ANGEL OF THE MOON
- chunki qirol Genrixga men emas sen turmushga chiqasan
- opa nimalar deyapsiz men hali 17 ga ham toʻlmaganman. Uni ustiga koʻzlarim ojiz. Opa iltimos bu fikringizdan qayting
- iltimos Chona men uchun, faqat yoʻq dema singiljon. Bilaman hali yoshsan, bu shunchaki bitim boʻladi holos u senga tegmaydi shaxsan oʻzim gaplashaman.
- opa iltimos unday qilmang men boshqa bir insonga yuk boʻlishni istamayman.
- sen shunday deb oʻylaysan xolos singiljonim agar men turmushga chiqsam ota-onamiz bunyod qilgan bu davlat uning qoʻliga oʻtib ketadi.
- faqat menga vaʼda bering bu faqat kelishuv boʻladi xolos shundaymi?
- ha shunday boʻladi, rozimisan?
- seni yaxshi koʻraman singiljonim
- men ham sizni yaxshi koʻraman) Ayuna singlisini avaylab bagʻriga bosdi. "meni kechir singiljon, oʻzimni oʻylab seni olovga otyapman" shunday hayolida oʻyladi qirolicha.
3 kundan soʻng qirol Genrix saroyi.
Qirol Genrix qirolicha Ayuna yuborgan maktubni oʻqib chiqar ekan, yuzida mensimagancha tabassum paydo boʻldi. Soʻng chopar tomon qarab soʻzlay boshladi.
- demak qirolicha bizga singlisini taklif qilyapti evaziga biz soʻragandan ikki baravar oltin va davlatidagi bizning savdogarlarimizni soliqdan ozod qilmoqchi.
- xuddi shunday qirolim, undan tashqari ikki davlat chegarasidagi Kilyo minorasini topshirishini ham aytdi
- mmm xoʻsh vazirlarim sizlar nima deysizlar?
- qirolim menimcha bu yaxshi taklif sizga oldin aytganimdek savdogarlarimiz soliq muammolaridan aziyat chekyapti degandim. Undan tashqari Kilyi minorasi ham aslida bizga tegishli edi ammo otangiz davrida qirolicha Ayunaning otasi tomonidan tortib olingan edi) bosh vazir oʻz taklifini kiritdi.
- qirolim men ham bosh vazirining gaplariga qoʻshilaman) qolgan vazirlar ham bosh vazirining fikriga qoʻshilishar ekan elchi yana gap boshladi.
- qirolim gapirishga izn bersangiz
- men u yerda 1 kun boʻlsada yashadim, aytishlaricha malikaning koʻzlari ojiz ekan, shu paytgacha hech qachon saroydan chiqmagan ekan. Baʼzilar koʻzi ojizligi uchun deyishsa qolgan odamlar goʻzalligi uchun yovuzlardan asrash uchun qirolicha chiqarmas ekan deb eshitdim.
- mana gap nimada ekan bekorga qirolicha bizga shuncha narsa taklif qilibdida. Elchi Kenzo sen qirolichaga roziligim haqida habar ber. Ammo bir shartim bor toʻy shu haftadayoq boladi buni ham yetkaz.
- hoʻp boʻladi qirolim) elchi bosh egib devondan chiqib ketdi.
- qirolim agar malikaning koʻzi ojiz boʻlsa balki bunga rozi boʻlmassiz
- yoʻq, mayli menga shu kerak.
Malika Chona bogʻdan xonasiga kirdi uning yonida doim unga qaraydigan va gʻamxoʻrlik qiladigan enagasi birga yurar edi. Enaga Su-jin malikani 2 yoshidan beri yonida turadi uni hech qachon yolgʻiz qoldirmaydi.
Chona xonaga kirgach enaga unga tungi kiyimini kiyishda yordam berdi. Soʻng uzun sochlarini yoyib xuddi onasi kabi taray boshladi.
- siz opamni qarorlarini toʻgʻri deb oʻylaysizmi? Opamga rozilik berib qoʻydim ammo qoʻrqyapman. Toʻgʻrisini aytsam shu kungacha qirol Genrix haqida faqat yomon gaplar eshitganman. Undan tashqari saroyida 100 dan ortiq kanizaklari bor ekan. U yerda ham hozirgi holatiga oʻxshab bir burchakda qolib ketsamchi? Yana meni kamsitishsachi men nima qilaman.
- oʻzingiz ham bilasiz qirolichaning gapi qonun. Uning qarorlarini biz muhokama qilolmaymiz. Qolaversa men ham doim sizning yoningizda boʻlaman.
- malikam nimalar deyapsiz men sizga avval ham aytganman, u oddiy bogʻbon iltimos uni unuting.
- axir men, men uni yaxshi koʻraman
- axir malikam u bilan atigi 3 martta koʻrishgansiz xolos.
- enaga Su-jin men uni shu 3 koʻrishda qanday inson ekanligini bilganman. U birinchi uchrashuvdayoq meni qalbimga yoʻl topgan men haqimda qaygʻurgan menga gʻamxoʻrlik qilgan... Toʻgʻri u bilan uch martta koʻrishganman ammo oʻzingiz oʻylang bu hayotda bir bora ham koʻrishmagan insonga turmushga chiqishdan yaxshiroq menimcha.
- iltimos malikam uni unuting... Agar bu haqida habar topishsa uni oʻldirishadi
- ha bilaman... Mayli siz aytgancha boʻlsin.
- yaxshi, endi yotib uxlang) enaga malikaga yotishga yordam berib ustini oʻrab xonadan chiqib ketdi.
Yana oʻsha joy, yana oʻsha ayvon, yana oʻsha manzara. Ayuna bu safar oyga oshiq emas u hayotida bir marotaba koʻrgan farishtaga oshiq. Uni uxlamay kutar. Mana bugun ham undan umid qilib ayvonda oyga qaragancha oʻtiribdi. Ammo koʻzlari oyda hayoli esa boshqa joylarda kezib yurardi.
Qirolicha koʻzlarini bir zumga yumib, sokinlikda oʻtirar edi. Birdan uning qulogʻiga fleyta tovushi eshitildi. U har tomon qarab soʻngida uning nigohlari tomda toʻxtadi. Uning sevimli farishtasi fleyta yordamida ajoyib kuy chalardi. Ayuna bir tomondan uni koʻrganiga xursand boʻlsa bir tomondan uning kuyiga mahliyo boʻlib shu kuy ogʻushiga shoʻngʻir edi.
Kuy tugadi. Farishta fleytani qoʻlida ushlab qirolicha tomon keldi. Uning yoniga qoʻnib asta tazim qildi.
- senga salom aytaman qirolicham) Ayuna oy farishtasini yonida koʻriboq sogʻinch hissini qondirish uchun uni mahkam bagʻriga bosdi. Oy farishtasi ham uni mayinlik bilan quchdi.
- nega yoʻqolib qolding? nega oldimga kelmading?
- senga aytgan edim, yomonlik qilishni toʻxtatgan kuning kelaman deb, ammo bu safar yana bir yomonlik qilganing uchun seni ogohlantirgani keldim. Qirolicham qachon bas qilasan. Seni yoninga har gal yaqinlashganimda zaiflashaman. Sendan tarqalayotgan yovuzlik uchqunlari butun tanamni tilka pora qiladi. Shuning uchun ham yoningga kelishga qoʻrqaman.
- men senga zarar keltiramanmi?
- boya aytganimday senga yaqinlasha olmayman. Sen har gal yomonlik qilganingda menga zarar yetadi. Chunki men faqat sening oy farishtangman. Senga biriktirilgan oy farishtasi.
- ammo men shunga majburman doim ham ezgulik bilan ishlar hal boʻlmaydi.
- lekin sening bu qilayotgan ishlaringda oʻzga odamlar uchun emas faqatgina sen uchun foyda bor xolos. Oyni toʻsib qoʻyganingda ham senga foyda, yovuz kimsaga oʻzingni emas singlingni topshirayotganingda ham faqatgina senga foyda. Iltimos qirolicham yana bir oʻylab koʻr) oy farishtaasi gapini yakunlar ekan, qirolicha undan keskin uzoqlashib yuzidagi tabassumni yovuz nigohga almashtirdi.
- ket, senga zarar berar ekanman unday boʻlsa ket, boshqa kelma.... Ha men shunday xudbin insonman. Faqat oʻzimni oʻylayman. Ket va qaytib kelma.
- qirolicham) oy farishtasi asta qirolichaga yaqinlashar ekan qirolicha tezlik bilan xonasiga kirib ayvon eshigini yopib qoʻydi. Farishta bir qadam bosgan joyda qolib ketdi. Uchishdan oldin eshik tomon borib unga qoʻlini qoʻydi.
- bilaman eshik ortidasan. Sen xudbin emassan. Sen ichingdagi boshqa qizaloqqa quloq solishing kerak. Uni tashqariga chiqar. Men sen bilan boʻlgim keladi. Iltimos meni yoningga qaytar) farishta gapini tugallab ayvondan uchib chiqib shu zahoti yoʻq boʻldi. Ayuna xuddi farishta taxmin qilgandek eshikka suyanib yigʻlar edi.
#чона...
@CRAZY_FANFIC.