March 25

I Can't Tell You🔕 by astra🎀

I Can't Tell You🔕 4 qism

Va ular jungkookni shaxsiy uyiga yetib kelishadi

Jk: yura olasanmi yoki yordam kerakmi?

V: ko'tarin olish shart emas lekin yordamlash

Jungkook xo'rsinib mashinadan tushadi va u uchun mashina eshigini ochadi qo'lini cho'zadi V sekin uni qo'lini ushlaydi va mashinadan chiqadi va ular ichkariga kirishadi va yashash xonasidagi kravatga o'tirishadi

Jk: ovqatlanasanmi

V: ha qornim och

Jk : men kechki ovqat tayyorleman

Jungkook oshxonaga kiradi V esa shunchaki yotadi

V pov: o'zi qochadi yana o'zi yaqinlashadi nima bo'lyotganini tushunishim kerak...

Jungkook oshxonada V uchun issiq taom tayyorlashni boshlaydi

Jungkook oshxonada ovqat tayyorlash bilan band edi. U stol ustidagi idishlarni tartib bilan joylashtirib, ehtiyotkorlik bilan pichoqni ishlatar, har bir harakati aniq edi. Oshxona ichida sokinlik hukm surardi faqat pechkaning mayin ovozi va pichoqning taxtaga urilishi eshitilib turardi.

V esa yashash xonasidagi divanda yotgancha shiftga tikilib, o‘ylari bilan yolg'iz. U bugun juda charchagan lekin yuragidagi g‘alati hissiyotlar uni tinch qo‘ymasdi. "Nega u bunchalik yaxshi muomala qilayapti? Axir mendan qochyotgan edi…" Jungkookning harakatlari, uning unga bo‘lgan munosabati tobora chalkashlashib borardi.

Oshxonadan iliq hid tarala boshladi. V chuqur nafas olib, o‘zini o‘nglashga urindi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Jungkook qo‘lida kosa ko‘tarib, yashash xonasiga chiqdi. U stolda o‘tirib, Vga qarab qo‘ydi.

Jk: Tura olasanmi yoki o‘zing kelasanmi?

V boshini unga burdi. Jungkookning ovozi odatdagidek sovuq emasdi,
aksincha xotirjam va befarq ohangda edi

Jk:O‘tir, ovqat tayyor

dedi yana u.

V hech nima demasdan asta o‘rnidan turdi va stol yoniga kelib o‘tirdi. Oldidagi taomga qarab, yengil xo‘rsindi. Uning juda och qolgani aniq edi, lekin hozir Jungkook tayyorlagan ovqatni maqtash unga og‘ir tuyuldi. Shunchaki qoshiqni olib asta luqma oldi va og‘ziga soldi.

Bir zum ichida ko‘zlari kattalashdi.

V: Bu… juda mazali

dedi u beixtiyor.

Jungkook esa unga qarab yengil kulib qo‘ydi.

Jk: Yoqsa yana olib kelishim mumkin

dedi u xotirjam ohangda.

V unga qaradi. U hech qachon Jungkookni bunday ko‘rinishda ko‘rmagan edi. Bu shunchaki oddiy mehmondo‘stlikmidi yoki orqasida nimadir bor edi?

V:Nega bunday qilasan?

so‘radi u birdan.

Jungkook qoshiqni likopchaga qo‘ydi va unga qiziqib tikildi.

Jk: Nima uchun deb so‘rayapsan?

V: Bilmayman…

V yuzini chetga burdi

V: Sen ba’zida juda sovuqsan, ba’zida esa… shunday mehribon…

Jungkook bir muddat unga javob bermay qarab turdi keyin esa stuldan turib oshxona tomon yurdi.

Jk : Balki men ham o‘zimni tushunmayotgandirman

dedi u sokin ovozda.

V unga qarab qoldi. Jungkookning orqasida qandaydir sir borligini aniq his qilardi. Ammo bu sirni ochish unga qanchalik qimmatga tushishini hozircha tasavvur ham qila olmasdi…

Oradan bir necha daqiqa o'tadi ular alohida xonalarga kirib ketadi uxlash uchun

Tungi sokinlik butun uy ichiga singib ketgan edi Xonalar qorong‘ulik ichida jimjit turar faqat tashqaridagi chiroqlar derazadan tushib yorug‘lik taratar edi

Jungkook yotoqga yotdi lekin ko‘zlarini yumsa ham uxlay olmadi Qanchalik harakat qilmasin fikrlari tinchlanmas ongida faqat bitta narsa aylanardi V

U boshqa xonada allaqachon uyquga ketgan bo‘lsa kerak. Xonasidan hech qanday shovqin eshitilmayapti Jungkook chuqur nafas oldi va asta o‘rnidan turdi Yuragi tez urayotganini his qildi

Qadamlarini sekin bosib u V uxlayotgan xonaga yaqinlashdi Eshik biroz ochiq qolgan edi Jungkook ichkariga bir qarab qo‘ydi Xona sokin faqat to‘shakda yotgan Vning tinch nafas olishi eshitilib turardi

Jungkook ichkariga qadam tashladi. Harakati sekin hech qanday shovqinsiz edi. U to‘shak yonida to‘xtadi va pastga Vga qaradi.

V yotgan holda nafas olayotganda yuzidagi sokinlik unga boshqacha ko‘rindi Kunduzgi injiqliklari har doim hazillashib bo‘lsa ham kesatib gapirishi hozir ularning hech biri yo‘q edi.Faqat tinch charchagan yuz

Jungkook sekin pastga egilib uni yaqinroq kuzata boshladi Uning sochlari biroz tarqab yotardi lablari yengil ochiq nafas olishi esa juda sekin edi

Qo‘llarini bo‘sh holda yoniga tushirdi lekin yuragi qattiq urayotgan edi. Ich-ichidan qandaydir his uni oldinga undayotgandi

"Uyg‘otib yubormasam bo‘ldi…"

Jungkook beixtiyor qo‘lini ko‘tardi. Vning yelkasiga tegishga shunchalik yaqin ediki barmoqlari deyarli tegib ketay dedi. U Vning iliqligini tinch uyqusini his qilishni xohlardi Ammo ayni damda ichida qandaydir noaniq tuyg‘u bor edi.

Jungkook bir necha daqiqa shunchaki Vga tikilib turdi. Yuragi tez urar, butun vujudi titragandek edi. U Vning xotirjam, tinch uxlab yotgan qiyofasiga termularkan yuragidagi tuyg‘ularni tushunishga harakat qildi

Jungkook yana sekin qo‘lini cho‘zdi. Barmoqlari Vning yelkasi ustiga qo'ydi Iliq teri ostida yurak urishi sezilayotgandek edi. V hech qanday harakat qilmadi Jungkook shunday ham bo‘lishini bilardi u qattiq uyquda edi.

Bu esa unga jur’at berdi Jungkook sekin yoniga o‘tirdi Vning tinch nafas olishini eshitib qandaydir g‘alati xotirjamlik his qildi. U sekin yonboshladi vujudi Vning tanasiga tegdi Yelkalari bir-biriga tekkanida yuragi birdan tezlashib ketdi lekin V hech narsa sezmagandek uyqusini davom ettirdi

"Shunchaki shu yerda bo‘lishni xohlayman..."

Jungkook ko‘zlarini yumib asta qo‘lini Vning ustidan o‘tkazdi. Boshida ikkilanib turgan bo‘lsa-da oxiri uni ortidan ohista quchoqladi. Vning beliga qo‘lini qo‘yib yuzini sochlari orasiga yashirdi

Iliq nafas Vning bo‘yniga urilardi U shunchalar yaqin ediki har bir yurak urishini his qilardi V esa hali ham uyg‘onmagan edi.

Jungkook biroz qotib qoldi Boshida qo‘lini tortib olishni o‘yladi lekin Vning tanasidan taralayotgan iliqlik uni o‘ziga tortardi.

"Bu noto‘g‘ri bo‘lsa ham... hozir shunchaki shu yerda bo‘lishni istayman."

U ko‘zlarini yumdi va asta nafas oldi. Boshqa hech narsa muhim emasdek edi. Faqat shu lahza, faqat Vning yaqinligi... Shu bilan Jungkook ham sekin uxlab qoldi.

Tong

V asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Ko‘chadan kirib kelayotgan tonggi yorug‘lik xonani biroz yoritib turardi. U hali ham yarim uyqu holatida edi lekin nimadir g‘alati ekanligini his qildi

Qimirlamoqchi bo‘ldi lekin uning tanasiga nimadir bosilib turgandek tuyuldi Ko‘zlarini to‘liq ochib, yonida kimdir borligini anglab yetdi Bu — Jungkook edi.

U Vning ortidan yotgancha qo‘lini beliga tashlab tinch uyquda edi Nafasi Vning bo‘yniga ohista urilib turardi.

Vning yuragi bir zumga to‘xtagandek bo‘ldi U nima qilishini bilmay qotib qoldi. "Bu qanday ahvol? Qachon bu yerga keldi?.."

V asta-sekin boshini burdi Jungkookning yuziga tikildi. U shunchalar osoyishta uxlardi yuzida hech qanday g‘amginlik yoki keskinlik yo‘q edi.

V uning qo‘lini o‘zidan asta chiqarishga urindi lekin Jungkook tushida qimirlay boshladi va yana kuchliroq siqdi.

Jk: mmmm…

Jungkook yengil ingradi lekin uyg‘onmadi.

V biroz sarosimaga tushdi Bir tomondan Jungkookning iliqligi uni ajablantirayotgan bo‘lsa ikkinchi tomondan qandaydir tushunarsiz begona hislar ichini kemirayotgandek edi.

V pov: Agar uyg‘otsa nima deydi?.. Qanday tushuntiradi?.."

U bir necha daqiqa hech narsa qilmay, shunchaki yotdi. Jungkookning yurak urishi yaqin masofadan ham eshitilib turardi.

V: Men hali ham o‘rnimdan turmadim... Nega?"

V shunday o‘ylab turarkan, o‘zini tushunishga harakat qildi. Shu payt Jungkook yana harakat qilib yengil xo‘rsindi.

U sekin uyg‘onayotgandek edi. V esa yuragi tez uradi nima qilishini bilmay turardi...

Jungkook sekin qimirlay boshladi. V esa harakatsiz yotd yuragi esa qattiq urardi. Bir lahzaga Jungkookning ushlagan qo‘li biroz bo‘shashgandek bo‘ldi lekin u butunlay qo‘yib yubormadi.

Jungkook chindan ham uyg‘onayotgandi U biroz ingradi va qattiqroq nafas oldi. V uning og‘ir nafasini bo‘ynida his qildi.

Jungkook asta ko‘zlarini ochdi. Bir necha soniya tush bilan haqiqat o‘rtasida qoldi so‘ng birdan hushyor tortdi. Oldida V yotardi Yonida Juda yaqin

V ko‘zlarini yumib olgancha qimirlamasdi. Lekin Jungkook uning uyg‘oq ekanligini sezdi U sekin boshi bilan Vning bo‘yniga yaqinlashdi va pichirladi:

Jk: Uyg‘dinmi?

V hech narsa demadi. U o‘zini uxlayotgandek ko‘rsatishga harakat qildi Lekin Jungkook uning yelkasiga engil tegib qo‘ydi.

Jk: Ko‘zlaringni och V Bilaman uyg‘oqsan

V sekin ko‘zlarini ochdi. U hech narsa deya olmadi, chunki Jungkook unga qattiqroq tikilayotgan edi.

Bir necha lahzaga ular shunchaki jim bo‘lib turishdi. Xonada faqat Jungkookning chuqur nafas olishi eshitilardi

V oxiri harakat qilib Jungkookning qo‘lini o‘zidan asta chiqarib olishga urindi Lekin Jungkook buni sezdi va uning bilagini yanada mahkamroq ushladi

Jk: Shoshilma Shunchaki yot

Vning yuragi yana tez ura boshladi Jungkookning ovozi past va jiddiy edi U bunday vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olmasdi

V: Jungkook...

V uning qo‘lini asta chiqarishga harakat qildi

Lekin Jungkook uni qo‘yib yubormadi. U bir lahzaga Vning ko‘zlariga tikildi keyin esa yuzini yaqinlashtirdi...

Jungkook bir necha lahzaga jim qoldi Uning ko‘zlari jiddiy va aniq qarardi V esa nima bo‘layotganini tushunmay yuragi tez urardi.

Jungkook birdan asta pichirladi:

Jk: Men seni sevaman, V.

V beixtiyor nafasini ichiga tortdi. Uning miyasi bu so‘zlarni hazm qilishga ulgurmadi U shunchaki Jungkookning ko‘zlariga tikilib qoldi.

V: Sen... Nima?

u shokka tushgancha sekin ovozda gapirdi

Jungkook esa hech ikkilanmasdan yana takrorladi:

Jk: Men seni sevaman.

V yuragi yana tez urishni boshladi. U bunga ishonmadi Yo‘q, ishonishni xohlamadi Jungkook shunchaki shunday deb qo‘ya qolayaptidek tuyuldi unga Lekin uning nigohidagi qat’iyat ovozidagi ishonch Vning ichidagi barcha shubhalarni yo‘qqa chiqardi.

Jungkook unga yaqinlashdi. V esa qotib qoldi. U hatto qimirlay olmadi. Keyingi daqiqada esa Jungkook Vning lablaridan asta bo‘sa oldi.

Bu butunlay kutilmagan edi. V ko‘zlarini katta ochgancha bir lahza harakatsiz qoldi. Yuragi qafasdan chiqib ketadigandek urardi. Jungkook esa uni sekin bo‘sa olayotgan edi

Ammo bir necha soniya ichida V o‘ziga keldi U birdan Jungkookni kuch bilan o‘zidan itarib yubordi

V: Sen... Nima qilyapsan?!

V uning ustiga baqirdi. Nafasi ichiga tiqilib qolgandi.

Jungkook uning reaktsiyasini kuzatdi. Keyin esa sekin jilmayib qo‘ydi

Jk: Men allaqachon aytdim V Seni sevaman va buni yashirmayman

V esa nima deyishini bilmay qoldi Jungkookning bu so‘zlari uning butun olamini ag‘dar-to‘ntar qilib yuborgandi...

By_astra ✨🎀