Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo'lish tartibi
Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida
Buxoro davlat universiteti talabali uchun har o‘quv yilida ajratiladigan kvotalarga asosan talabalarimiz ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda Prezident davlat stipendiyasi va Islom Karimov, Beruniy, Navoiy, Ulug‘bek, Pahlavon Mahmud, Bobur va Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok eta oladi.
Prezident davlat stipendiyasi hamda Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga barcha ta’lim yo‘nalishi talabalari
Boshqa nomli davlat stipendiyalariga esa quyidagi mezon asosida ishtirok etishi mumkin
Kamoliddin Behzod Nomidagi davlat stipendiyasiga esa Amaliy san’at, Badiiy san’at, Haykaltaroshlik, Rangtasvir (dastgohli) ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.
Stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
· Prezident davlat stipendiyasi uchun fanlarni to‘liq a’lo baholarda o’zlashtirgan bo‘lishi;
· Nomli davlat stipendiyalari uchun fanlarni to‘liq a’lo baholarda yoki 25% gacha “4” baho va 75% dan ortiq “5” bahoga o‘zlashtirgan bo‘lishi; (“3” bahosi bor talabalar ishtirok eta olmaydi)
· Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyasi uchun bahoning hamiyati yo‘q. “3” baho olganlar ham ishtirok eta oladi. (Nizomi boshqa)
· umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
· yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
· kamida ikkita e’lon qilingan ilmiy ishlar (maqola va tezislar)ning mavjudligi;
· tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
· - O‘zbekiston tarixini bilish.
· Prezident davlat stipendiyasi uchun chet tili, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish talab etiladi.
· Davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tanlov natijalariga asosan nomzodlar ko‘rsatish davlat oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat stipendiyasiga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni taqdim qiladilar:
sinov daftarchasidan ko‘chirma(transcript);
ilmiy rahbarning fikr-mulohazasi;
ilmiy ishlarning bosma nusxalari;
yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (diplo, sertifikat, tashkkurnoma,…)
Barcha hujjatlar fayl papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy muvofiq holda to‘lanadi.
Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga guvohnomalar beriladi.
Guvohnomalar talabalarning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi
Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar.
Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng bir yil mobaynida magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘lish huquqini saqlab qoladilar.