December 22, 2020
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TALABALAR KENGASHI TO'G'RISIDA MA'LUMOT
Tarix fakulteti Tarix(mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi 181-guruh talabasi. Shuningdek, Allanazarov Sirojbek Bekchan o'g'li Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi, odob-axloq komissiyasi raisi. 2020-yil 26-maydagi Prezident Farmoni bilan "Mehr-saxovat" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda "Xorazm vohasining qadimgi va ilk o'rta asrlardagi moddiy va ma'naviy madaniyati tarixi" mavzusida tarix fanlari doktori S.R.Davletov bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 20 ga yaqin ilmiy maqolalari nufuzli jurnallarda nashr etilgan. Shu bilan bir qatorda 2020 -yil Germaniyaning nufuzli nashriyotida "Xorazm madaniyati tarixi" nomli risolasi nashr etilgan. 2020-yil Talabalar Kengashi raisi saylovida eng yuqori ovoz to'plam g'oliblikni qo'lga kiritgan.
Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi. bir necha yillardan buyon fakultet yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritadi. Tengdoshlarini o'ziga ergashtira oladigan, tashabbuskor talaba hisoblanadi. Fakultet va universitet miqiyosidagi barcha madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok qiladi. Iqtidorli talabalarni yuzaga chiqarish va ularni turli tanlovlar va musobaqalarga jalb etishni oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Jismoniy madaniyat fakulteti 195-guruh talabasi. U bugungi kungacha o‘tkazilib kelinayotgan barcha tadbirlar, tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazishda jonbozlik ko'rsatadi. Talabalar tomonidan kelib tushayotgan savollar va murojaatlar bilan ishlashga mas'ul hisoblanadi.
Fizika-matematika fakulteti 2-bosqich talabasi. Hozirgi kunda ta'lim olish bilan bir qatorda IT sihasiga ham qiziqadi. Universitet miqiyosida o'tazilib kelinayotgan loyiha va tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishda faollik ko'rsatib kelmoqda.
Turkmaniston Respublikasi fuqarosi. Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi. Xorijlik talabalar o'rtasida doimiy ravishda turli tanlovlar, musobaqalar tashkil etib keladi. TTJda yashovchi talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida doimiy harakatda bo'ladi. Sport bilan muntazam shug'ullanadi. Turli sport musobalarida faxrli o'rinlarni egallagan.