Yaratilgan keng imkoniyatlar mahsuli— yoshlarimizning jahon fan olimpiadalarida erishgan yutuqlari ifodasidir!
2026-yining 24-fevral kuni o‘tkazilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarliklarida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida “Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan”ligi alohida e’tirof etildi.
Darhaqiqat yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasini bugun butun dunyo e’tirof etmoqda. Prezidentimiz ta’kidlagan raqamlar — bu shunchaki statistika emas, balki xalqimizning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi, yosh avlodning salohiyati va mehnatining yorqin ifodasidir.
Jahon fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan 66 ta oltin, 147 ta kumush va 221 ta bronza medali — bu ilm-fanga berilayotgan e’tibor va islohotlarning amaliy natijasidir. Dunyoning eng nufuzli oliygohlari — Harvard University, Yale University, Princeton University, Columbia University, Cornell University kabi ta’lim maskanlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz sonining ortib borayotgani esa mamlakatimiz intellektual salohiyati tobora yuksalayotganidan dalolat beradi.
So‘nggi yillarda Oʻzbekistonning maktab o‘quvchilari nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida barqaror va yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Mamlakatimiz vakillari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika kabi yo‘nalishlarda dunyoning eng kuchli jamoalari bilan bellashib, sovrinli o‘rinlarni egallamoqda. Albatta bu prezidentimiz tomonlaridan yaratilgan sharoitlar va islohotlar natijasi desak mubolog’a bo’lmaymiz.
Qolaversa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrda qabul qilingan “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 562-sonli qarori yoshlarni yanada qo‘llab quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibibi belgiladi. Qarorga muvofiq nufuzli xalqaro olimpadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldilar. Bu bilan yurtimiz yoshlari orasida fan olimpiadalari ishtirokchilarining safini kengaytirishda raqobat maydonini yaratdi. Natijada iqtidorli o‘quvchilar safi kundan kunga ortiq bormoqda. Buning samarasi sifatida o‘quvchilarimiz dunyoning eng nufuzli olimpiadalari International Mathematical Olympiad (IMO), International Physics Olympiad (IPhO), International Chemistry Olympiad (IChO), International Biology Olympiad (IBO), International Olympiad in Informatics (IOI) kabi olimpadalarida ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Bugungi kunda maktab o‘quvchilari orasida o‘tkazilayotgan olimpiadalar qatorida, talabalar orasida ham xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish kundan kunda saviyasi oshib bormoqda. Dunyoning nufuzli malakatlarida oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida o‘tkazib kelinayotgan nufuzli olimpiadalar talabalarimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda, talabalar xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish bilan bir qatorda chet ellik tengdoshlari bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish, hamkorlikda bilim tajriba almashish, nufuzli oliygohlarning imkoniyatlari bilan tanishish, yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun keng imkoniyatlardan foydalanish baxtiga ham sazovor bo‘lmoqdalar.
Bugungi kunda xalqaro maydonda talabalar uchun International Mathematics Competition for University Students (IMC), ICPC (International Collegiate Programming Contest), SEEMOUS – South Eastern European Mathematical Olympiad for University Students, OMOUS (Turkmaniston), RUDN Math Olympiad (Rossiya), International Econometrics Universiade, ELO English langueg olimpiada (Iordaniya) kabi quyidagi nufuzli fan olimpiadalari o‘tkazib kelinmoqda. Buxoro davlat universiteti talabalari ham ushbu nufuzli xalqaro olimpiadalarda
2023-yildan buyon faol ishtirok etib kelmoqda.
Oxirgi uch yilda BuxDU talabalari xalqaro olimpiadalarda jami 107 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Shundan 27 ta oltin, 24 ta kumush va 56 ta bronza medallar. 2025-yilga kelib universitet talabalarining xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish geografiyasi yanada kengaydi. Talabalarimiz Turkmaniston xalqaro kimyo, matematika, biologiya, iqtisod, moliya olimpiadalarida, Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika RUDNMATH-2025 olimpiadasida, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Amman shahrida xalqaro ingliz tili ELOUni-2025 olimpiadasida, Qozog'iston Respublikasi Almata shahrida xalqaro ICPC 2025-2026 olimpiadasida oltin, kumush , bronza medallar sovrindorlari bo‘lishdi.
Qolaversa xalqaro aloqalarni mustahkamlash va yoshlarimiz uchun xalqaro arenani ona yurtimizda yaratish maqsadida Buxoro davlat universitetida 2026-yilning 25-29-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirokchilar tarkibi keng geografiyani qamrab olgan bo’lib, jumladan, Turkmanistondan 58 nafar, Rossiyadan 27 nafar, Tojikistondan 4 nafar, Pokiston va Hindistondan 2 nafardan, Iordaniya va Xitoydan esa 1 nafardan talabalar olimpiada ishtirokchilari sifatida qatnashmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari jamoalari a’zolari soni esa 489 nafarni tashkil etadi. Olimpiada jarayonlarida jami 95 ta jamoa, 584 nafar ishtirokchi, 30 dan ortiq xorijiy OTMlar va 50 dan ortiq Respublikamiz OTMlarining vakillari ishtirok etdi.
Prezidentimizning yoshlar kunida xalqaro fan olimpiadalarining natijalarini e’tirof etganliklari oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ham katta bir mativatsiya bag‘ishladi desam mubolag‘a bo‘lmayman.