PAINFUL ENDING
𝐊𝐮𝐧 𝐤𝐞𝐥𝐢𝐛, 𝐦𝐞𝐧 𝐨𝐬𝐡𝐢𝐪 𝐛𝐨'𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐤𝐨'𝐳𝐥𝐚𝐫, 𝐨'𝐳𝐠𝐚𝐬𝐢𝐠𝐚 𝐦𝐮𝐡𝐚𝐛𝐛𝐚𝐭 𝐢𝐥𝐚 𝐛𝐨𝐪𝐚𝐝𝐢...
Har narsaning boshlanishi yaxshilik bilan boʻlgani kabi, bu hikoya ham shunday boshlandi.
Soat tongi yetti yarimga qarab ketar ekan, qayta qayta chalinayotgan budilnik ovozi ostida uygʻongan qiz arang koʻzlarini ochib, u yon bu yonga yumaladi. Koʻzlarini ochib, odat boʻlib qolishga ulgurgan telefonini qoʻliga oldi. Avval soatga qarab yana biroz yotishga qaror qildi. U qolgan qizlar kabi kun tartibiga amal qilmas qilsa ham ammo bu uzoqqa choʻzilmasdi. Unga oʻzining tartibsiz ammo gʻam-tashvishsiz hayoti juda yoqadi.
Shiwon telefonga qarashda davom etib, tunda chala qolgan kinoni koʻrishga oshiqdi... Oradan 20 daqiqa oʻtar ekan, hali hamon koʻzlari kinoda edi. Soʻngra soatga qaradi, agar hozir turmasa yoki pardoz qilishga yoki nonushta qilishga ulgurmasdi...
Oʻrnidan shoshib turib, yuvinish xonasiga kirib ketdi. U yerdan chiqqach pardoz qilishga tushib ketdi. Asl fransuz boʻlgani bilan koreyslarga oʻxshab ketar va ular kabi pardoz qilardi. Yuziga oxirgi pardoz vositasini surib, soʻng qizil lab boʻyogʻi bilan lablarini qizartiri.
Pardozdan soʻng garderobidagi barcha kiyimlarini divanga sochdi nima kiyishi haqida oʻylab, oyoq kiyimlari tomon qaradi. U yerda koʻziga eng chiroyli boʻlib koʻringan jigarrangdagi tufliga koʻzi tushdi. Soʻng kiyimlariga qarab unga mos ravishda bugungi koʻrinishini hayolan yaratdi va tabbasum qilib kiyimlarni olgancha kiya boshladi ....
Kiyinib boʻlgach koʻzgudagi aksiga qarab oʻzidan mamnun holda jilmaydi. Sochlarini yoyib ularni toʻlqinsimon turmakladi.
Shiwon ikki yildan buyon arxeolog boʻlib ishlaydi. U allaqachon 18 yoshida ota onasidan ajralib, alohida yashay boshlagan. Ota onasi uni juda ham yaxshi koʻradi va bazan uning hisob raqamiga pul oʻtkazib turishadi. Otasi ham xuddi u kabi arxeolog ular bir joyda ammo boshqa boshqa boʻlimlarda ishlaydi. Shiwon qadimiy tillarni oʻrganadi, undan tashqari yana bir necha tillarda soʻzlasha oladi. Otasi esa qadimgi odamlarning suyak qoldiqlaridan ularning qanday koʻrinishda boʻlganini topadi.
Uning onasi esa Fransiyaning eng mashhur modellaridan. Onasi koʻp bora unga model boʻlishi kerakligini taʼkidlagan xatto hozirgacha qizi bilan har gal koʻrishganida aytadi ammo qiz otasining yoʻlidan ketdi.
Shuwon yoshligidan otasining bu kasbiga qiziqqan, xatto u bilan bir necha bor ishiga ham borgan. Ammo 14 yoshida u chet el tillarini oʻrganishga kirishadi va bu ikki yoʻnalishni bir biriga uygʻunlashtirib ishlay boshlaydi. U oʻzga tillarni mustaqil oʻrganadi, arxeolog soxasi boʻyicha universitetining soʻngi bosqich talabasi.
Uning juda koʻp sohalarda omadi chopgan ammo sevgida emas. U 20 yoshida bir yigit bilan uchrasha boshladi ammo munosabatlari uzoqqa bormadi. U bola shunchaki Shiwon bilan koʻngil xushlik uchun yurganini sezib qoldi va orani ochiq qildi... Shundan soʻng barcha eʼtiborini ishga va oʻqishga qaratdi.
*
Janubiy Koreya. Seul. KTH corparation.
Kompaniyaga viqor bilan kirib kelgan Kim Taehyung lift tomon yura boshladi, lift ichiga kirib eng yuqori qavat tugmasini bosdi. Lift yuqoriga koʻtarilib, kerakli qavatda toʻxtadi. Taehyung liftdan chiqib toʻgʻri xonasi tomon yurdi. U eshikka yaqinlashar ekan eshik yonida uning kotibasi qoʻlida bir necha hujjatlar bilan uni kutib turardi.
- Hayrli kun janob Kim - kotiba boshini egib tazim qildi...
- Sizga ham kotiba Cho.. - u shunday deb xonasiga kirdi, ortidan kotibasi ham kirib unga bajarilgan ishlar haqida maʼlumot bera boshladi.
- Janob Kim, siz aytgan barcha fayllarni boshqatdan oʻrgandim, baʼzi xatoliklarni toʻgʻirladim.. undan tashqari kecha boʻlib oʻtgan uchrashuvda menimcha xatolikka yoʻl qoʻyilgan...
- Qanday xato?
- Tarjimon hujjatlarni notoʻgʻri tarjima qilgan. Yani hamkorlarimiz bizdan yuz ming metr gazlama soʻrashgan ammo tarjimon xatolikka yoʻl qoʻyib oʻn ming metr gazlama deb yozgan. Yaxshiyamki bu tilda biroz oʻquvim borligi uchun buni bartaraf etdim.
- Hm yaxshi, sizga ishonaman... Tarjimonni esa ishdan boʻshating menga bunday tajribasiz ishchi kerak emas
- Tushinarli janob va bugungi kun tartibingizda faqatgina moda namoyishi uchun Fransiyaga uchish yozilgan. Hamma narsa tayyor, soat 19:00 da samalyot havoga koʻtariladi.
- Siz ham men bilan borasiz tayyorlaning, soat oltilarda oʻzim sizni olib ketaman.
- Hoʻp boʻladi janob.
*
Shiwon ishga yetib keldi. Ishga kirishishdan oldin universitet tomonidan berilgan topshiriqlarni bajardi. Soʻng oʻz xonasidan chiqib qazishma ishlarida topilgan buyumlar bor xonaga kirdi. U bir necha oydan beri bir yozuv ustida ishlar edi. U sopol buyumlardan biriga yozilgan edi. Bu yozuv boshqa yozuvlardan tubdan farq qilardi. Oldingi ishlari bu qadar uzoqqa choʻzilmasdi ammo bu yozuv ustida oʻylayverib xatto baʼzida tushlikni ham oʻtkazib yuboradigan yoki uyiga bormaydigan boʻldi...
Kech tushdi. Shiwon ikki oy deganda birgina harfni aniqlashga muvaffaq boʻldi. Qilgan ishidan xursand boʻlib uyiga qaytdi. Koʻp ishlab charchagani tufayli ovqat tayyorlashga erinib yarim tayyor mahsulot sotib oldi.
*
Taehyung kotibasi bilan Fransiyaga uchayotgan samolyotda ketar edi. Kotiba Cho allaqachon uxlab ulgurgan Taehyung esa kitob mutolaa qilar edi. Taehyung asosan ilmiy sarguzasht kitoblarni oʻqir edi. Hozir ham fransuz yozuvchisi Jules Vernening "20 ming mil suv ostida" kitobini oʻqir edi.
*
Ertasi kun. Shiwon doimgidek ishga keldi. Xonasiga kirmay, ishini davom ettirish uchun saqlash xonasiga kirdi. U yerda yana bir necha soat ishladi. U ishida davom etarkan xonaga uning boʻlimi boshligʻi kirdi.
- Hayrli kun Agreste xonim - Shiwon shunchalik ishga berilib ketganidan boshligʻini kelganini ham sezmay qolgandi shuning uchun biroz choʻchib ketdi.
- a-a haaa janob sizga ham hayrli kun... Menda biror ishingiz bormi?
- Ha bor, sen esa undan avval ishing haqida gapir. Nima boʻldi bu yozuvni oʻqiy oldingmi?
- Yoʻʻq ammo kecha bir necha harflarni tarjima qila oldim xolos. Bu yozuv judayam qadimiy yoki qandaydir sirli harflar orqali berilgan belgi boʻlishi mumkin. Shuning uchun biroz qiynalyapman.
- Yaxshi tez orada topasan deb umid qilaman...
- Janob yana boshqa gap bor degan edingiz
- Ha, Shiwon seni yaxshi bilaman. Juda koʻp tillarni bilasan. Bugun bu yerga ruslar keladi. Sen ularni Marseldagi filialimizga olib borib u yerdagi tarixiy buyumlar bilan tanishtirasan.
- Nega aynan bugun? Nega bu bugun boʻlsa menga endi aytyapsiz?
- Ular ham bugun habar berishdi. Hozir bu ishlarini qoʻyib tur tez uyinga borib tayyorlanib shu yerga qaytib kel.
- Ahhh yaxshi - Shiwon shunday degancha xonadan yugurib chiqib ketdi.
*
Shiwon rus sayohatchilar bilan birga Marselga borib Fransiyaning qadimiy madaniyati bilan tanishtirdi. Fransiya milliy taomlaridan ovqatlanish uchun oshxonaga kirishdi. U yerdan chiqqach rus sayohatchilar oʻz gidlari bilan yana ortga qaytishdi. Shiwon esa u yerda bir kunga qolishga qaror qildi. U har gal Marselga kelganda u yerning ajoyib taʼmga ega qahvasidan ichmay ketmasdi. Doimgidek kichik kafega kirdi. Oʻziga kerakli qahvani olib stolga oʻtirdi. Telefoniga qarab qahva ichar ekan, qarshisida unga oʻtkir koʻzlar bilan qarab turgan insondan hijolat boʻlardi. Unga ahamiyat bermaslikka harakat qilib, qahva ichishdan davom etdi. Ammo bir necha soniyadan soʻng qarshisida turgan inson uning yonida paydo boʻldi.
- hayrli kech fransuz xonim...