6. E-kurs. Ko'rsatuv konsepsiya qanday yoziladi?
From: Mashrabzoda Sevara
«BILISHNI ISTAYMAN!!!» ko'ngil ochar ko'rsatuvining
KONSEPSIYASI
Ko‘rsatuvning texnik xarakteristikasi:
Yo‘nalish: Ko‘ngilochar.
Xronometraj: 30 daqiqa.
Efirga uzatilish tartibi:
Original – 1 oyda uch marta. Takror – 1 oyda uch marta.
Jami – 1 oyda ta efir.
Maqsad:
O‘zbekistonda bugungi kunda turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab kompaniyalar o‘z faoliyatini olib bormoqda: aholiga xizmat ko‘rsatish, savdo-sotiq yo‘nalishi, ishlab chiqarish va hokazo. Ko‘rsatuvimiz orqali shu kompaniyalarning faoliyati haqida ko‘ngilochar dastur shaklida ommaga ma’lumotlarni taqdim etish va teletomoshabinda yangicha televizion yondashish orqali zamonaviy qarashni shakllantirish.
Ijodiy jamoa:
Boshlovchi – 1
Muharrir – 1
Rejissor – 1
Teleoperator – 3
Montaj mutahassisi – 1
Grim ustasi –
Kerakli uskunalar: 1
Kamera – 3
Mikrofon – 2
Mikrofon (petlichka) – 2
Montaj apparati – 1
1 ta ko‘rsatuvni tayyorlash jarayonida uskunalarni ishlatish uchun kerak bo‘ladigan vaqt (haftasiga/soat o‘lchovida):
Videokamera – 8–10
Komputer montaj apparati – 6–10
Ko‘rsatuv strukturasi:
Har bir ko‘rsatuv alohida bir mavzuga oid bo‘lib, ko‘rsatuv tarkibiga kiruvchi sahifalar orqali har bir ish o‘z kasb ustasi tomonidan bajarilishi kerakligi tushuntirib boriladi. Undan tashqari, agarda kimda-kim bu ishlarni o‘zi amalga oshirish ishtyoqida bo‘lsa, buning uchun, avvalo, chuqur bilim va amaliyot talab qilinishi yaqqol ko‘rsatiladi.
10 kunda 1 marta tasvirga olinadigan ko‘rsatuv birnechta sahifani o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilardan iborat:
«Ko‘z – qo‘rqoq qo‘l – botir» – ishlab chikarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya xodimini o‘rnida boshlovchi u yoki bu mahsulotni o‘z qo‘llari bilan amalga oshiradi. Bundan tashqari kompaniya faoliyati va ishlab chiqaruvchi mahsuloti haqida ma’lumot taqdim etiladi. (10–12 daqiqa)
«Aralash-quralash» – turli yo‘nalish bo‘yicha boshlovchi o‘z kuchi va imkoniyatlarini sinab ko‘radi. Bundan tashqari tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot taqdim etiladi. (10–12 daqiqa)
«Xizmatingizdamiz» – aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniya xodimi o‘rnida boshlovchi u yoki bu xizmat turi amalga oshiradi. Bundan tashqari kompaniya faoliyati va shu xizmat turi haqida ma’lumot taqdim etiladi. (10–12 daqiqa)
Ko‘rsatuv so'nggida keyingi dastur bilan tanishtiriladi.