Majmuamiz xodimi “O’zbekiston uchun 100 G’oya” loyihasida ishtirok etdi
Energetika Vaziri Alisher SaidAbbasovich Sultonovning yoshlarga qilgan
murojaat nomasi, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, IT-park va Prezidentning 5 tashabbusi loyiha ofisining “O’zbekiston uchun 100 G’oya” Loyihasida o’zining G’oyasi va loyihasi bilan, 29-sentyabr kuni Toshkent shahrinig Innovatsion rivojlanish vazirligida yoshlar bilan bo’lgan forumda ishtirok etib, “Hududiy bosqichida faol ishtiroki va Mamlakat taraqqiyoti sa’y-harakati uchun SERTIFIKATI” bilan taqdirlandi.
Ma'lumot uchun: Karayev Sherali Tuxtayevich 25.04.1989 G’uzor tumanida tug’ilgan.
Millati O’zbek oliy malumotli. Oilali 2 nafar farzandning otasi.
2012 yil Toshkent kimyo texnolagiyalari institutini Organik moddalar fakultetini bakalavr bosqichini va 2014 yil Shu fakultetni Yuqori malekulari birikmalar olish yo’nalishini Magistir bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2014 “ Jurabek laboratories” O’zbek-Arab qo’shma korxonasida infusion birikmalar tayyorlash ustasi lavozimidan boshlagan. 2015 yildan buyon O’zbekneftegaz “ MXK” tasarufidadagi Shurtan gaz kimyo Majmuasining Polietilen ishlab chiqarish sexida texnologik qurilma kuzatuvchisi sifatida ishlab kelmoqda.
2021-yilning II- choragidan Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instutiga “ Organik moddalar va ular ososida materiallar texnologiyasi ixtisosligida” Polietilen maxsuloti uchun “ Mahalliy xom ashyolar asosida Stablizator, Antioksidanlar olish texnologiyasini yaratish bo’yicha tayanch Doktorantura (PhD) ga qabul qilindi.
Karayev Sherali Tuxtayevich O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304- sonli qaroriga mofiq phd.mininnivation.uz – Oliy talimdan keying talimni muvofiqlashtiruvchi yagona portalida mustaqil ishlanivchi sifatida ro’yxatdan o’tgan. Hozirda antioksidantlar olish bo’yicha mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar tanlash, ularni xossalarini o’rganish ularni sentez jarayonlarini mustahkamlash bo’yicha ishlar amalga oshirmoqda va Xalqaro anjumanlarda, jurnallarda maqola va tezislar chop ettirdi.
Ushbu yosh mutaxasis korxona tomonidan bo’ladigan yoshlar forumlarida va tadbirlarda faol ishtirok etadi. Ozining izlanuvchanligi, talabchanligi kasbiga masuliyatliligi, manviy axloqiy tomonlama yuqori klassifikatsiyada ekanligi bilan ajralib turadi.