Bad Romance
Bad romance
3 - Bob
'' kutilmagan sovg'a yoxud taqdir xazili ''
Ular mashina tomon ketar ekanlar Jungkookning do'sti men tomonga qarab qarab qo'yardi. Ularning orqasidan qarab qolganimni sezdimu o'zimni qo'lga olib yo'limni davom ettirdim. Bugun kayfiyatimni hech kim buza olmaydi. Ahir odam har kuni ham univesitetda ilk kunini o'tkazavermaydi.
- u kim bo'libdiki menga baqiradi. Bunday odam bu yorug' dunyoga kelgan emas. Hali u bilan uchrashamiz. Buni yuragim sezyapti. Intiqom onlari yaqin. O'shanda ko'raman uning ahvolini ...- Jungkook ayyorona jilmayib qo'ydi.
- Jungkook ahir uni urib o'tishingga oz qoldi... - Taehyung yo'lga qarab hotirjam gapirar ekan Jungkook uning gapini bo'ldi.
- Sen nima deyapsan. O'ylab gapiryapsanmi?. Taehyung qo'ysangchi kechagini o'zing bittasini gumdon qildingku ahir- Jungkook mashinani bir chekkada to'xtatdi.
- U shunga loyiq edi. Ammo hozir ayb senda - Taehyung yana hech nima bo'lmagandek gapini hotirjam davom ettirdi.
- Sen ... Es hushungni yig'ib ol. Bo'ldi Taehyung bu haqida gaplashmadik deb hisoblaymiz - Jungkook mashinani yurgizdi
Universitet
- 1 kurs talabalari orqamdan qolmang. Ko'rib turibsizki universitet katta. Bu yerga moslashguningizga qadar men sizga hamrohlik qilaman ya'ni hamma narsa haqida men bilan maslahatlashasiz. Menga Kim xonim deb murojat qilishingiz mumkin. Hozir esa biz o'qish xonasiga ketyapmiz
Kim xonim bizni o'qish xonasiga olib borarkan, o'z shaxsini hamda o'z vazifasini bizga tushuntirib ketardi. Vanihoyat uzoq kutilgan manzilga yetib keldik. Mening qo'nim topgan joyim deraza yonidagi ohirgi stul bo'ldi. Hozircha hech kim bilan tanishmadm ammo tanishishni ham hohlamasdim. Negadir menga bu hozir kerakmasdek tuyulardi. Shuning uchun yonimdagi stulni hech kim o'tirmasligi uchun o'z joyiga surib qo'ydim. Ammo taasuflar bo'lsinki xonadagi stullar soni talabalar soniga teng ekan. Bir qiz yonimga kelib o'tirdi. Unga sinchkilab qararkanman, juda vaysaqi va quvnoq bo'lib tuyuldi menga. Derazaga yuzimni o'girib, derazaga qarab o'zimni bosishga harakat qildim.
- salom men Miaman - gap boshladi qiz. Bosh silkib qo'yib suxbatni shu joyida to'xtatish niyatim borligi bildirdim. Chamasi uning men bilan gaplashgisi kelardi.Ammo "suxbat"imiz shu yerda chala qoldi. Negaki sinfga o'qituvchi kirib keldi va birinchi dars boshlandi.
(Ovqatlanish tanaffusi)
- Taehyung, ketdik. "Polaponchalar"dan xabar olamiz. Birinchi kundan bu yerning xo'jayin kimligini uqtirib qo'yish kerak ularga - Jungkook Taehyungga gapirish mobaynida o'ziga o'xshagan bezori yugurdaklariga ishora qilib qo'ydi.
- Bunga yo'q demayman- ayyorona jilmaydi Taehyung
Ovqatlanish xonasidan hammadan oldin qaytdim. Xona eshigini ochishim bilan bu yerdagi manzara meni daxshatga soldi. Dars mobaynida yaxshi qatnashib o'zini ko'rsata olgan ko'zoynakli bola uch bolaning qo'lida o'yinchoqqa aylangandi go'yo. Ikkitasi esa menga yuzini o'girib olgancha bamaylixotir ularni kuzatib o'tirar edi. Ikkalasi ham qarab o'tirishdan zerikdi shekkili o'zlari ham o'sha bolaga ketma ket zarb bilan musht tushurishdi. Bir yigit men tomon qaradi. U o'sha edi. Ertalabki mudxish hodisa ko'z o'ngimdan o'ta boshladi. O'sha sovuq nigohlar. Badanim muzlab ketgandek bo'ldi go'yo. Nahotki u bo'lsa. Meni topib kelibdi.
-...sen- uning bu savoli meni biroz tinchlantirdi. Demak bu tasodif. Ammo nega aynan bu yerda - nima meni kuzatib yuribsanmi? - u kinoya aralash kamsitish ohangda gapirar edi - Nahotki shunchalik yoqib qolgan bo'lsam?
- Seni nimang meng yoqishi kerak. Shu sovuq yuzingmi?- uning gaplariga munosib javob qaytarishni boshladim men. Hech qaysisi bunday gapni kutmagandi shekilli biroz jim qolishdi. Jungkook sukunatni buzib gap boshladi.
- nahotki bizni taqdir uchrashtirgan bo'lsa. Naqadar ajoyib " kutilmagan sovg'a". Ammo taqdir sen uchun shavqatsiz ekan - u men tomon salmoqli qadamlar ila yaqinlasha boshladi.
Hozir nima sodir bo'lishini tasavvur qila boshladim. U yonimga keladi. Mening himoyasizligimdan albatta foydalanadi. Xohlaganicha kamsitadi, yerga uradi. Uning qo'lida endi men qo'g'irchoqqa aylansam kerak. Ammo unday bo'lmadi. Shu onda xonaga shoshgancha Kim xonim kirib keldi. Aftidan unga kimdir xabar yetkazgan.
- bu yerda yana nimalar bo'lyapti - bu hol Kim xonimga tanish ko'rinadi hech taajubga tushmadi - Jeon Jungkook yana nimani boshladingiz.
- hech nimani. Shunchaki yangilar bilan tanishib oldik - Jungkook ayyorona jilmayib
- hoziroq xonangizga boringlar. Faqat siz emas Jeon Jungkook. Siz direktor xonasiga.- so'ng Jungkookning savolli nigohiga javoban qo'shib qo'ydi- Ustingizdan shikoyat tushgan. Birinchi kundan
- Yaxshii - negadir quvnoq xitob qildi Jungkook- qani ko'raylikchi yana kimga zararimiz tegibdi- u shunday deya yonimdan o'tib ketayotganida faqat menga eshitiladigan qilib qo'shib qo'ydi - "Jahannam"ga hush kelibsan!