MIRAGE | AUTHOR — KRISTINA SOLT
"Ba’zan oyna aksingizni emas, ichingizdagi haqiqatni ko‘rsatadi. Va agar u sizga tikilib jilmayayotgan bo‘lsa… demak, allaqachon kech."
1-BOB: BITMAS AZOB BOSHLANISHI
Kristina bir qorongʻulik ichida yurar edi. Na shovqin, na yordam bor edi. Yoʻlida davom etar ekan, uzoqdan mitti nur koʻrindi. Ichidan sevingan qiz nur tomon yura boshladi. Qanchalik harakat qilmasin unga yetishni imkoni yoʻqdek tuyulardi. Yugurib holdan toygan qiz, hansirab turgan joyida tiz choʻkdi. Shu onda sovuq shamol esib uzoqdagi nur qum zarrasi kabi havo bilan aralashdi. Qizning tanasi muzlab, yelkasiga muz kabi qoʻl tegdi. Shu zahoti qoʻrquvdan choʻchib ortiga oʻgirilgan qiz qarshisida oyna ichidan qoʻl chiqarib turgan erini koʻrdi.
— T-taehyung... - qiz turgan joyida tosh qotdi. Oyna ichidagi inson telbalarcha tabbasum qildi. Bu tabbasum ostida bir necha hislar mujassam edi: egalik, telbalik va kibr. Kristina qoʻrqqanidan nafasi ichiga qaytib, qaltiray boshladi. Ichidagi barcha qoʻrquvni chiqarish uchun bor kuchi bilan qichqirdi...
.
— Kristina uygʻon, hoyyy boʻldi tinchlan — Taehyung uyquda baqirib, yigʻlayotgan xotini yuzlaridan silab uygʻotishga harakat qilardi. Qiz terga botgan va hansirab nafas olardi. Taehyung uni yuziga bir necha bor yengil shapatiladi... Kristina koʻzini ochib qarshisida turgan erini bor kuchi bilan mahkam quchoqladi — Tshshsh boʻldi hammasi qoʻrqinchli tush edi..
— Taehyung... Iltimos hech qachon oʻzgarmang — soʻngi soʻzlar shu boʻldi. Ikki inson bir birini quchgancha uxlab qoldi.
Erta tong. Quyosh nurlarini butun olamga yoyar ekan, undan Kristina va Taehyungning uyi mustasno emas edi. Ilk quyosh nurlari Taehyungning koʻziga tushib uyqusini qochirdi. U astalik bilan koʻzlarini ochib, yonidagi ayolini peshonasidan oʻpdi. Ammo Kristina bir oʻpich bilan uygʻonadigan inson emas. U juda qattiq uxlaydi, xatto uxlayotgan payti, uy vayron boʻlsa ham sezmaydi. Taehyung uni shishib turgan yuzini tishlab, uygʻotishga harakat qila boshladi... Bir necha tish izlaridan bezovtalangan qiz gʻinshib koʻzini ochdi. Qarshisida jilmayib turgan erini koʻrib, unga ham xuddi shu usulda javob qaytardi. Bir tishladi ammo u Taehyungga qaraganda qoʻpolroq edi. Kristina Taehyungning javobini kutmay yotoqdan pastga tushdida, shoshib yuvinish xonasiga kirib ketdi.
— Kichkina yaramas... — Taehyung yuzidagi tishlangan joyni silab, oʻrnidan turib yotoqni tartibga keltirdi. Ayolini hali beri yuvinish xonasidan chiqmasligini taxmin qilib, qoʻshimcha xonaga kirib ketdi.
.
.
— Xoʻsh bugungi rejang qanday? — Taehyung ovqatlanish barobarida soʻradi.
— Bugun bosh menejer bilan, kompaniya idollari uchun bir necha qoidalarni yangilaymiz. Zamon oʻzgargani sari eski qoidalar hozirgi kunga toʻgʻri kelmayapti. Buning orqasidan koʻp idollarimiz hate olishyapti. Bugun shu haqida muzokaralar boʻladi... Xoʻsh oʻzingiz-chi? Bugun nima qilasiz? Eshitishimcha yangi qazishma ishlari boʻlar ekan. Kecha yangiliklarda koʻrgan edim.
— Ha bugun Jejuga boraman.. Buni senga kecha aytishim kerak edi, ammo yodimdan koʻtarilibdi. Men u yerda bir necha kun qolaman... Oʻzing yolgʻiz qoʻrqmaysanmi? Agar qoʻrqsang men bilan birga ket — Taehyungning koʻzida shundoq tashvish sezilib turardi.
— Afsuski men ketolmayman.. Ishim juda muhim buni bilasiz. Men siz qaytgunizcha onam bilan yashab turaman.
— Hmm yaxshi, biroz boʻlsa-da yengil tortdim... Unda safarda boʻlsam ham hayollarim doim senda boʻlardi.
— Azizim men haqimda bunchalik qaygʻurish shart emas - Kristina erining qoʻlidan tutib uning koʻzlariga qaradi — Bilaman yoshimiz oʻrtasida katta farq bor, ammo men oʻzimni eplay olaman.
— Ha bilaman, ammo, men otanga va senga vaʼda berganman, doim seni asrayman deb...
Taehyung bilan Kristina turmush qurganiga deyarli oʻn oy boʻldi.. Ular sevgi va muhabbat ila bir biriga bogʻlangan. Ular oʻrtasida deyarli sakkiz yosh farq bor. Ammo bu ularni sevgisiga toʻsiq boʻla olmadi. Taehyung tabiatan juda mehribon, oqkoʻngil va saxiy inson.. Shu bilan birga juda yaxshi turmush oʻrtoq. Kristina doimo u bilan faxrlanadi.. Ikkisi ham oz boʻlsada odamlar orasida mashhur. Taehyung koʻp bora katta ekspeditsiya ishlarida qatnashib katta olimlarning olqishi va hurmatiga sazovor boʻlgan. Kristinaning esa idollar va mashhur insonlar orasida hurmati baland. U haligacha menejer yordamchisi boʻlgani bilan uning doʻstona munosabati koʻp idollar bilan yaqinlashishiga olib kelgan. U doimo yosh idollarni qoʻllab, ularni himoya qilishga harakat qiladi... Ularning hayoti mana shunday sokin va baxtga toʻla. Ammo bu kunlar uzoqqa choʻzilmasligi mumkin...
.
.
Samalyot Jeju oroliga yetib keldi. Ekspeditsiya aʼzolari birma bir aeroportdan chiqdi. Birinchi kun boʻlgani uchun ular avval, oldindan band qilib qoʻyilgan mehmonxonaga yoʻl olishdi...
.
.
JEJU | EKSPEDITSIYA | BIRINCHI KUN.
Barcha ekspeditsiya aʼzolari allaqachon qazishma ishlarini boshlab yuborgan edi. Ularning asosiy maqsadi bir necha ming yillar oldin yoʻqolib ketgan Neolit davriga oid ashyolarni qidirib topish edi. Bu ekspeditsiyaga Chin Yu-jon ismli arxeolog olim boshchilik qilayotgan edi. U yerda Taehyungning asosiy vazifasi eksperimental tadqiqot olib borib, topilgan ashyolarni avval qay holatda boʻlganini aniqlaydi.
.
.
Azizlarim bu fanfic qora sevgi va fantastikaga asoslangan fanfic boʻlib, Taehyung va Kristinaning qiyinchilikdan iborat hayoti aks etadi. Imloviy xatolar uchun uzr soʻrayman...