January 2, 2020

Biznes entsiklopediya - "Aksiya"

Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividendshaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.

Aksiya (frans. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qog‘oz. O‘z egasining aksiyadorlar jamiyati kapi-talida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divi-dend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. Aksiya qimmatli qog‘ozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qog‘ozlar turkumiga kiradi. Aksiya chiqargan jamiyat emmitent, uni sotib olganlar esainvestorlar deb ataladi. Aksiya dastlab emmitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, so‘ngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldisotdi etiladi. Aksiya bevosi-ta emmitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. O‘zbekistonda Aksiya aholiga xu-susyiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va ularga qarashli maxsus maga-zinlarda sotiladi. O‘zbekistonda 1997 yil 5 ta investitsiya fondi ishladi.Aksiya davlat korxonalari aksiyador ja-miyatlarga aylantirilgan chog‘da va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. O‘zbekistondagi Aksiya davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989 yildan boshlab chiqarilgan. Aksiya egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli Aksiyaga bo‘linadi. O‘zbekistonda aholi orasida birinchi turdagi Aksiya tarqalgan. Aksiya oddiy va im-tiyozli turlarga bo‘linadi. Oddiy Aksiya dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta’minlovchi Aksiya; imtiyozli Aksiya dividend oldindan belgilangan, lekin ovoz berish huquqini ta’minlamaydigan Aksiya egasining o‘zida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mac, 1995 yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. so‘mlik aksiyalari saqlandi.

Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi. aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi: 1) mulkiy huquq. 2) nomulkiy huquq. aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari bo'yicha jalb qiladi: 1. Ovoz berish. 2. Kapitalni o'sishi. 3. Qo'shimcha imtiyozlar. 4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi. 5. Mulkka egalik qilish huquqi.