February 11

“Rektor stipendiyasi” nomidagi stipendiyani tayinlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

2026-yil uchun

1-bob. Umumiy qoidalar

1.          Mazkur Nizom Buxoro davlat universiteti bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiyani tayinlash tartibini belgilaydi.

2.          Rektor stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorining 2-bandi 7-xatboshisi, Buxoro davlat universiteti Kuzatuv kengashining 2022-yil 21-iyuldagi 4-son bayonining 5-qaroriga muvofiq Buxoro davlat universitetining iqtidorli talaba-yoshlarini ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish maqsadida bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun ta’sis etiladi.

3.          “Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiya universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha ta’lim yo‘nalishlari 2, 3, 4-bosqich bakalavr hamda 2-bosqich magistratura talabalari uchun tayinlanadi va to‘lanadi.

4.          “Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiya kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavrlar uchun 12 ta, magistrlar uchun 3 ta etib tayinlanadi.

5.          Ushbu stipendiya universitetda tahsil olayotgan davrida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan, alohida iqtidori bilan universitet ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan talaba va magistrlarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etildi.

2-bob. Tanlovni o‘tkazish tartibi va baholash mezoni, nizolarni ko‘rib chiqish tartibi

1.          Munosib nomzodlarga maxsus stipendiyani tayinlash, saralash komissiyasining ilmiy-ijodiy ishlarni baholash natijalari hamda test natijalari asosida shakllantirilgan yakuniy bayonnomasi asosida tayinlanadi.

2.          “Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiya tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:

·       ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullangan bo‘lishi;

·       O‘zbekiston tarixini bilishi;

·       chet tilini bilishi — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari, Rektor stipendiyasi, Fitrat stipendiyasi hamda boshqa stipendiyalarga sazovor bo‘lgan talaba va magistrlar tanlovda ishtirok eta olmaydi.

3.  “Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiyaga talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:

·       sinov daftaridan ko‘chirma (transkript);

·       ilmiy rahbarining tavsiyanomasi;

·       fakultet dekanining tavsiyanomasi;

·       ilmiy ishlar ro‘yxati tasdiqlangan holatda;

·       ilmiy-ijodiy ishlarning nusxalari;

·       boshqa yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar.

Barcha hujjatlar elektron va bosma nusxalarda, bosma nusxasi alohida jildga joylangan holda papka yuzida talabgoring F.I.Sh., fakulteti, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim bosqichi, stipendiya nomi va o‘quv yili ko‘rsatilgan holatda 1 nusxada topshirilishi lozim.

9.Baholash mezoni asosida yuqori ball to‘plagan talabgor bakalavr hamda magistrlar qat’iy ketma-ketlikda stipendiyaga da’vogarlik qila oladi.

10.“Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiya sovrindori bo‘lgan talabalar ro‘yxati, saralash komissiyasi qaroriga muvofiq universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

11.Maxsus stipendiya tayinlanishida belgilangan mezonlarga muvofiq talabgorlarning bilim va ijodiy tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida universitet rektorining buyrug‘iga asosan maxsus stipendiyaning saralash komissiyasi tarkibiga ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zining ilmiy maktabini yaratgan, nufuzli olimlardan iborat tanlov komissiyasi tuziladi va uning ish tartibi belgilanadi.

12.Tanlov jarayonlari 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosich – talabgorlarning hujjatlari tanlov komissiyasi tomonidan baholash me’zoni asosida baholanadi.

2-bosich – talabgorlar ilmiy tadqiqot faoliyati, nashr etilgan ilmiy maqollari, ilmiy tadqiqot faoliyatining tajriba-sinov jarayonlari, tajriba-sinov natijalarining tahlillari doirasida taqdimotlarni amalga oshiradilar, komissiya a’zolarining savollariga javob berishi lozim va shunga asosan komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li orqali baholanadi. Bunda har bir a’zoning bahosi muhim hisoblanib, umumiy ball komissiya a’zolari bahosining o‘rta arifmetigi hisoblangan holda chiqariladi.

3-bosqich – O‘zbekiston tarixi, chet tili (ingliz, nemis, fransuz), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan test topshiriqlarini bajaradilar.

13. Talabgorlarning hujjatlari Talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori tomonidan e’londa belgilangan sanalarda qabul qilinadi.

14. Tanlov komissiyasi tomonidan talabgorlarning ilmiy ijodiy ishlari hamda yutuqlari baholash mezoni asosida belgilangan tartibda saralash komissiyasi tomonidan baholanadi.

15. Saralash komissiyasi tomonidan qo‘yilgan ballar bilan bog‘liq e’tirozlar natijalar e’lon qilingan kunning o‘zida (faqat 1 kun davomida, o‘sha kuni soat 17:00 ga qadar) yozma va og‘zaki shaklda qabul qilinadi va boshqa kunlarda bildirilgan e’tirozlar qabul qilinmaydi.

Ishtirokchilar tomonidan bo‘lgan e’tirozlar appelyatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi va murojaat qilgan ishtirokchilarga javob beriladi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan kelib tushgan e’tirozlar o‘rinli deb topilganda apellyatsiya komissiyasi qarori bilan sovrinli o‘rinlar tartibiga ta’sir etishi mumkin va bunday holat kuzatilganda hakamlar hay’ati a’zolariga intizomiy chora belgilanadi.

16. Talabgorlarning taqdimotlari tanlovning saralash komissiyasi tomonidan jarayonning o‘zida baholanadi va talabgorga tanishtiriladi, etirozlar faqatgina jarayonning o‘zida qabul qilinadi. Ushbu jarayonda appelyatsiya mavjud emas.

17.O‘zbekiston tarixi, chet tili, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan test jarayonlari universitetning test markazida uniwork.buxdu.uz platformasi orali o‘tkaziladi. Test jarayonlarida appelyatsiya mavjud emas.

3-bob. Tanlov komissiyasi

18.Tanlov g‘oliblarini aniqlashda xolislik, odillik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tajribali mutaxassislardan iborar tanlov komissiyasi tarkibi tuziladi.

19.Tanlov komissiyasi talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi, darajasi, nufuzini belgilaydi va baholash mezoniga asoslangan holda baholaydi.

20. O‘zbekiston tarixi, chet tili (ingliz, nemis, fransuz), informatika va axborot texnologiyalari fanidan test topshiriqlarini tayyorlash uchun mas’ul shaxslar tayinlanadi va testlar bazasini tayyorlash, test savollarining sifatini ta’minlash, texnik, imloviy xatoliklarning oldini olish, test topshirilarining maxfiyligini saqlash uchun javobgar hisoblanadi. Test jarayonlari boshlanishidan 1 soat oldin testlarni test markazidagi mas’ul shaxsga taqdim etadi.

21.Test natijalari chiqgandan so‘ng ishtirokchilarning umumiy ballari hisoblanadi va yakuniy natija aniqlanadi.

22. Yakuniy natijalarga ko‘ra yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 12 nafar bakalavr hamda 3 nafar magistr talabgorlar qat’iy ketma-ketlikda “Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiya sovrindori hisoblanadi. Agar ballar teng kelib qolsa, qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkaziladi.

23. Tanlovning saralash komissiyasi xulosasi yig‘ilish a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

24.Tanlov saralash komissiyasining qarori “Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiyani tayinlash to‘g‘risidagi rektor buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

4-bob. Stipendiyalarni tayinlash va ularga beriladigan imtiyozlar

25.“Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga “Rektor stipendiyasining sovrindori” maxsus stipendiya sovrindori guvohnomasi tantanali ravishda topshiriladi.

26.“Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiya 2-yanvardan boshlab,
6 (olti) oy davomida belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi.

27.“Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiya miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarorining 2-ilovasida belgilangan nomdor stipendiyalar miqdoriga tenglashtiriladi.

5-bob. Yakuniy qoidalar

28.Talabalarni kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomini va odob-axloqni buzganligi uchun o‘quv yili mobaynida davlat stipendiyalaridan mahrum qilish universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori taqdimnomasiga binoan universitet rektorining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi mumkin.

29.“Rektor stipendiyasi” nomli maxsus stipendiyaga sazovor bo‘lgan nomzodlar navbatdagi tanlov jarayonlarida qayta ishtirok eta olmaydi.

30.Mazkur tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar universitet rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoq sahifalarida doimiy yoritib boriladi.