March 7, 2022

Sho'rtan gaz kimyo majmuasining bir guruh futbol ihlosmandlari Nasaf futbol jamoasining yangi mavsum oldi taqdimot marosimiga qatnashishdi

6-mart kuni Qarshi shahrida joylashgan Yoshlar markazidagi faollar zalida “Nasaf” jamoasiga yangi kelib qoʻshilgan futbolchilarning tanishtiruv marosimi hamda matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi, Qashqadaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Berdialiyevich Azimov, viloyat rahbarlari hamda SHGKM Bosh direktori Shuxrat Charievich Aslanov hamda jamoa muxlislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab soʻz olgan viloyat hokimi Murotjon Azimov “Nasaf” jamoasining viloyatda tutgan oʻrni va bu jamoani yanada kuchaytirish uchun oʻz yordamini ayamasligini aytib oʻtdi. "Hududlarda odamlar bilan uchrashganimda "Nasaf" ga e’tibor qilishimizni takror va takror so‘rashadi. Qashqadaryo deyilsa hammaning ko‘z oldida albatta "Nasaf" jamoasi gavdalanadi. Xalq Nasafning chempion bo‘lish davri kelganini aytmoqda. Qashqadaryoda tadbirkorlar, klasterlar yetarlicha bor. Men vada beraman, mazkur mavsumda "Nasaf"ga homiylikni boshqacha tashkil etamiz. Jamoa rahbariyati menga futbolchilarning takliflarini yetkazdi. Jamoa ishtirokidagi har bir bahsni stadiondan kuzataman", - dedi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murodjon Azimov.

Shundan soʻng jamoamizga yangi kelib qoʻshilgan Sharof Muhitdinov, Ivan Solovev va Semir Smaylagichlar muxlislarga tanishtirildi;

1. Sharof Muhitdinov

Tug‘ilgan sana: 14.07.1997

Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston, Jizzax

Millati: O‘zbek

Amplua: Yarim himoyachi

O‘ynagan jamoalari: “Nasaf”, “Paxtakor”

2. Ivan Solovev

Tug‘ilgan sana: 29.03.1993

Tug‘ilgan joyi: Rossiya, Kaluga

Millati: Rus

Amplua: Yarim himoyachi

O‘ynagan jamoalari: “Zenit”, “Dinamo-M”, “Dinamo-P”, “Navbahor”

3. Semir Smaylagich

Tug‘ilgan yili:18.09.1998

Fuqaroligi: Bosnia va Gertsegovina

Amplua: Hujumchi

O‘ynagan jamoalari: “Saraevo”, “Goritsa”, “Mladost Kakan”, “Sloboda Tuzla”, “Astana”,“Qizil Jar”

Tadbir davomida Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev soʻzga chiqib, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun viloyat rahbariyatiga, homiylarga oʻz minnatdorchiligini bildirib oʻtdi. O'z o'rnida muhlislar klubi ham bu mavsum Nasaf futbol jamoamizni uzgacha qullab quvvatlashga so'z berdilar.

Bugungi tadbirda ishtirok etgan OAV xodimlari hamda muxlislar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Marosim soʻngida muxlislar oʻzlarining sevimli futbolchilarimi bilan esdalik uchun rasmga tushishdi.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati