Bad romance
BAD ROMANCE
2-bob- ''O'tmish xotiralari bilan yolg'izlikda''
Yo'lda ketarkanmiz, o'zimni yomon seza boshladim. Necha yillardan buyon mendan habar olmay qo'ygan dardim - yurag huruji yana meni bezovta qila boshladi. Bu ahvolda ishlay olishga ko'zim yetmadi.
- Jimin meni uyimga yaqin joyda tashlab qo'y, iltimos - ovozim negadir qaltirab chiqdi
- tinchlikmi o'zi? Boyadan beri ahvoling yomon- Jimin menga xavotirlanib qarab qo'ydi
- ha yaxshiman. Biroz ko'nglim behuzur bo'lyapti. Yaxshi dam olsam o'tib ketar- Jiminning havotiri biroz yo'qolgandek bo'ldi.
- balki shifokorga ko'rinarsan - dedi u qisqa sukunatdan so'ng erkaklarga hos ovozi bilan
- shunchaki dam olishni istayman.
Jimin bilan suhbatimiz shu joyida to'xtadi. Uning mendan havotir olgani yuzidan sezilib turar, ammo hozir bu meni qiziqtirmas edi. Hayollarim faqat bir inson - Kim Taehyung tomon oshiqar edi...
Jungkook xonasida o'tirar ekan birdan hayoliga Soona keldi. Soonadan hali hamon darak yo'qligi g'ashini keltirsa, Yunmi va Jiminning sababsiz ketib qolishi g'azabini qaynatar edi.Soonadan kelgan qo'ng'iroq uning havotirini biroz yengillashtirdi.
- Soona, sevgilim yaxshimisan? - dedi DIREKTOR JEON JUNGKOOK o'ziga yarashmaydigan mayin ovozi bilan.
- Ha Jungkook yaxshiman
- Mening quvnoq Soonamga nima bo'ldi? Ovozing horg'in eshitilyapti
-...(qisqacha: Soona onasiga nima bo'lganini, Yunmining tobi qochganini va hozir ishlay olmasligini, Jiminning esa yo'ldaligini aytdi .Jungkook Soonaning yoniga ish vaqtidan so'ng borishini ma'lum qildi)
Jimin meni universitet yoniga tashlab qo'ydi - uyimga shu yerdan yaqin edi. Universitet deyarli o'zgarmagan. O'sha universitet, o'sha bog', o'sha favvora . Lekin odamlari boshqa boshqa. Uning oldida talabalar to'p bo'lib turar edilar. Men ham bir paytlar shu universitet talabasi edim, huddi u singari..
Seoul national university
[] 7 yil oldin [])
- Vanihoyat men shu universitetning talabasiman. Qancha harakat qildim ahir bu yerga kirish uchun. Yunmi endi avvalgidanda yaxshi o'qishing kerak. Xato qilishga haqqing yo'q - shirin hayollarim ila universitet tomon kelar edim . Yo'lni kesib o'tmoqchi bo'lgan paytim zulmat rangi bo'lmish qora rangli mashina sal qolsa meni urib o'tmoqchi bo'ldi. Boshimni ushlagancha o'tirar ekanman mashinadan tushgan odamning kechirim so'rashini kutardim. Yo'q. Unday bo'lmadi. Qaytanga o'sha odam meni aybdorga chiqarib qo'ydi.
- Ko'z nega berilgan senga hoy! Ehtiyot bo'lmaysanmi . Mayli kechirim so'ray qol seni kechiraman . Lekin bilib qo'y ortiq yo'limdan chiqa ko'rma . Bo'lmasa... - uning gaplarini eshitarkanman ohirgi gaplari dilimga og'ir botdi. Men hali hech kimdan kechirim so'rab, avf tilagan emasman va hech qachon bunday bo'lamaydi. Siz buni kibr deb atashingiz mumkin . Ammo men boshqacha nomlayman. Bu men uchun o'zini qadrini bilishdir.
U gapini ohiriga yetkazmasidan ichimdagi g'azabim yuzaga chiqdi.
- nima bo'lmasa keyingi safar bosib o'tib ketasanmi. Aslida men emas sen kechirim so'rashing kerak - yigit mening bu takabburona gaplarimdan hayron qoldi chog'i biroz jim qoldi. So'ng yonimga yaqinlashdida sekin va tahdidli pichirladi.
- mening kimligimni bilasanmi - u yuzimga qarab sovuq jilmaydi.
- yo'q ammo bilishni ham hohlamayman. Shuni bilamanki sen odam emassan...- u qanday g'azab bilan ko'zlarimga qaragan bo'lsa men ham unga huddi shunday qarab turdim. Agar mashinadan do'sti tushmaganida nima bo'lardi bilmadim.
- Jungkook do'stim bo'ldi o'zingni bos. Asabiylashma. Ahir biz kechikyapmiz - do'stining gapidan bilib oldimki uning ismi Jungkook. Hech qachon bunday ismni eshitmagan ekanman. Yana o'zini katta oladi.
- sen bilan hali uchrashamiz - uning sovuq qarashi yuragimni burdalayotgandek bo'lsada o'zimni kuchli qilib ko'rsatishga harakat qilardim.
- shu yuzingni boshqa ko'rmayman deb umid qilaman - dedim bor ovozim bilan. Jungkookning do'sti uni mashina tomon yetaklab bordi. Mashina ko'zdan g'oyib bo'ldi. Menga Jungkookning gaplari og'ir botdi. Lekin ertalabki kayfiyatimga zig'ircha ham soya solmadi...