November 5, 2024

BuxDU Rus tili va adabiyoti kafedrasi Lingvistika: Rus-tili mutaxasissisligi magistranti tomonidan "Имя прилагательное" mavzusidagi ochiq dars bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 28-oktabr kuni Buxoro Davlat Universitetining Rus-tili va adabiyoti kafedrasi Lingvistika: Rus-tili yònalishining magistranti Jòrayeva Shahlo Hasan qizining 6-1 Rus-23 guruhida "Имя прилагательное mavzusidagi ochiq darsi bo'lib o'tdi.

Dars jarayoniga Rus-tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari va amaliyotchi magistrlar qatnashdilar.

Dars jarayoni amaliy shaklida o'tkazilib, mavzu doirasidagi dastlabki nazariy ma'lumotlar amaliyotchi magistr tomonidan keltirib o'tildi.

Noan'anaviy ta'lim metodlari, yangi pedagogik texnologiyalar hamda turli interaktiv o'yinlar bilan uyg'unlikda tashkil etilgan dars tinglovchilarga mavzuni mukammalroq anglab olish imkonini berdi. Dars talabalarda ulkan ta`assurot qoldirishi bilan birgalikda ulardagi kreativlikni oshirishda amaliy turtki bo`ldi.

Mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida mavzu asosida tuzilgan "tarqatma materiallar"dan talabalar savollarni tanlab olib, birin-ketinlik bilan javob berib borishdilar.

O'tkazilgan ochiq dars mashg'uloti shu tariqa o'z nihoyasiga yetdi. Dars yakunida Rus-tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti S. S. Sharipov so'zga chiqib, o'tilgan dars mashg'uloti yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, amaliyotchining yutuq va kamchiliklariga e'tibor qaratgan holda, unga tegishli ko'rsatmalarni bildirib o'tishdi.

Amaliyotchi Jórayeva Shahlo Hasan qizining o'tgan ochiq darsi bir ovozdan 90 ball bilan baholanib, namunali o'tgan, deb topildi.