February 23, 2022

Sho'rtan gaz kimyo majmuasining “Innovatsion gʻoyalar va yangi takliflar” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha “Innovatsion gʻoyalar va yangi takliflar” tanlovini oʻtkazish qilingan edi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv Raisining 2021-yil 15-noyabrdagi 01-18-4-561 sonli ““Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ tashkil etilganligining 20 yillik yubileyini tantanali ravishda oʻtkazishni tashkillashtirish boʻyicha” chora-tadbirlar rejasiga asosan “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda “Innovatsion gʻoyalar va yangi takliflar” tanlovini oʻtkazish nizomi”ga asosan ratsionalizatorlik ishlarini korxonada rivojlantirish, mualliflarni moddiy ragʻbatlantirish, hamda korxonada ratsionalizatorlik takliflarini joriy qilinishi va buning evaziga korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish yuzasidan “Innovatsion gʻoyalar va yangi takliflar” tanlovi eʼlon qilingan edi va korxonada 2020-2021-yillarda mualliflar tomonidan 21 ta ratsionalizatorlik takliflari roʻyxatga olingandi. Shulardan “Eng yaxshi innovatsion gʻoya taklifi” tanlovi gʻolibi 177-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan “Qadoqlash qurilmasi uchun foydalaniladigan foto datchik” (mualliflar: Nazarov Sh., Ashurov I., Jalilov Z.) taklifi etirof etildi.
Eng yaxshi ratsionalizator taklifi” tanlovi gʻolibi 175-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan “Majmuaning Etilen ishlab chiqarish sexi Sovuqlik qurilmasidagi GA-1501 nasosini ishdan toʻxtatgan holatda, EA-1410A/B, EA-1604C, EA-2214 kondensatorlarga kerakli miqdorda propan sovutish agentini yetkazib berish orqali Etilen ishlab chiqarish va Polietilen ishlab chiqarish sexlari qurilmalarini ishlab chiqarish uzliksizligini taʼminlash maqsadida aylanma quvur va quvur yopqich oʻrnatish” (montaj qilish) (mualliflar: Toshboyev X., Murtazoyev O., Abduraxmanov A., Yoʻldoshyev B., Parmonov U., Elliyev X.) taklifi etirof etildi.