January 14

“Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)” nomli xalqaro matematika olimpiadasining AXBOROT XATI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbarligida Buxoro davlat universitetida “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)” nomli xalqaro matematika olimpiadasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Olimpiada respublikamiz hamda chet davlatlar oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan isteʼdodli talabalarning intellektual salohiyatini namoyish etish, ular uchun xalqaro standartlarga mos keladigan matematika fanidan raqobatbardosh akademik muhitni taminlash maqsadida oʻtkaziladi.

Xalqaro olimpiada anʼanaviy (oflayn) shaklda 2026-yil 26-28-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Olimpiadaning Tashkiliy qo‘mitasi barcha respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari talabalarini va ularning jamoa rahbarlarini olimpiadada ishtirok etish uchun taklif etadi.

Olimpiada ikki turda oʻtkaziladi.
Individual tur. Jamoaviy tur. Bir jamoada 4 nafar ishtirokchi ishtirok etadi.
Jamoa tarkibida bakalavr va magistr talabalari qatnashishi mumkin.

Olimpiadaning jamoaviy turida har bir oliy ta’lim muassasasidan 1 ta jamoa ishtirok etishi mumkin. Jamoa a’zolari individual turda ham ishtirok eta oladi.

Jamoalar tarkibida matematika taʼlim yo‘nalishi va unga turdosh bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalar ishtirok etishi mumkin.

Olimpiadaning rasmiy tili — ingliz tili.

Respublikanmizdagi oliy talim muassasalarining jamoalari uchun mehmonxona va safar xarajatlari yuboruvchi tashkilot tomonidan qoplanadi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun ishtirokchilar 2026-yil 18-yanvarga qadar quyida keltirilgan veb-saytdagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. (Agar jamoa aʼzolari individual bosqichda ham ishtirok etmoschi bo‘lsalar, ular alohida, maxsus ko‘rsatilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.)

Olimpiada bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar va eʼlonlar Buxoro davlat universitetining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan:

https://buxdu.uz Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)

Registration for participation in the individual round of the International Mathematical Olympiad

"Group Registration" for the International Mathematical Olympiad

Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish uchun kontaktlar:
Telefon: (+998 97) 305-62-20; (+998 50) 714-39-39.
Elektron pochta: buxdu_rektor@buxdu.uz, u.m.xalikova@buxdu.uz, umidaxalikova87@mail.ru.