BIMO-2026 xalqaro matematika olimpiadasi AXBOROT XATI
“Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)” nomli xalqaro matematika olimpiadasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbarligida Buxoro davlat universitetida “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)” nomli xalqaro matematika olimpiadasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi va chet ellardagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan isteʼdodli talabalarning intellektual salohiyatini namoyish etish, ularni xalqaro tengdoshlar bilan raqobatbardosh akademik muhitda ishtirok etish imkoniyatlari bilan taʼminlash hamda xalqaro standartlarga mos keladigan matematika fanidan ilmiy-musobaqaviy maydon yaratish maqsadida oʻtkaziladi.
Xalqaro olimpiada anʼanaviy (oflayn) shaklda 2026-yil 25-29-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Olimpiadaning Tashkiliy qo‘mitasi barcha respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari talabalarini va ularning jamoa rahbarlarini olimpiadada ishtirok etish uchun taklif etadi.
Olimpiada ikki turda oʻtkaziladi.
Individual tur. Jamoaviy tur. Bir jamoada 4 nafar ishtirokchi bo‘lishi kerak.
Jamoa tarkibida bakalavr va magistr talabalari qatnashishi mumkin.
Olimpiadaning individual turida ishtirokchilar soni cheklanmagan. Jamoaviy turda esa har bir oliy ta’lim muassasasidan 2 tagacha jamoa ishtirok etishi mumkin.
Olimpiadaning individual va jamoaviy turida matematik taʼlim yo‘nalishi va unga turdosh bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari ishtirok etishi mumkin.
Olimpiadaning rasmiy tili — ingliz tili.
Respublikanmizdagi oliy talim muassasalarining jamoalari uchun mehmonxona va safar xarajatlari yuboruvchi tashkilot tomonidan qoplanadi.
Olimpiadada ishtirok etish uchun ishtirokchilar 2026-yil 18-yanvarga qadar quyida keltirilgan veb-saytdagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. (Agar jamoa aʼzolari individual bosqichda ham ishtirok etmoschi bo‘lsalar, ular alohida, maxsus ko‘rsatilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.)
Olimpiada bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar va eʼlonlar Buxoro davlat universitetining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan:
https://buxdu.uz Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)
Registration for participation in the individual round of the International Mathematical Olympiad
"Group Registration" for the International Mathematical Olympiad
Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish uchun kontaktlar:
Telefon: (+998 97) 305-62-20; (+998 50) 714-39-39.
Elektron pochta: buxdu_rektor@buxdu.uz, u.m.xalikova@buxdu.uz, umidaxalikova87@mail.ru.