June 16

2025-yil uchun “Prezident handa nomli davlat stipendiyalari” tanloviga talabgorlar tomonidan kelib tushgan hujjatlar to‘g‘risida MA’LUMOT

Joriy yilda Prezident hamda nomli davlat stipendiyalariga ajratiladigan kvota miqdori quyidagicha pragnoz qilinmoqda. Prezident davlat stipendiyasiga 1 ta, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga 1 ta, Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasiga 1 ta, Beruniy nomli davlat stipendiyasiga 1 ta, Bobur nomli davlat stipendiyasiga 1 ta, Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasiga 1 ta, Navoiy nomli davlat stipendiyasiga 7 ta kvota ajratilishi kutilmoqda.

Tanlov Nizomiga asosan Prezident davlat stipendiyasi tanlovlarida baholari to‘liq “5” bo‘lgan, barcha ta’lim yo‘nalishlaridagi faqatgina 3-bosqich talabalari ishtirok eta oladi.

Islom Karimov stipendiyasiga barcha ta’lim yo‘nalishidagi 2, 3-bosqich talabalari ishtirok eta oladi.

Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasiga aniq va tabiiy fanlar ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 2, 3-bosqich talabalari ishtirok eta oladi.

Beruniy nomli davlat stipendiyasiga texnika ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 2, 3-bosqich talabalari ishtirok eta oladi.

Bobur nomli davlat stipendiyasiga faqatgina geografiya hamda tarix ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 2, 3-bosqich talabalari ishtirok eta oladi.

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasiga faqatgina jismoniy tarbiya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 2, 3-bosqich talabalari ishtirok eta oladi.

Navoiy nomli davlat stipendiyasiga ijtimoiy-gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 2, 3-bosqich talabalari ishtirok eta oladi.

Tanlov Nizom talablari asosida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi to‘liq talabalik davrida “5” a’lo bo‘lgan yoki 25% gacha “4” va 75% va undan yuqori “5” bo‘lgan talabalargina ishtirok eta olishi belgilangan. Shunga ko‘ra universitet bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi talabga javob beradigan talabalar ro‘yxati shakllantirildi tanlovga hujjat topshirish imkoniga ega talabalar soni aniqlandi.