May 16, 2020

35. E-kurs. Ovozsiz kino.

From: Sevara Mashrabzoda

Wikipedia's source

Ovozsiz kino — kinematografning dastlabki rivojlanish davridagi nomi. Ovozsiz kino davrida filmningtuzilish xususiyatlari, oʻziga xos estetik jihatlari belgilandi. Badiiy filmlar mazmuni va vokealarning rivojlanib borish holati soʻzsiz — faqat tasvir yordamida ochib berilardi. Dastlabki rivojlanish davridagi oʻziga xosligi uning aktyor ijrosi bilan boglik, ifoda vositalari boʻlib, kadr ta-giga voqeani tushuntirib beruvchi yozuvlar yozib borilgan. Asosiy ifoda vositalari 20-asrning 20-yillarida kino sanʼati asoslari (kinematografik rejalar, suratga olish rakurslari, montajning almashinib turishi, yaxlit asar yaratish, unga loyiq talqin topish va boshqalar) ga suyangan holda ishlab chiqildi. Birinchi ovozsiz filmlar rej.lari fransuz aka-uka Lyumyerlar (hujjatli) va J. Melyes (fantastik ertak) jahon kinosining bosh yoʻnalishini belgilab berdi. Ovozsiz kinoni fransuz "avangard"lari, nemis ekspressionizm vakillari, shuningdek, D. Griffit, Ch. Chaplin, R. Flaerti kabi amerika kinorej.lari olib bordilar. A. Nilsen, B. Kiton, M. Linder, Ch. Chaplin, M. Pikford va boshqa Ovozsiz kinoning yetakchi ak-tyorlari boʻldi.

Oʻzbekistonda Ovozsiz kino davri 1925—35 yillarni oʻz ichiga oladi. "Soyabon arava", "Ravot qashqirlari", "Ikkinchi xotin", "Yuksalish" va boshqa dastlabki ovozsiz filmlardir. S. Xoʻjayev, E.Hamroyev, N. Gʻaniyev, K. Yormatov, R. Pirmuhamedov, Y. Aʼzamov, Z.Shoki-rova, M.Jaʼfarova kabi sanʼatkorlar Ovozsiz kino davrida milliy kinoning shakllanishida muhim rol oʻynaganlar.

@tvrra303