February 6

Bad Romance

BAD ROMANCE
1- bob - " Xotiralar abadiy "
Bugun ishga kechikib keldim. O'z xonamga kirar ekanman hamkasbim va xonadoshim bo'lmish Soonaning bugun kelmaganini payqadim. Qiziq , u hech qachon kech qolmasdi. Endigina ish stolimga joylashib ishimni boshlamoqchi bo'lib turar ekanman birdan ishxonam telefonidan qo'ng'iroq bo'ldi. Telefon ekronida esa katta xarflar bilan " DIREKTOR JEON " yozuvi.
- Eshitaman janob - Hozir gap eshitishimni sezdim - u yuragimni vahima bosdi. Har qanday xodimni uning ko'rinishi u yoqda tursin ovozi ham vahimaga sola olardi.
- Hoziroq xonamga kiring - uning ovozi biroz yumshagandek edi. Yengil " ux tortar ekanman qo'ng'iroqni yakunladim.
Aslini olib qaraganda direktorning xonasiga ko'p bora kirganman ammo har safar kirganimda bir surat doim mening e'tiborimni tortadi. Bu kuda g'alati surat...Suratdagi jonzot na odamga va na qaysidir hayvonga o'xshaydi. Janob Jeonning yuqori didi bilan bezatilgan bu xonada aynan manashu rasm ortiqchadek. Doimgidek bu suratga qarab qoldim. Buni sezgan janob Jeon ma'noli tomoq qirib qo'ydi. O'zimga kelishimga bu kifoyalik qildi.
- Hayrli kun janob - uning sovuq qarashidan dovdirab qoldim. Men adashdim chog'i , u yumshagan emas. U doim manashu sovuq qarashi ishchilarni o'z o'rniga o'tkazib qo'yish mahoratiga ega.
U yana bir bor tomoq qirib gap boshladi

Kecha sizga bergan topshiriqlarni hal qildingiz deb o'ylayman - kinoya qilishni ham unutmasdan gapini davom etishga chog'landi u.
- ha, hammasini tayyor qildim - uning keyingi maruzasidan qutulib qolish uchun tezda javob qaytardim. Ishchilarni yerga urushni yoqtiruvchi bu boshliqning kamsitishlariga boshqalar chidasa ham men chiday olmayman. Mening yakkamaxovligim bunga yo'l qo'ymaydi ! Janob Jeon mening ishimni ko'zdan kechirar ekan hayolimda faqat bir so'z aylanardi " Nima bo'lganda ham unga yoqsin ishqilib ! Shuncha mehnatimni havoga sovurma , iltimos sendan janob Jungkook "
- Yaxshi - qisqa maqtov bilan kifoyalandi u - Soona hali kelmadimi?
- Yo'q , unga habar yozmoqchi edim... - janob Jeon va Soonaning ishqiy munosabatda ekanligini juda yaxshi bilar edim. Yuzimga yugurgan tabassumni yashirishga urunib janob Jeonning javobini kuta boshladim.
- Menga keyin habar bering - uning xonasidan chiqib barobarida yana o'sha suratga ko'zim tushdi. U baribir g'alati.
Xonani tar etishim bilan qilgan birinchi ishim va'damga muvofiq Soonaning habarini olish bo'ldi. Birinchi urinish va u go'shakni ko'tardi.
- Soona? Nega ishga kelmading ? - dugonamga aylangan bu hamkasbim qo'ng'iroqga doim tez javob berar va gapni doim o'zi boshlardi. Ammo bu safar negadir unday bo'lmadi.
- Yo'q - u yolg'on gapirishga qodir emasligini juda yaxshi bilaman. Endi u haqidagi havotirim yanada oshdi.
- Soona, nima bo'ldi senga? - savolim unga tushunarli bo'lmadi shekilli u uzoq o'ylandi - gapirsangchi
- Qayerga ketyapsan, hozir kelgan bo'lsang - lablarida keng tabassum bilan kinoya bilan gap boshladi Jimin
- Soonaning onasi vafot etibdi - ovozimni pasaytirib ma'lum qildim - men uning yonida bo'lishim kerak
- Shoshma men ham birga boraman. Bu mening hamkasblik burchim har holda - uning qiyofasi birdan o'zgardi. U doim hammaga xursandchilik ulashuvchi bo'lsada eng yaxshi hamdardhamdir.
Odam dunyoga keladi. Yashash uchun katta va ko'zga ko'rinadigan uylar quradi. O'zining qulayligi uchun barcha - barchasini qiladi. Lekin vafot etganidan so'ng boradigan yagona manzili shu zah, torgina tobut bo'ladi. Barcha to'plagan boyliklari na unga issiqlik va na ixchamlik bera oladi . "
- Soona axvoling yaxshimi ? - uning axvolini ko'rib turardim. Ko'zladi qizarib, gapirishga majoli ham qolmagan Soona o'zini batamom yo'qotib qo'ygandi.
- Yunmi, oyim ... - u ortiqcha hech narsa deya olmadi.
- Bo'ldi o'zingni bosib ol men sen bilanman. - Soonani yupatarkanman, uning yuzidagi sho'x tabassumi , porlab turadigan olovmisol ko'zlari so'lib qolganiga guvoh bo'ldim. U xuddi kasal odamdek bo'lib qolgandi.
Dafn marosimi tigagandan so'ng bu yefni tark etishni shu qadar hohlab qolgan edimki ammo qandaydir kuch meni boshqa bir tomonga yo'naltirishga majbur qilayotgamdek edi. Men o'sha tomonga qarab qotib qoldim. Lablarim bir maromda titrar , gapirishga so'z topa olmay qolgandim. Xotiralar eshigi ochildiyu men uchun qachonlardir dunyodagi eng suyukli inson bo'lgan , butun vujudim bilan sevgan insonning men bilan o'tgan xotiralarini eslay boshladim. Har bir shirin lahzalar ko'z o'ngimdan shu qadar tezlikda o'ta boshladiki birdan tanamdan mador keta boshladi. Boshim aylanar lablarimdan esa uning ismi otilib chiqdi. " Kim Taehyung ". O'zimga kelganimda esa meni ushlab turgan Jiminni ko'rdim.
- Yaxshimisan ? - Uning savoliga bosh irg'ab javob berar ekanman qabristondan tezroq chiqib ketishni xoxlab katta qadamlar tashlay boshladim
" Kim ekan u Kim Taehyung ? "