April 1

1-aprel “Xalqaro qushlar kuni”

1-aprel “Xalqaro qushlar kuni” munosabati bilan Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiyalar fakulteti Biologiya kafedrasida “Biz qushlarni asraymiz” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda BuxDU Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, fakultet talabalari va qushlarning hayoti bilan qizuquvchi boshqa kishilar ishtirok etishdi. Tadbirda Biologiya kafedrasi dotsenti ornitolog olim To‘raev Muxtor Murodovich ushbu kunning paydo bo‘lish tarixi, bugungi kunda dunyodagi, mamlakatimizdagi va viloyatimizdagi kush turlari soni, ularning tabiat va insonlar hayotida tutgan o‘rni, hozirgi kunda BuxDU da faoliyat yuritayotgan va qushlarni hayotini kuzatib boradigan “Ivolga” klubi, bu klub faoliyatidagi asosiy jihatlar to‘g‘risida gapirib berdilar.

Shu kafedra dotsenti Sh.Pardaev bugungi iqlim o‘zgarishi kuzatilayotgan davrda qushlar va ularning iqlim o‘zgarishiga nisbatan yangi-yangi joylarni tanlab borayotganligi, ularni asrab avaylashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi tug‘risida fikr bildirdilar.

Tadbir so‘ngida kushlarga mehr ko‘rsatish buyuk insoniy burch ekanligi ta’kidlanib. talabalarga klub tomonidan tashkil etilgan esdalik nishonlari topshirildi.