September 11, 2024

"Yoshlar akademiyasi lideri" tizimini tashkil etish to'g'risida Nizom

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi to‘g‘risida Nizomi

NIZOMSeptember 10, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi to‘g‘risida

NIZOM

1- bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda - Yoshlar akademiyasi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Yoshlar akademiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Yoshlar akademiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda - Vazirlik deb ataladi) hisobot beradi va bo‘ysunadi.

4. Yoshlar akademiyasi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

5. Yoshlar akademiyasi rasmiy nomi:

a) davlat tilida: to‘liq nomi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi;

qisqartirilgan nomi - Yoshlar akademiyasi;

b) rus tilida: to‘liq nomi - Молодежная академия при Министерстве высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан;

qisqartirilgan nomi - Молодежная академия;

c) ingliz tilida: to‘liq nomi - Youth academy under the Ministry of Higher Education, Science and Innovations ofthe Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Youth Academy.

6. Yoshlar akademiyasiga o‘zlarining innovatsion loyihalari, g‘oyalariga ega bo‘lgan 40 yoshdan oshmagan olimlar, tadbirkorlar va iqtidorli yoshlar saralash asosida jamoa shaklida qabul qilinadi. Yoshlar akademiyasi jamoa a’zolari Yoshlar akademiyasi a’zolari hisoblanadi.

“Yoshlar akademiyasi liderlari” tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi

NIZOM

1- bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Yoshlar akademiyasining “Yoshlar akademiyasi liderlari” tizimini (keyingi o‘rinlarda - Yoshlar akademiyasi liderlari) maqomi, asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyati va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.

2. Yoshlar akademiyasi liderlari - Yoshlar akademiyasining a’zolari hisoblanib, ulaming faoliyati Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.

3. Yoshlar akademiyasi liderlari tizimi quyidagilardan iborat:

IV daraja – Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar akademiyasining

fakultet liderlari;

III daraja – Oliy ta’lim muassasalaridagi Yoshlar akademiyasi

liderlari;

II daraja – Hududlardagi Yoshlar akademiyasi liderlari;

I daraja – Yoshlar akademiyasi platformalarining liderlari;

4. Yoshlar akademiyasi liderlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruq va topshiriqlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlarga amal qiladi.

2- bob. Yoshlar akademiyasi liderlarining maqsad va vazifalari

5. Yoshlar akademiyasi liderlarining asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalari va hududlarda Yoshlar akademiyasini targ‘ib qilish, talaba-yoshlami ilmiy-innovatsion sohaga keng jalb qilish, ulami ilmiy-innovatsion g‘oyalari, loyihalari va ishlanmalarini rivojlantirish hamda maqsadli yo‘naltirish, shuningdek, iqtidorli yoshlami, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

6. Yoshlar akademiyasi liderlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar akademiyasining fakultet liderlari:

- Oliy ta’lim muassasalari Fakultetlarida Yoshlar akademiyasi faoliyatini targ‘ib qilish;

- Oliy ta’lim muassasalari miqyosida Yoshlar akademiyasining tanlovlari va tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish;

- Talabalarni ilmiy, startap loyihalarda ishtirok etishga jalb qilish;

- Yoshlar akademiyasining G‘oyalar generatori platformasining targ‘iboti va yoshlami jalb qilish bilan shug‘ullanishga mas’ul hisoblanadi.

Oliy ta’lim muassasalaridagi Yoshlar akademiyasi liderlari:

- Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar akademiyasi faoliyatini targ‘ib qilish;

- Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar akademiyasining fakultet liderlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Oliy ta’lim muassasalari miqyosida Yoshlar akademiyasining tanlovlari va tadbirlarini tashkil etish;

- Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan kelib chiqib, Yoshlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va kreativ takliflar ishlab chiqish;

- Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bilan kelishilgan va Oliy ta’lim muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlami yuqori saviyada tashkil etish;

- Davlat rahbari, Bosh vazir, Administratsiya rahbari va vaziming hududlarga amalga oshiradigan tashriflariga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, o‘z faoliyatidan kelib chiqqan holda hisobotlar va takliflar ishlab chiqish;

- Oliy ta’lim muassasasidagi iqtidorli yoshlarning yagona reestrini shakllantirib, ma’lumotlami doimiy yangilab borish;

- Ilmiy darajalari yoshlar sonini ko‘paytirish maqsadida turli targ‘ibot va amaliy ishlami bajarishga mas’ul hisoblanadi.

Hududlardagi Yoshlar akademiyasi liderlari:

- Hududlarda Yoshlar akademiyasi faoliyatini targ‘ib qilish;

- Hududlarda Yoshlar akademiyasi liderlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Hududlar miqyosida Yoshlar akademiyasining tanlovlari va tadbirlarini tashkil etish;

- Hududlarda mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, Yoshlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va kreativ takliflar ishlab chiqish;

- Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bilan kelishilgan va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish;

- Davlat rahbari, Bosh vazir, Administratsiya rahbari va vaziming hududlarga amalga oshiradigan tashriflariga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, o‘z faoliyatidan kelib chiqqan holda hisobotlar va takliflar ishlab chiqish;

- Hududlardagi iqtidorli yoshlarning yagona reestrini shakllantirib, ma’lumotlami doimiy yangilab borish;

- Hududlardagi Innovatsion tumanlar uchun iqtidorli yoshlar tomonidan takliflar va loyihalar ishlab chiqilishini ta’minlash;

- Hududlarda faoliyat yuritadigan Biznes vakillar va muvafaqqiyatli startapchilami Yoshlar akademiyasiga jalb qilish;

- Hududlarda amalga oshirilayotgan “Bo‘lajak olim” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyihalami va “Akademik harakatchanlik” dasturlari bajarilishini doimiy nazorat qilib borishga mas’ul hisoblanadi.

Yoshlar akademiyasi platformalarining liderlari:

- Yoshlar akademiyasining “G‘oyalar generatorlari”, “Startaplar”, “Biznes vakillari”, “Bo‘lajak akademiklar” platformalarini targ‘ib qilish;

- Yoshlar akademiyasining platformalari bo‘yicha tanlovlar va tadbirlarini tashkil etish;

- Yoshlar akademiyasining platformalari mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, Yoshlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va kreativ takliflar ishlab chiqish;

- Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bilan kelishilgan va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish;

- Platformalar bo‘yicha loyihalar va iqtidorli yoshlaming ro‘yxatini shakllantirish hamda ma’lumotlami doimiy yangilab borish;

- Platformalar yo‘nalishlari bo‘yicha tajribali mutaxassislami Yoshlar akademiyasiga faoliyatiga va tadbirlariga jalb qilish;

Yoshlar akademiyasi assambleyasi:

- Yoshlarning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi asosiy muammolarini aniqlash va uni yechimiga qaratilgan takliflami ishlab chiqish;

- Xalqaro darajadagi Yoshlar akademiyasining tadbirlarini tashkil etish;

- Yoshlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va kreativ takliflar ishlab chiqish va asosiy vazifalami belgilash;

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlarni yuqori saviyada amalga oshirish;

- Davlat rahbari, Bosh vazir, Administratsiya rahbari va vazir ishtirokidagi yig‘ilishlarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, o‘z faoliyatidan kelib chiqqan holda hisobotlar va takliflar ishlab chiqish;

- Respublikadagi iqtidorli yoshlaming yagona reestrini shakllantirib, ma’lumotlami doimiy yangilab borish;

- “Bofiajak olim” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyihalami va “Akademik harakatchanlik” dasturlari bajarilishini doimiy nazorat qilib borish.

3- bob. Yoshlar akademiyasi liderlarining hiiquq va imtiyozlari

7. Yoshlar akademiyasi liderlarining huquq va imtiyozlari quyidagilardan iborat:

Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar akademiyasining fakultet liderlari:

- Oliy ta’lim muassasasida Yoshlar akademiyasi liderligiga nomzod bo‘ladi;

- Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda fakultet nomidan ishtirok etadi;

Oliy ta’lim muassasalaridagi Yoshlar akademiyasi liderlari:

- Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oliy ta’lim muassasalari nomidan ishtirok etadi;

- Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tavfsiyasiga asosan, faoliyat davrining har olti oyida Oliy ta’lim muassasasi mablag‘lari hisobidan bir martalik rag‘batlantiriladi;

- Hududlardagi Yoshlar akademiyasi liderligiga nomzod bofiadi;

- Xorijiy davlatlarga amalga oshiriladigan xizmat safarlari delegatsiyalari tarkibiga kiritiladi;

- Xorijiy davlatlarda ilmiy va o‘quv stajirovkalarini amalga oshirishga nomzodligi kiritiladi;

- Davlat mukofotlari va nishonlariga nomzod hisoblanadi.

Hududlardagi Yoshlar akademiyasi liderlari:

- Yoshlar akademiyasi assambleyasi a’zosi bo‘ladi;

- Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tavfsiyasiga asosan, faoliyat davrining har olti oyida Oliy ta’lim muassasasi mablag‘lari hisobidan bir martalik rag‘batlantiriladi;

- Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda hududlar nomidan ishtirok etadi;

- Xorijiy davlatlarga amalga oshiriladigan xizmat safarlari delegatsiyalari tarkibiga kiritiladi;

- Xorijiy davlatlarda ilmiy va o‘quv stajirovkalarini amalga oshirishga nomzodligi kiritiladi;

- Davlat mukofotlari va nishonlariga asosiy nomzod hisoblanadi.

Yoshlar akademiyasi platformalarining liderlari:

- Yoshlar akademiyasi assambleyasi a’zosi bo‘ladi;

- Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tavfsiyasiga asosan, faoliyat davrining har olti oyida Oliy ta’lim muassasasi mablag‘lari hisobidan bir martalik rag‘batlantiriladi;

- Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda platformalar a’zolari ishtirokini ta’minlaydi;

- Xorijiy davlatlarga amalga oshiriladigan xizmat safarlari delegatsiyalari tarkibiga kiritiladi;

- Xorijiy davlatlarda ilmiy va o‘quv stajirovkalarini amalga oshirishga nomzodligi kiritiladi; - Davlat mukofotlari va nishonlariga asosiy nomzod hisoblanadi.

8. Yoshlar akademiyasi liderlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va topshiriqlari, Yoshlar akademiyasini muvofiqlashtirish bo‘limining topshiriqlari, oliy ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan lokal hujjatlar doirasida faoliyat yuritish, ularda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar akademiyasini muvofiqlashtirish bo‘limining topshiriqlari, oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining Yoshlar akademiyasi liderlarining vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli topshiriqlari va ko‘rsatmalarini bajarish;

- Yoshlar akademiyasini muvofiqlashtirish bo‘limiga hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlami har chorakda taqdim etib borish;

- Yoshlar akademiyasi liderlari uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish;

- Oliy ta’lim muassasasining ilmiy innovatsion tadbirlarini tashkil etish ishlariga ko‘maklashish.

4- bob. Yoshlar akademiyasi liderlarini saylash va bo‘shatish

9. Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar akademiyasining fakultet liderlari, Oliy ta’lim muassasalaridagi Yoshlar akademiyasi liderlari oliy ta’lim muassasalari talabalari orasidan saylanib, Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tavfsiyasiga asosan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.

10. Hududlardagi Yoshlar akademiyasi liderlari Hududlardagi oliy ta’lim muassasalaridagi eng yaxshi natija ko‘rsatgan Yoshlar akademiyasining liderlari orasidan Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tavfsiyasiga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

11. Yoshlar akademiyasi platformalarining liderlari Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tavfsiyasiga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Yoshlar akademiyasi 4 ta platformasi bo‘yicha 2 nafardan lider: 1 nafar mahalliy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar, 1 nafar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar tayinlanadi.

12. Yoshlar akademiyasi liderligiga ko‘rsatilgan nomzodlar:

- 30 (o‘ttiz) yoshdan oshmagan, ilmiy-innovatsion sohada yutuq va natijalarga erishgan, shuningdek, yoshlar bilan ishlash amaliyotiga ega bo‘lishi;

- Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura bosqichlari talabasi bo‘lishi;

- yetakchilik, liderlik qobiliyati, notiqlik mahorati, tashabbuskorlik va fidoyilik xususiyatlariga ega bo‘lishi;

- boshqaruv qobiliyati, tashkilotchilik, jamoat bilan ishlash va ish yuritish bo‘yicha bilim-ko‘nikma hamda muayyan ish tajribasiga ega bo’lishi;

- mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati ilmiy-innovatsion faoliyatga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

13. Yoshlar akademiyasi liderligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish ochiq va oshkora tarzda amalga oshiriladi.

14. Yoshlar akademiyasi liderlari 1 (bir) yil davomida o‘z faoliyatini olib boradi.

15.Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganini yoritib borish mumkin.

4- bob. Yoshlar akademiyasi liderlari faoliyatini moddiy

qo‘llab-quvvatlash

16. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan Yoshlar akademiyasi liderlariga alohida xona, ish stoli va stullar, javonlar, kompyuterlar jamlanmasi, printer, proyektor, ekran, raqamli fotoapparat hamda zaruriy devonxona mahsulotlari bilan ta’minlanadi.

17. Oliy ta’lim muassasasi rahbarlari tavsiyasiga asosan eng faol Yoshlar akademiyasi liderlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi”, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishi mumkin.

18. Yoshlar akademiyasi liderlarining ish rejasida belgilangan chora-tadbirlar oliy ta’lim muassasasining ish rejasiga kiritiladi.

19.0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 59-son qarorining 20-bandiga asosan Yoshlar akademiyasi liderlari Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tavfsiyasiga asosan, faoliyat davrining har olti oyida oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaga nisbatan quyida ko‘rsatilgan:

Oliy ta’lim muassasalaridagi Yoshlar akademiyasi liderlari — 8 barobari;

Hududlardagi Yoshlar akademiyasi liderlari — 10 barobari;

Yoshlar akademiyasi platformalari liderlari — 10 barobari miqdorlarida bir martalik rag‘batlantiriladi.