July 16, 2019

"Togri.uz" axborot saytining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

2019 yil 15 iyul kuni "Poytaxt" Xalqaro biznes markazi Anjumanlari markazida "Togri.uz" axborot saytining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Kechada siyosiy doiralar, xalqaro tashkilotlar, O'zbekiston va xorijning yetakchi ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati vakillari , shuningdek, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi vakillari ham ishtirok etdi. Eslatib o'tamiz, Togri.uz sayti O'zbekiston va dunyoda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy o'zgarishlar haqida uch til- o'zbek, rus va ingliz tillarida xabar uzatadi.