Personajli sun’iy intellekt yordamida podkast yaratish bo‘yicha qo‘llanma
Bugun videomiz misolida shunday podkastni sun’iy intellekt yordamida qanday yaratishni ko‘rib chiqamiz - ssenariy va ovozlashtirishdan tortib vizual ko‘rinish va lab sinxronizatsiyasigacha bo‘lgan jarayonni tahlil qilamiz.
Avvalo, g‘oyani aniqlab olishingiz lozim: podkastingiz mavzusi nima, uning ishtirokchilari kimlar va suhbat qanday shaklda o‘tkaziladi. Kontentni qiziqarli va ta’sirli qilish uchun personajlar, muloqot uslubi va asosiy mavzuni tanlang.
Agar g‘oyalarni shakllantirish uchun yordam kerak bo‘lsa, ChatGPT ko‘makka kelishi mumkin - u konsepsiyani, ssenariyni va hatto personajlar o‘rtasidagi suhbat uslubini ham o‘ylab chiqishga yordam beradi.
1-bosqich: ChatGPT’da ssenariy yaratish
Endi ChatGPT’ga ssenariyni shakllantirishda yordam berishi uchun vazifa berish kerak.
"Instagram/TikTok uchun "virusli" video qilmoqchiman. G‘oya - sun’iy intellekt podkastini yaratish, masalan, Bobur va Shayboniyxon kabi ikki tarixiy shaxs o‘rtasidagi bahs-munozara. Ikki qahramonning suhbat uslubini belgilashga yordam ber. Suhbat tarixiy haqiqatga mos kelishini, lekin lo‘nda, qiziqarli, jozibali va ta’sirchan bo‘lishini xohlayman."
So‘rov qanchalik batafsil bo‘lsa, natija shunchalik yaxshi bo‘ladi. Quyidagilarni aniqlashtirish mumkin:
✅ Format (dialog, munozara, rep-jang va hokazo).
✅ Davomiyligi (30 soniya, 1 daqiqa, 5 daqiqa).
✅ Hissiy ohang (kinoyali, dramatik, keskin).
🔥 Maslahat: Agar ssenariy yaratilgandan so‘ng xomroq tuyulsa, uni qisqaroq /hissiy/dinamik uslubda qayta yozishni so‘rashingiz mumkin.
2-bosqich: Qahramonlar obrazini yaratish
Ssenariydan keyin personajlarni tarixiy davrga mos va haqiqiy ko‘rinishini ta’minlash uchun ularni tasvirlash lozim.
MidJourney yoki FreePik orqali sifatli tasvir yaratish uchun sahna, qahramon va barcha tafsilotlarni to‘g‘ri tasvirlash muhim hisoblanadi. Quyida buni qanday amalga oshirishning bosqichma-bosqich tahlili keltirilgan.
1️⃣ Promptda asosiy elementlarini aniqlaymiz
ChatGPT ingliz tilida savodli prompt tuzishi uchun tavsifni bir nechta muhim qismlarga ajratish lozim:
1. Kadr turi – sahna qanday ko‘rinishda bo‘lishi (yaqin, o‘rta, uzoq, perspektiva).
2. Personaj tavsifi – tashqi ko‘rinishi, yoshi, his-tuyg‘ulari, yuz ifodasi, kiyimlari.
3. Atrof-muhit – qahramon qayerda joylashgani, atrofidagi obyektlar.
4. Kamera va yoritish – kamera turi, kinematografik uslub, rang gammasi.
5. Hissiyot va kayfiyat – sahna nimani ifodalaydigan bo‘lsa, qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otishi.
6. Format va uslub – qanday tasvirlash uslubi (realizm, kino uslubi, rangtasvir va hokazo).
2️⃣ ChatGPT uchun vazifa namunasi
MidJourney uchun prompt olish maqsadida ChatGPTga quyidagi so‘rovni yuborishingiz mumkin:
I need a detailed prompt for MidJourney to generate a cinematic scene. The scene should depict an elderly ruler with a wise and stern look, sitting at a wooden table in the middle of an endless desert. He wears a massive golden crown adorned with gemstones and feathers, and his long gray beard adds to his majestic and experienced appearance. His robe is richly decorated with gold patterns and red silk, with fur inserts on the shoulders. His hands rest on the table—one clenched into a fist, the other relaxed. A silver ring, symbolizing power or an oath, lies on the table in front of him.
Behind him, the vast desert stretches with a silhouette of mountains in the distance, and a lone fortress is barely visible on the horizon. The scene is shot with an ARRI Alexa 65 camera, featuring soft golden lighting, natural shadows, and a cinematic depth of field. The atmosphere conveys ancient grandeur and deep contemplation, with the ruler’s expression showing pride, fatigue, and wisdom.
The format should be 16:9, RAW style, inspired by Ridley Scott’s cinematography. Please provide a structured prompt in English that MidJourney will understand.
3️⃣ ChatGPT qanday javob beradi?
U MidJourneyga kiritish mumkin bo‘lgan prompt namunasini yaratadi, masalan:
An elderly ruler with a wise and stern expression sits at a wooden table in the middle of an endless desert.
He wears a massive golden crown adorned with gemstones and feathers, his long gray beard adding to his majestic and experienced appearance.
His robe is richly decorated with gold patterns and red silk, with fur inserts on the shoulders.
His hands rest on the table—one clenched into a fist, the other relaxed.
A silver ring, symbolizing power or an oath, lies on the table before him.
Behind him, the vast desert stretches with a silhouette of mountains in the distance, and a lone fortress is barely visible on the horizon.
Shot on ARRI Alexa 65, soft golden lighting, natural shadows, cinematic depth of field.
3-bosqich: Vizual yaratish (MidJourney yoki Freepik)
1. MidJourney saytiga kiramiz.
2. ChatGPT tomonidan yaratilgan promptni kiritamiz.
3. Eng yaxshi variantni tanlaymiz yoki tafsilotlarni aniqlaymiz.
4. Qo‘shimcha: agar fon boshqacha bo‘lsa, uni alohida yaratib, Photoshop’da birlashtirish mumkin.
1. Freepik AI Generator’ga o‘tamiz.
2. Personaj tavsifini kiritamiz (yoki taklif etilgan variantlardan tanlaymiz).
3. Uslubni moslashtiramiz (realizm, multfilm, kinematografik).
4. Rasmni tanlab, yuklab olamiz.
5. Yanada tabiiyroq natija olish uchun AI-generated bo‘limida Google’ning AI modelini tanlashingiz mumkinl.
4-bosqich: Personajlar matnini o‘qib eshittiramiz (Jonli yoki ElevenLabs)
Tayyor ssenariy va vizual materiallar qo‘limizga tegganidan so‘ng, dialoglarni ovozlashtirish bosqichiga o‘tamiz.
1. Erkak va ayol ovozini tanlash yoki shaxsiy tembrni sozlash mumkin.
3. ChatGPT’dan matnni ko‘chirib olamiz va uni generatorga kiritamiz.
4. Audioni generatsiya qilamiz va tayyor fayllarni yuklab olamiz.
5-bosqich: Hedra AI yordamida lipsink va qo‘l animatsiyasini yaratish
Endi biz personajlarning lablarini nutq ohangiga mos ravishda harakatlantirishimiz va qo‘l ishoralari orqali realistik ko‘rinish berishimiz kerak.
Buning uchun Hedra AI vositasidan foydalanamiz - bu lablarni sinxronlashtirish va asosiy tana animatsiyasini yaratish uchun mo‘ljallangan vosita.
Hedra AI’da lipsing qilish va qo‘l harakatlarini qo‘shish usuli
1️⃣ Hedra AI saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tamiz.
2️⃣ Avvalroq MidJourney yoki Freepik AI yordamida yaratilgan personaj rasmini yuklaymiz.
3️⃣ ElevenLabs’da yaratilgan yoki yoki mustaqil ravishda yozib olingan ovozli audio faylni yuklaymiz.
4️⃣ Lablar va qo‘llar harakati uchun ko‘rsatma yozamiz
5️⃣ Hedra AI personajni to‘g‘ri animatsiya qilishi uchun matnli ko‘rsatma beramiz.
Create a realistic lip-sync animation for a wise and powerful ruler speaking confidently.
The mouth should move naturally with slight emotional expressions, emphasizing key words.
Hands should occasionally gesture subtly, like resting on the table, making a fist when emphasizing power,
or gently opening the palm to symbolize diplomacy.
6️⃣ Animatsiyalangan personajni yuklab olamiz va yakuniy montajga tayyorlaymiz.
6-bosqich: CapCut yoki Adobe Premiere Pro dasturida yakuniy montaj va post joylashtirish
Ovozli va lab/qo‘l harakatlari bilan jonlantirilgan qahramonlarni tayyorlaganimizdan so‘ng, oxirgi bosqich qoladi - barcha elementlarni yagona videoga birlashtirish va e’lon qilishga tayyorlash.
🎬 Tayyor! Endi sizda tarixiy shaxslar, ovozlashtirish, animatsiya va montaj bilan to‘liq tayyorlangan sun’iy intellekt podkasti bor.