PAINFUL ENDING
- Hayrli kech fransuz xonim... - Shiwon erkak tomon qaradi
- Sizga ham hayrli kech... Biz tanishmizmi?
- Yoʻq ammo endi tanishamiz - erkak uning yoniga oʻtirdi. Qiz qoshini chimirib qarab turardi...
- Xoʻsh nega siz bilan tanishishim kerak? - sovuq ohangda soʻradi. Bu ohangdan erkak qizga yoqmaganini tushundi...
- Sizni yoqtirib qoldim deylik...
- Hm bir koʻrishda sevgi deng - qiz mayin tabbasum qilib oʻrnidan turdi - janob tanishishni istasangiz men aytgan tilni oʻrganing, shunda tanishamiz - Shiwon bu erkakni shunchaki doimo unga xushomad qiladigon insonlardan biri deb oʻyladi, ammo u bu safar adashgan edi...
- Xoʻsh qaysi til? - erkak qoshlarini chimirdi
- Eski grekcha tili - erkak indamadi Shiwon uni mot qilgandek yana oʻsha tabbasum bilan u yerdan ketdi...
*
Ertasi kuni Shiwon Marserldan Parijga qaytdi. Tushlik payti boʻlgani uchun, yoʻldan bir necha yarim tayyor mahsulotlarni harid qildi. Kvartirasiga yetib kelib, eshikni ochish uchun parolni terdi ammo bir necha raqamlardan soʻng eshik ochiqligini bildi.
- Axir eshikni qulflagan edim... - biroz oʻylanib eshikni ochib ichkariga kirdi. Astalik bilan oshxona tomon yurarkan u yerdan mazali ovqat isi kelardi. Shiwon oshxona eshigini ochganda qarshisida onasi stol bezatayotganini koʻrdi. Uning yuziga beixtiyor tabassum yugurdi. Sekin onasiga sezdirmasdan oshxonaga kirib uning ortidan quchoqladi...
- Oyijooon - onasi ham ortiga oʻgirilib qizini koʻrib xursand boʻldi.
- Shiwonim, seni juda sogʻindim
- Men ham sizni juda sogʻindim. Ayniqsa ovqatlaringizni, oʻzimni ovqat qilishga vaqtim boʻlmay deyarli yarim tayyor mahsulotlar bilan kun koʻrayotgan edim.
- Xoʻsh ishlaring qalay?
- Yaxshi... Ammo shu universitet tomonidan berilgan topshiriqlar biroz qiynab qoʻyapti - Shiwon gapini davom ettirar ekan onasining bagʻridan chiqib bezatilgan stolga oʻtirdi - xoʻsh sizning ishingizchi? Kompaniya ochmoqchi edingiz, nima boʻldi? - Agreste xonim yuzidagi tabbasumi kengaygancha qizining yoniga oʻtirdi.
- men hamkor topdim, u bilan kechani oʻzida shartnoma tuzdim. Yangi kompaniya uchun gazlamalarni u yetkazib beradi. Undan tashqari sarmoyador sifatida ham 30 foiz aksiya egasi boʻlmoqchi.
- Hm bazi gaplaringizga tushunmadimku, lekin hamkor topganingizdan xursandman.
- Ha... U ertaga biznikiga keladi, kechki ovqatga. Koreys boʻlgani bilan fransuz taomlarini yoqtirar ekan, shuning uchun uyga taklif qildim. Bu fikr dadanga ham juda yoqdi, sen ham ertaga kelsang tanishib olasizlar.
- Shoshmang u koreysmi?
- Ha shunday... Xoʻsh kelasanmi?
- Afsuski yoʻq. Ishlarim juda koʻp ertaga ishdan kech qaytishim mumkin.
- Qizim Shiwon kel shu ishingni tashla, men bilan birga ishla. Mening asosiy modelim sifatida ishla.
- Oyijooon, axir men ishimni yaxshi koʻraman, undan tashqari men sizni ishlaringizni uncha tushunmayman...
- Oʻzim senga hamma narsani oʻrgataman
- Yoʻq oyijon oʻzimni ishim yaxshi. Iltimos boshqa bu mavzu haqida gaplashmaylik.
- Yaxshi oʻzing bilasan.
- Hm oyijon dadam ham kelarmikan bugun birga kechlik qilardik.
- Bilmayman - Agreste xonim Shiwondan hafa boʻlganday qovoq solib oldi.
- Oyijooon iltimos hafa boʻlmang. Axir meniyam biroz tushuning. Oʻz ishimni yaxshi koʻraman.
- Axir men nima dedim?
- Oyijon bu kulib turgan yuzingizni mendan yashirmang - Shiwon oyisini quchoqlab yuzlaridan oʻpdi.
- Axir men senga qiyin ish aytayotganim yoʻqku. Shunchaki kompaniya yuzi asosiy model boʻlasan. Hamma narsani oʻzim oʻrgataman
- Hoʻp oyijon faqat siz tabbasum qiling.
- Aniq rozimisan? - Agreste xonimning xomush yuzi birdan yorishib ketdi.
- Ha, faqat universitetni tugatishim kerak. Unda ikkita ishga ulgura olmayman.
- Yaxshi roziman... Endi kel ovqatlanamiz dadangni ham shu yerga chaqirganman, hozir kelib qoladi.
- Yaxshi men ungacha kiyimlarimni almashtirib chiqaman.
- Hoʻp tezroq boʻl...
*
Kechki ovqat atrofida Agreste oilasi ovqatlanar ekan, janob Agreste gap boshladi.
- Men ikki kundan soʻng ilmiy ekspeditsiyaga ketaman - Shiwon unga qaradi.
- Qayerga dada?
- Antarktidaga
- NIMAA?? - Shiwon va Agreste xonim birdan baqirib yuborishdi.
- Nega aynan sen? Har safar uzoq safarga seni yuborishadi. Endi bunisi oshib tushdi. Antarktidani seni ishinga qanday aloqasi bor? - Agreste xonimning jahli chiqa boshladi.
- U yerdan bir necha suyak qoldiqlari topilgan va ularni bu yerga olib kelib boʻlmaydi. Judayam eski yoʻlda nobud boʻlishi mumkin...
- Dada axir bu ishdan bosh tortishingiz mumkinku... Uni ustiga u yer juda sovuq. Oddiy odamlar u yerda yashamaydi.
- Bilaman qizim ammo bu oʻzimga ham qiziq, balki yangi kashfiyot boʻlar.
- Exxx dada
- Boʻldi havotir olmanglar koʻpi bilan yigirma kunda qaytaman, shuning uchun Shiwon onang bilan yashab tur, uni yolgʻiz qoldirma - Janob Agreste arazlab olgan xotiniga qarab uni yuzida mayin boʻsa oldi.
- Aishsh suyuqlanmang qizingizni oldida.
- o6yijon men allaqachon 22 yoshman....
- Sen men uchun hali ham bolasan.
*
Ertasi kuni Shiwon doimgidek ishga bordi. Koʻp soatli izlanishlar natijasida bazi bir soʻzlarni oʻqiy oldi. Soat 12:00 ga qarab bong urar ekan, uning ishdagi eng yaqin doʻsti xonaga kirdi.
- Shiwon... Salom - qiz u tomon qaradi.
- Ishing tugay dedimi? Tushlikka ham oz qoldi.
- Deyarli tugadi... Xoʻsh qayerda tushlik qilamiz?
- Shu yerdan bir koʻcha narida yangi baliqxona ochilibdi, balki oʻsha yerga borarmiz
- Yoʻq boʻlmaydi... Ish vaqti ogʻzimda badboʻy hid kelishini istamayman. Shirinlik yegani boramiz.
- Yana shirinlikmi? Deyarli uch safardan beri shirinlik yeyapmiz...
- Hm unda koreys restoraniga boramiz...
- Yaxshi taklif... Men sumkamni olib chiqaman sen ham tayyor tur.
- Ok, xonim siz nima desangiz shu.
*
- Rostdan ham janob Agreste oʻsha sovuq joyga ketyaptimi? - ogʻzidagi ovqatni chaynayotgan Mira Shiwonni savollarga koʻmib tashladi.
- Ha shunday... Sen bu haqida eshitmadingmi? Axir boʻlimingiz bittaku...
-Men ikki kundan beri ishda yoʻq edim. Taʼtil olgandim... Ammo ekspeditsiya haqida ancha oldin eshitgandim, toʻgʻri bu fantastikroq eshitilishi mumkin lekin u yerdan bizga organizmi umuman notanish boʻlgan turli xil mavjudotlarning suyaklari topilibdi...
- Hm boʻlishi mumkin... Ular judayam eski davrda yashagan va halok boʻlgan, muz orasida qolib ketgani uchun tanalari va suyaklari yaxshi saqlangan, ammo uni otam aytganidek bu yerga olib kelishsa yoʻlda nobud boʻladi.
- Ha toʻgʻri.
- Shoshma sen nega ikki kunlik taʼtil olding? Yoki kasalmisan?
- Yoʻq kasal emasman, mmm nima desam boʻlarkin...
- Hoy gapni choʻzma
- Hoʻp mayli aytaman... Men bir yigit bilan uchrashyapman...
- Nahotki - Kristina unga koʻzlarini katta-katta qilib qaradi - Xoʻsh uni ismi nima? Qayerlik? Nima ish qiladi?
- Ismi Andrey Petrovich, u bu yerlik emas. U Ukrainalik. U rassomchilik bilan shugʻullanadi. Sanat sohasida boʻlgani uchun bu yerga Fransiya keldi va meni koʻrgani uchun ham...
- Xoʻsh u bilan qanday tanishding?
- Internet orqali... Uning chizgan bir rasmi yoqib qoldi va oʻziga yozishga qaror qildim. Shunday qilib tanishib qoldik. Lekin Shiwon ishonsang u judayam uyatchan..
- Hmm yaxshi baxtingni topganingdan xursandman
- Oʻzing qachon yigit topasan?
- Biror kun toparman, ammo bu orada emas.
- hmmm.
*
Mira bilan Shiwon tushlikdan soʻng ishga qaytishdi. Mira oʻz boʻlimiga Shiwon oʻz boʻlimiga ketdi. Shiwon yana bir necha soat ishladi. Koʻzlari biroz toliqqach xonadan chiqdi. Ishchilar xonasiga ketar ekan, dadasining boʻlimidagi bir odam uning yoniga keldi.
- Shiwon, dadang qoʻngʻiroqlarimizga javob bermayapti... Ertaga uchadigan samolyot bugun kechki 22:00 ga koʻchirilibdi... Odam yubormoqchi edik ammo hamma ish bilan band shuning uchun oʻzing borib dadangni olib kela olasanmi?
- Ha yaxshi oʻzim boraman, bahonada dadam bilan hayrlashib olaman..
- Iltimos faqat tezroq .
- Hoʻp...
Shiwon xonasiga qaytib kirib ustki kiyimini kiydi. Sumkasini olib ishlash joyidan uyiga qarab yoʻl oldi. Yarim soatlik yoʻldan soʻng uyiga yetib keldi. Soat allaqachon kechhi yetti yarim boʻlgandi. Unda qoʻshimcha kalit boʻlgani uchun, eshikni uchib uyiga kirdi.
Mehmonxonadan kelayotgan kulgu ovozlari uning diqqatini tortdi. Shiwon kecha onasi aytgan mehmon kelgan deb oʻylab ehtiyotkorlik bilan ular tomon yura boshladi. Mehmonxonaga kirgach unga teskari boʻlib oʻtirgan mehmon va ota-onasini koʻrdi. Onasi u tomon qarab mayin tabbasum qilib uni oldiga chaqirdi.
- Kelaqol qizim, mehmonimiz va yangi hamkorim bilan tanish. Koreyalik multi-millioner janob Kim... - Shiwon onasi tomon bordi va mehmon tomon qarab birdan qotib qoldi.
- Miss Agreste...