CONTRACT MARRIAGE
Jimjitlik hukm surgan xonada bir ayol va ikki erkak oʻzaro bir biriga qaragancha oʻtirar edi. Birinchi erkakning yoshi ellik yoshdan oshgan, sochlariga oq oralagan edi. U boshini pastga egib, qoʻllarini siqib oʻtirar edi. Ayol ham erkak singari qarib qolgan va yuziga ajin tushgan edi. U ham boshini egib, tim-tim koʻz yosh toʻkar, gohida eriga qarab qoʻyardi.
— Janob Choi men boshqa kutishni istamayman, vaqtim oz — yigit qoʻl soatiga qarab gapni tugatdi. Erkak unga umid bilan qaradi, ammo, yigit bunga eʼtibor bermay oyogʻini chalishtirib kibr ila oʻtirardi.
— Janob Kim... Balki yana bir bor oʻylab koʻrarsiz. Siz berayotgan taklif bizning kichik qizimizni hayotini butunlay oʻzgartirib yuboradi... — Choi xonim Taehyungga yoshga toʻlgan koʻzlari bilan qaradi. Taehyung xatto pinagini ham uzmay oʻsha holatda javob berdi.
— Bilasizmi Choi xonim, mamlakatda qanchadan qancha ayol va qizlar qizingizni oʻrnida boʻlish uchun, Kim xonim nomiga sazovor boʻlish uchun, kerak boʻlsa, xatto oʻzini foxisha kabi tutishga ham tayyor. Lekin menga ular kabi ayollar emas qizingiz kabi itoatkor xotin kerak. Oʻylab koʻring u hech qachon biror narsaga zoriqmaydi, unda faqat shohona hayot boʻladi. Sizlar ham oʻz kompaniyangizni tiklab olasizlar...
— Men roziman... Qizim istagan paytingiz sizniki boʻlishi mumkin — janob Choining roziligini eshitgan xotini daxshat ila unga qaradi.
— Suhok nimalar deyapsiz? Qizimiz hali qonunan voyaga yetmagan... U juda yosh va pok. Men uni sovuq bir insonga turmushga berolmayman..
— Bu mavzu yopildi, janob Kim uni eri boʻladi, umid qilamanki oʻz xotiniga zarar yetkazmaydi... Toʻgʻrimi Taehyung? — janob Choi tashqi tomondan kuchli koʻrinishga harakat qilsada ammo ich-ichidan ezilayotgani koʻzlaridan malum edi. Taehyung istehzoli kulish bilan bosh silkidi.
— Demak kelishuvga erishgan ekanmiz, Choi xonim qizingizni tayyorlang, chunki menga shunchaki qogʻozdagi xotin emas, haqiqiy itoatkor ayol kerak. Toʻy ertaga va oʻzaro boʻlib oʻtadi. Shohona toʻyni keragi yoʻq — Taehyung boshqa soʻzga oʻrin qoldirmay zalni tark etdi. Choi xonim koʻzlarida yosh bilan, ikkinchi qavat zinasi yonida turardi. Suhok oʻrnidan turib, xotinini oldiga keldi.
— Taehyungni aytganini qil... Qizinga yaxshilab tushuntir, u endi erkin emas... — Suhok oʻz xonasiga kirib ketdi. Hozir Choi xonimni oldida judayam katta masʼuliyat va javobgarlik turardi. Qalbi unga qizini qochirib yuborishni aytsa, aqli sharmandalik tamgʻasi haqida eslatib turardi. U shu oʻylar bilan qizining xonasiga koʻtarila boshladi. Yetib kelgach oʻzini qoʻlga olib xonaga kirdi. Uning koʻzlari yotoqda katta koʻrpalar ichida yotgan kichik jussali qizga tushdi. Choi xonim astalik bilan uning yoniga borib, mayin yoyilgan sochlarini siladi. Shu on qizining yuziga qarab piqillab yigʻlab yubordi. Birozdan soʻng yigʻi ovozidan choʻchib uygʻongan qiz qarshisida onasini chorasiz holda koʻrdi.
— Oyi... — qiz darhol onasini quchdi — nima boʻldi? Nega yigʻlayapsiz? Yoki dadam... Unga nimadir boʻldimi? — qiz eshik tomon qaradi. Choi xonim ham qizini bagʻriga bosib yuzini uning boʻyniga koʻmdi. Qiz hali ham nima boʻlganini anglolmay tashvish ichida oʻtirar edi. Choi xonim endi tilga kira boshladi. U qizidan uzoqlashib, sochlarini silab gapirdi.
— Shiwon... Qizim, seni turmushga beryapmiz... — qiz shu on muzladi..
— N-nima?... Oyi nimalar deyapsiz? Qanday turmush? — qizning koʻzlarida allaqachon koʻz yosh qalqiy boshladi.
— Boshqa choramiz yoʻq... Agar seni unga bermasak, xonavayron boʻlamiz. Dadangni ham bilasan, yuragi kasal. U bunday narsani koʻtara olmaydi. Yagona umidimiz shu...
— Kim u? — Shiwon biroz oʻylanib savol berdi.
— Kim Taehyung... — birgina ism Shiwonni joyidan qoʻzgʻalib, titrab ketishiga sabab boʻldi.
— Oyi... Axir u judayam sovuq va yovuz kimsa... M-men u bilan qanday yashayman...
— Bilaman qizim... Lekin boshqa choramiz yoʻq...
— Mening orzularimchi? — ona va qizning mungli suhbatini eshik ortidan eshitib turgan Suhok xonaga kirdi va ayoli oʻrniga javob berdi.
— Orzularing bu - shunchaki bir oʻtkinchi his natijalari. Taehyungga turmushga chiqqaningdan soʻng ham amalga oshirsang boʻladi...
— Dada... Yana bir oʻylab koʻringlar iltimos... Men u bilan yasholmayman.
— Men allaqachon Taehyungga rozilik bildirdim. Boshqa soʻzlarga hojat yoʻq. Sen endi yosh bola emassan! Shunchaki unga itoat et va buyruqlariga qarshi chiqma! — Suhok soʻngi soʻzlariga urgʻu berib gapirdi va xonani tark etdi.
Tush payti. Choilar xonadonida barcha xizmatchilar uyoqdan buyoqqa shoshib, toʻy uchun tayyorgarlik koʻrishardi. Taehyung oʻzaro toʻy degani bilan, u yerda martabali insonlar ham boʻlgani uchun janob Choi qizini hech qanday kamchiliksiz turmushga berishni istardi.
Shiwonning koʻziga kechadan beri hech qanday uyqu kelmadi. Deyarli kechasi bilan yigʻlab chiqdi... U isyon qiladigan qizlardan emas. Doimo ota onasini aytganidan chiqmaydigan itoatkor qiz edi. Bu gal ham isyon qilmadi, shunchaki, taqdirini bosh egib, koʻz yoshlar bilan qabul qildi. U shiftga tikilgancha hech qanday harakatsiz yotardi. Shu payt eshik ochilib, qoʻlida bir necha kelin liboslari bilan, onasi kirdi. U kiyimlarni birma bir shkafga ildi.
— Shiwon, qizim tur. Qara liboslar keltirishdi, oʻzinga yoqqanini tanla. Toʻy boshlanishiga ham juda oz qoldi.. Hali pardoz ishlari bor..
— Istamayman oyi... Oʻzingizga yoqqanini tanlab olavering — Choi xonim qizining holatini koʻrib, ich-ichidan ezila boshladi. Ammo na iloj oʻzga chorasi yoʻq edi. U Shiwonni kayfiyatini koʻtarishga harakat qila boshladi...
Oradan biroz vaqt oʻtdi. Shiwon oyna oldida kelinlik libosida turardi. Oynaga qarar ekan, ustidagi libosni koʻzni qamashtiruvchi qimmatbaho toshlari ustidan qoʻl yurgizdi...
Nahotki bir zumda barcha orzularimdan ayrilgan boʻlsam... Bir kun ichida deyarli 10 yilga qariganday boʻldim. Nima endi erkin yura olmaymanmi? Ota-onamga erkalik qilolmaymanmi? Taehyung... Undan juda ham qoʻrqaman.. Heh judayam kulgili holatdaman 17 yoshimda turmushga chiqyapman.. Biroz oldin onamning aytgan gaplari va Taehyungning sovuq muomalasi... Ahhh men qanday yashayman.
Shiwon hayollar ogʻushida turar ekan xonaga otasi Suhok kirdi. U qiziga qarab, Shiwon va Taehyungni hayolan solishtirib koʻrdi.
— Tayyormisan? — Suhok savol berdi. Qiz otasi tomon qarab rozilik maʼnosida boshini silkidi. Suhok u tomon yurib, qizini bagʻriga bosdi — Shiwon... Bilaman senga koʻp mehr bera olmadim, ammo, shuni unutma men seni judayam yaxshi koʻraman. Iltimos Taehyungga qarshi chiqma. Mumkin boʻlmagan narsani gapirayotgandirman, balki, uning koʻngliga yoʻl topa olarsan.. Shunchaki tirik qol... — otasining bu gaplari oz boʻlsada Shiwonga dalda berdi..