon: nma? Kim Jeon dedimi lanati aniq eshitmadim

Qirol: Hosh uni toliq ismi nma ekan bu bn albatta shug'ullanamiz shundaymi Jeon.

Jeon: Albatta janob

Hammaga qiziq tuyulgan balerina kim boldi u qanday jozibaga ega ekan aa?...

Lyss: qirol ni kimligini bildilarin db uyleman🙂‍↔️