“IVOLGA” YOSH ORNITOLOGLAR KLUBI A’ZOLARINING “JAYRON” EKOLOGIK MARKAZI”DA O’TKAZGAN ORNITOLOGIK KUZATUVLARI.
Buxoro davlat universiteti qoshidagi “Ivolga” yosh ornitologlar klubining bir guruh talabalari va professor-o'qituvchilardan Y.D.Xolov, B.Doniyorov va A.M.Umedovlar joriy yilning 7-dekabr kuni, “Buxoro ixtisoslashtirilgan“Jayron” ekologik markazi”da bo’lib qaytishdi.
“Jayron” ekologik markazi” 1977-yilda tabiatimizning kam sonli va nodir turlaridan biri bo’lgan “Jayron”ni ko’paytirish maqsadida , 5145 ga. maxsus simto’r bilan o’ralgan maydonda tashkil etilgan bo’lsa, keyinchalik pitomnikka, Turkman quloni, Priejevalskiy oti, Burama shoxli echki, Buxoro Xonguli kabi bir qatot nodir turlar ham iqlimlashtirilib, parvarishlash tadbirlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda, “Jayron” ekologik markazi”ning maydoni uch marotiba kengaytirilib, ushbu nodir turlardan bur guruhi yarim tutqinlikdan, ochiq tabiat qo’yniga chqarildi.
Bugungi kunda “Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” ekologik markazi” hududi va unung tevaraklarida umurtqali hayvonlarining boy majmuasi shakillangan.
Yosh ornitologlar “Jayron” ekologik markazi” hududi xilma-xil tabiiy biatoplarda qushlarning qishki sanog‘ini olish davomida markaz hududida joylashgan Go‘zal ko’l, O‘rdakli ko’l, Katta va Kichik sho‘rko‘llar, hamda ularning atrofidagi to’qayzorlar, hamda ochiq cho’l biotoplarni sinchkovlik bilan o‘rganib, hududda qushlarning ellikka yaqin turlarini aniqlashga muvoffaq bo‘lishdi.
Kuzatuvlar davomida talaba yoshlar, pitomik hududida, maxsus parvarishlanayotgan Jayron, Prejevalskiy oti, Turkman quloni, Buxoro bug’isi kabi nodir turlarning hayoti bilan ham yaqindan tanishishdi
Kuzatuv davomida klub a’zolari ustozlari ko‘magida zamonaviy metodlar asosida tevarak-atrof sir-sinoatlarini tushunish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.