September 17

Stipendiatlar maktabiga qabul boshlandi.


❗️Siz ilmiy tadqiqot faoliyatiga qiziqasizmi, kademik darajangizni oshirib borish istagidamisiz, prezident va nomli davlat stipendiyalari, "Rektor stipendiyasi", "Fitrat stipendiyasi" va boshqa imtiyozli tanlovlarda ishtirok etish uchun o'z bilimlarizni va ilmiy salohiyatingizni rivojlantirmoqchimisiz?
♻️Unda bu ayna Siz uchun.

🔰BuxDU Talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori 2025/2026 o'quv yili uchun "STIPENDIATLAR MAKTABI" o'quv kurslarini yangi formatda boshlash arafasida.

❗️Kurslar tinglovchisi bo'lish uchun siz quyidagi havola orqali saralash testlaridan o'tishingiz lozim. Testlardan 60 balldan yuqori ball olganlar stipendiatlar maktabining "Ilmiy tadqiqotga kirish" kursiga qabul qilinadi.

✅Ushbu kursda barcha talabalar, magistrlar ishtirok etishi mumkin.

👀Bizni kuzatishda davom eting "STIPENDIATLAR MAKTABI" bazasida 10 dan ortiq onlayn o'quv kursalar yo'lga qo'yilmoqda va bu xizmatlar barchasi BuxDU talabalari uchun mutlaqo bepul!

❗️Imkoniyatni qo'ldan chiqarmang, bu kurslar orqali Siz tez orada "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti", "Prezident va nomli davlat stipendiyalar sovrindori", "Rektor stipendiyasi va Fitrat stipendiyasi" sovrindori bo'lishingiz uchun kerakli bilimlarga ega bo'lasiz.

🔰Barcha kurslar p.f.f.d (PhD)., dotsent Xalikova Umida Mirovna tomonidan olib boriladi.
🔰Qolaversa siz kurslar davomida xalqaro va respublika darajasidagi fan olimpiadalari, xalqaro tanlovlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lib borasiz va ularda ishtirok etish, BiuxDU jamoalariga a'zo bo'lish imkoniyatlariga ham ega bo'lasiz.

❗️IMKONIYATNI QO'LDAN CHIQARMANG. JOYLAR SONI CHEGARALANGAN.

Ma'lumot uchun: 97 305 62 20