March 22

Bad Romance

Bad Romance 3-bob
"Ortga yo'l yo'q"
Author: Kaiya_Suzuki
Chanel: Epheremal fanfic

- Jeon Jungkook eslaysizmi ohirgi marta qachon mening yonimga maqtov eshitgani kirdingiz?- Direktor iloji boricha Jungkookga Kim xonim yonida muloyim gapirishga harakat qilardi. Agar yolg'iz bo'lganlaridami...
- hech qachon- Jungkook past ovozda gapirar ekan u umuman boshqa insonga aylanib qolgandek edi go'yo
- nega? O'zingizga shu savolni berib ko'rasizmi hech. Nega? Siz o'qish bo'yicha emas bezorilik bo'yicha birinchisiz universitetda- Direktor sokin gapirar edi ammo uning gap ohangini eshitgan tosh ham yorilib ketar edi. Ammo Jungkook bunday muomilaga ko'nikkan edi. Bu ohang unga yoshligidan juda tanish edi
- kechiring, ota. Boshqa qaytarilmaydi- Jungkook boshqa paytda boshqa odam bo'lganda o'z o'rniga o'tkazib qo'yardi ammo u juda yaxshi o'g'il edi otasi oldida.
- Jeon Jungkook sizning o'g'lingizmi?!- Kim xonim hayratdan hayoliga kelgan birinchi savolni shu darajada baland aytdiki uni qabul bo'limidagi kotiba ham eshitdi. Direktor Kim xonimga o'qrayib qaradi xuddi Jungkookning ko'zlari kabi sovuq ko'zlari bilan- bizni yolg'iz qoldiring
Direktor derazaga qaragan ko'yi Kim xonim chiqib ketishini kutdi- men senga hech kimga otang ekanligimni aytma demaganmidim? Endi butun universitet bu haqida xabar topadi
- Mendan shu darajada uyalasizmi- Jungkook birinchi marta otasi oldida ovozini balandlatib gapirdi.
- yo'q - Direktor Jeon og'ir uff tortdi
- ammo gaplaringiz buni tasdiqlamaydi- Jungkook o'sha ohangda davom ettirdi.
- men seni o'z kuching bilan o'qishingni xohlayman mening soyamda emas
- Men esa boshqacha o'ylayman ota. Siz onamning zoti pastligi tufayli mendan or qilasiz- Jungkookning ohirgi gapi janob Jeonni tamoman gangitib qo'ydi. 2 3 daqiqalik og'ir sukunatdan so'ng gap boshladi
- Jungkook, meni tushunding deb o'ylayman. Endi esa o'qish xonasiga bor- Jungkook xonadan chiqqach og'ir o'yga botdi. Onasi haqida qayerdan bilib qoldi ekan. Uning zoti pastligini bilibdi. Demak uni qidirishga tushgan. Jin ursin! Endi yana boshqa yerga yashirish kerak...

Jeon Jungkook

Darslar tugadi. Men xonani hammadan ohirda yolg'iz tark etdim. Universitet yo'laklaridan o'tib borarkanman, o'zimdan katta talabalarning menga qarab, bir biriga meni ko'rsatib gaplashayotganini sezib qoldim
- Jungkook o'ynashmoqchi bo'lgan qiz shu ekanda
- Ha afsus endi u sog' qolmaydi
- o'zining ham dimog'i baland ko'rinadi
- qo'ysangchi bundaylarni qancha ko'rganmiz. Baribr bu ham Jungkookga yengiladi- ularning gaplarini beixtiyor eshitarkanman ertangim haqida o'ylay boshladim. Endi qanday o'qiyman bu yerda. U meni har qadamda kuzatishi mumkin. O'qishimni boshqa joyga ko'chirsammikan? Yo'q unda Jungkook oldida qo'rqoq bo'lib tanilaman. Hh... Nima bo'lsa bo'lar endi. Ortga yo'l yo'q. O'zimni boshqalarning gapini eshitmaslikka olib universitetni tark etdim.

Cha Yun Mi

Oqshom vaqti. Xonamda ertangi kun uchun tayyorgarlik ko'rarkanman pastda eshik zvanoki chalinganin eshitdim. Avvaliga e'tibor bermadim ammo o'sha kimdir bu yerdan ketishni hohlamasdi. Qayta- qayta chalardi. Men sekin pastga tushdim. Kim bo'lishi mumkin. Ota- onam emas. Ular Yaponiyada. O'zim ularni aeroportga kuzatib qo'yganman. Meni yo'qlab keladigan birorta do'stlarim ham yo'q. Eshik tirqichidan qaradim ammo hech zog' ko'rinmasdi.
- kim?- qo'rqa pisa so'radim. Ammo javob o'rniga yana eshik taqqiladi. Eshikni sekin ochdim. Ochdim-u qotib qoldim. Qarshimda Jeon Jungkook turardi. Uning bugungi gaplarini esladim.
- sssenn... mmmeni.. qqaandayy ttopding... - hayratdan ko'zlarimga ishonmasdim
- shu zahar tiling hozir seni tirik qoldirishim uchun menga qanday gaplarni ayta oladi- u shunday deya menga sovuq ko'zlari bilan alamli qaradi. Sekin men tomon yaqinlashardi.
- nnnma? Gggapinggga tttushunnnmayapmmman- butkul esankirab qoldim - mmmenga yaqqqinlashmmma

U gaplarimga parvo qilmadi. Men tomonga borgan sayin yaqinlashardi. Orqaga tisarilib ohirgi manzilga ya'ni devorga suyanib qoldim. Jungkook esa bir zum menga qarab turdida qo'llari bilan yuzimni silay boshladi va bo'ynima kelganda esa meni qattiq bug'di. Menga umuman havo yetishmas edi. Qo'llaridan halos bo'lishga urinarkanman hammasi befoyda ekanini angladim. Uning tanasi oldida men yo'q bb qolganday edim go'yo. So'ng... men ohirgi nafasimni chiqardim...

Qo'rqib tursam o'z xonamda ,o'z o'rnimda yotardim. Hech nima bo'lmagandek edi. Hammasi o'z o'rnida. Hammasi yaxshi. Asta sekin buning tush ekanini tushunib yetdim. Aslida buning hammasi tush ekan. Hayriyat. Hhh... Jungkook meni hatto tushlarimda ham tinch qo'ymaydi. Hayotda undan qo'rqqanim yetmagandek tushda ham undan qo'rqib terlab ketibman. Hali tun, ammo bu tushdan keyin ko'zimga uyqu kelmasdi. Eng yaxshi chora bu dush qabul qilib_ yomon fikrlardan halos bo'lish edi.

Author_kaiya suzuki