October 21

INTIHO

ЧАСТЬ 1

Hayotim xuddi qora qogʻozga qon bilan yozilgan kitobga oʻxshaydi. Ammo ularni bir narsa ajratib turadi, kitob qachon tugashini bilasan, yozishga boshqa varoq qolmaganda. Hayot esa istagan paytda toʻxtashi mumkin.

Shinamgina uyda oʻz xonasida telefon orqali eng yoqtirgan aktrisasini turli xil videolarini koʻrayotgan qiz, uning ham hayoliga yoshlikdagi va hozirgi ushalmagan orzusi keldi. Qiz yoshlikdan to hozirgi kungacha aktrisa boʻlib jahon kinolarida roʻl ijro etishni istardi. Bu uning eng katta orzusi. Ammo u bu orzu orzuligicha qolib ketishni istamas edi.

Hayollar olamidan chiqib telefonga qaradi. Videolar ketma ketligi oʻtar ekan xonasi tashqarisida baqir chaqir eshitila boshladi. Qiz nima boʻlganini taxmin qilib xonasidan shoshib chiqdi.

U koʻrgan manzarasidan yigʻlab yubordi. Otasi onasini ayovsiz kaltaklar edi. Qiz yugurib borib onasini quchib uni ortiga yashirdi.

- KRIS QOCH SABRIMNI SINAMA!!!) otasi unga jahl qilib baqirdi.

- iltimos dada oyimga tegmang. Sizga nima yomonlik qildi axir nega oyimni xoʻrlayverasiz?

- Seni tiling chiqib qolibdimi? Hmm onangdan oʻrnak olyapsanmi?

- onamning aybi nima? Nega qilmagan ishlari uchun ham jazolayverasiz?

- onang aybsiz emas, men unga ortiq ishlamaysan degandim u yana oʻsha yerda ishlayotgan ekan. Erkaklar bilan.

- shunchalik onamni qizgʻonar ekansiz, unda oʻzingiz ishlang. Oʻzingiz ham ishlamaysiz onamni ham ishlatmaysiz roʻzgʻorni kim qiladi?

- ana akang ishlayapti shuni oʻzi yetarli) Kris akasi haqida eshitib kulib yubordi.

- nima? Akam? Akamni puli oʻzidan ortmaydiku dada. U ham sizga oʻxshagan ota bola bir xilsiz. Shu paytgacha qoʻlingizga pul olib keldimi?

-yoʻqol ikkalang ham koʻzimga koʻrinma) Kris onasiga yordamlashib oʻzining xonasiga olib kirib ketdi.

Kristina(Kris)

Ular xonaga kirishdi, qiz onasini yotoqqa yotqizib, koʻkargan joylariga malham surta boshladi. Onasi qizining koʻz oldida kaltak yegani uchun uyalar edi. Axir Kris yosh bola emas unga yolgʻon gapirib ovutgani.

Pov_Kris...

Bechora onam, bizni deb tinim bilmay ishlaydi, yetmaganiga rahmat eshitish oʻrniga otamdan kaltak yeydi. Otam judayam nonkoʻr inson. Tugʻilganindan beri menga yaxshi munosabatda boʻlmaganman chunki qiz farzandman. Akam esa otamning erkasi uni qilayotgan ishlari otamning koʻziga koʻrinmaydi. Otam ikki yildan beri onamga holam bilan xiyonat qilib keladi, buni bilsamda indamay yuraman. Onamga bu ogʻirlik qiladi. Holam biznikiga juda koʻp keladi albatta otamning yonida boʻlish uchun ammo sodda onam uni menga yordam uchun kelyapti deb oʻylaydi. Ularni birinchi bor ikki yil oldin oshxonada shakarguftorlik qilishayotganida koʻrganman avval bu narsaga aqlim yetmadi ammo yana holamning otamga koʻz suzishlaridan xiyonat qilishayotganiga amin boʻldim.

Kris malham surtib boʻlgach onasini ustini oʻradi, oʻzi ham yoniga yotib oyisini mahkam quchoqlab uyquga ketdi.

*

Korea Seul.

Kech boʻlishiga qaramay hamon ofisda kompyuterdan koʻz uzmay ish qilayotgan yigitni eshik taqillashi chalgʻitdi.

- kir) Yigit buyruq ohangida gapirib kresloga suyandi. Ruxsat berilgandan soʻng eshik ochilib ichkariga uning kotibi janob Nam kirib keldi.

- kel kotib Nam, odatda bu paytgacha ofisda qolmasdin?) yigit kotibini boshdan oyoq koʻzdan kechirib soʻroq ohangda gapirdi.

- ha ammo buhim masala boʻyicha qoldim. Biz kutayotgan yangilik keldi janob Kim.

- mm demak bugun xursand boʻladigan kunga oʻxshaydi.

- albatta janob, biz uzoq vaqtdan beri kutayotgan yerlar nomingizga rasmiylashtirildi. Rossiya federatsiyasidagi bir necha hududlar endi sizniki.

- ahh qanday yaxshi yangilik. Buni deyarli 1 yildan beri kutayotgan edim. Yaxshi ishlading janob Nam. Buhgalteriya boʻlimiga aytaman senga bu oy uchun mukofot puli berishadi.

- rahmat janob minnatdorman) kotib Nam boshini egib tazim qildi.

- arzimaydi, endi esa senga yana bir topshiriq uch kundan soʻng Rossiyaga uchasan. Olgan yerlarimizda darhol kompaniyamiz filiallarini boʻlishi kerak. U yerda qishda kiyiladigan etiklar ishlab chiqarish uchun korxona tashkil qilasan. Iloji boricha tezroq ishni bitirib qaytib kel.

- tushinarli janob, hayrli kech

- senga ham) kotib Nam tashqariga chiqib eshikni astalik bilan yopdi.

Kim Taehyung

Ertasi kuni. Kristina koʻzlarini ochib atrofga qaradi, oldida onasi yoʻq edi. Uni oshxonada deb oʻylab oʻrnidan turib yuvinishga kirib ketdi.... Yuvinish xonasidan chiqgach oyna oldiga borib sochlarini quritdi. Yuziga kerakli narsalarni surtib, maktab uchun kiyina boshladi. Avval maktab formasini kiyib ustidan yengilroq kamzul kiydi qish boʻlgani uchun kurtkasi va sumkasini olib xonasidan chiqib ketdi.

Oʻylagandek onasi oshxonada kecha hech narsa boʻlmagandek nonushta tayyorlar edi. Kristina sekin borib onasini ortidan quchib yelkasiga boshini qoʻydi.

- hayrli tong oyijon

- senga ham quyoshim. Yaxshi dam oldingmi?

- ha albatta, sizchi? Ahvolingiz yaxshimi? Koʻkargan joylaringiz ogʻrimayaptimi?

- sen malham qoʻyasanu ogʻrir ekanmi? Kechani oʻzidayoq seni qoʻllarin tekkan zahoti ogʻriqlar yoʻqolgan.

- unday boʻlsa xursandman, xoʻsh bugun nima yeymiz?

- doimgidek pishloqli quymoq.

- mening sevimli nonushtam.

- shuning uchun ham tayyorladim. Qani tezroq ovqatlan, maktabga kech qolasan) Kristina stolga oʻtirib onasi pishirgan quymoqlarni yeyishni boshladi. Ona va qiz nonushta qilishar ekan uy eshigi ochilib mast holatda Kristinaning akasi kirib keldi. Onasi oʻgʻlini koʻrib darhol oʻrnidan turib u tomon bordi.

- bolam bu nima ahvol) Mariya xonim oʻgʻlini bu ahvolda birinchi marta koʻrishi edi.

- sizga nima?

- axir men onangman.

- sizdek onam borligidan or qilaman sizdan uyalaman

- aybim nima? Qayerdan shuncha nafrat?

- siz boshqa ayollarga oʻxshab chiroyli yurmaysiz, ayolligingizni his qilmaysiz

- aka ogʻzingizga qarab gapiring!!!) oraga Kristina qoʻshildi.

- sen aralashma!!

- aralashaman, onamni bunday haqorat qilolmaysiz axir, onamni shu ahvolga tushishiga kim sababchi aslida. Dadam va siz erkak boʻlib pul topib qoʻyinglar onam ham ishlamay oʻziga qarab yuradi. Oʻsha siz aytayotgan oyimchlar onamdek ish qilish tugul qoʻlini sovuq suvga ham urmaydi. Ularni erlari va bollari onasini boshida koʻtarib yuradi lekin sizchi? Dadamchi? Hayf sizlarga) Kristina ortga oʻgirildida kurtkasini kiyib onasini yoniga keldi.

- oyi bugun ishga chiqmang, men maktabdan soʻng ishlash uchun ish topaman. Akamni gaplariga parvo qilmang siz dunyodagi eng goʻzal ayolsiz) Kristina soʻzlarini tugatib onasini quchib uydan chiqib ketdi.

Mariya

#𝐊𝐑𝐈𝐒𝐓𝐈𝐍𝐀☕︎✈︎☘︎