September 24, 2021

Majmuada onlayn shaxmat musobaqasi o'tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 2021-yil
14-yanvardagi PQ-4954-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Sho‘rtan GKM” MCHJda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarni sportga keng jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi orqali muhofaza qilish, shaxmat sportini yanada rivojlantirish aql va zexnni charxlash, ish joyini tark etmagan holda onlayn musobaqada ishtirok etish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali aqliy salohiyatlarini shaklantirishga ko‘maklashish, Ishchi-xodimlarni ushbu aqliy sport turiga qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 3-iyunidan “Shaxmat – aql sporti” SHGKM onlayn shaxmat musobaqasiga start berildi.

Musobaqada “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ sex, bo‘lim, xizmat va tarmoqlarda foaliyat ko'rsatayotgan 30 nafar ishchi-xodimlari o‘rtasida Shaxmatning turi bo‘yicha "Blitz" yo‘nalishida onlayn tarzda ish jaroyonidan ajralmagan holda o'tkazilmoqda.

Musobaqa umumiy 29 turdan iborat bo'lib har bir ishtirokchi musobaqa ishtirokchilari bilan bir martadan uyin o'tkazib chiqadi va tuplangan ochkolar natijasiga ko'ra g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Hozirga kelib musobaqaning 15 turi ortda qoldi va turnir jadvali quyidagicha ko'rinish olgan:

Ma'lumot uchun: yil boshida SHGKM 3 nafar xodimi MDH neftkimyo kubogi xalqaro shaxmat musobaqasida qatnashgandilar

izoh: Shaxmatning "Blitz" yo'nalishi tezkor tarzda bo'lib har bir ishtirokchiga 3 daqiqadan vaqt berilib har bir xod uchun qo'shimcha 2 soniya qo'shib beriladi.

Sho'rtan gaz kimyo majmuasi MCHJ Matbuot xizmati