March 31

"His to Control" by_astra 🎀

His to Control 1 qism🤏

Jimin bolaligidan oddiy hayot kechirgan. Uning oilasi o'rtahol edi juda boy ham emas juda kambag'al ham emas Lekin bu oilaning sevimli farzandi endi

Har kuni ertalab u onasining pishirgan shirin taomi hidi bilan uyg‘onardi otasi esa har doimgidek ishga shoshilardi. Jimin hech qachon ortiqcha narsalarni orzu qilmagan chunki bor narsasi unga yetardi. Faqat… u xohlagan hamma narsani ham ololmasdi. Masalan u yaxshi universitetda o‘qishni orzu qilardi lekin pul yo‘qligi sabab bu imkoniyatdan mahrum edi

U 18 yoshga to‘lganida hayoti o‘zgara boshladi. Bir kuni u kechqurun tasodifan ota-onasining gaplashayotganini eshitib qoldi. Ular past ovozda gaplashayotgan lekin Jiminga bu g‘alati tuyuldi. Ichida qandaydir yomon his uyg‘ondi.

Mom: Biz uni endi haqiqatni bilishi kerak deb o‘ylaymizmi?

Onasi shivirladi

Dad: Yo‘q u bu haqda bilmasligi kerak. U bizning o‘g‘limiz.

Jiminning yuragi tez ura boshladi. "Bu haqda bilmasligi kerak?" Bu nimani anglatadi? U qiziqib suhbatni tinglashda davom etdi

Mom: Axir u bizning farzandimiz emas

onasining ovozi titrab chiqdi

Mom: Biz uni ko‘chadan topib olganmiz… Uning haqiqiy oilasi boshqa…

Jimin xonasi oldida qotib qoldi. Yuragi shunday qattiq urardiki hatto butun tanasini qamrab olganini his qildi. Nafas olish qiyinlashdi.

Jimin pov: "Men… ularning farzandi emasmanmi?"

Bu xabar unga shunchalik kuchli zarba bo‘ldi ki u hatto o‘zini qanday his qilishni ham bilmasdi. U qayerdan kelgan? Uning haqiqiy oilasi kim? Nega uni tashlab ketishgan? U hech qachon bu haqda o‘ylamagandi. O‘zini har doim shu oilaning bir qismi deb bilgan.

Shu kecha u yotog‘iga borib ko‘rpaga o‘ralgancha jim yig‘ladi. U yuragini ezayotgan tuyg‘ularni hech kim bilan bo‘lisha olmasdi. Ota-onasi uni sevardi shuni bilardi… lekin baribir ichidagi bo‘shliq hech qachon to‘lganday tuyulmasdi.

Oradan bir oy o‘tdi. Jimin bu sirni hech kimga bildirmaslikka harakat qildi. O‘zini odatdagidek tutdi har kuni eski hayotini davom ettirdi. Lekin ichidan nimadir sinib bo‘lgandi.

Bir kuni kechqurun u uyga qaytarkan uydan g‘alati shovqinlar eshitildi. Eshikni ohista ochdi va onasining yig‘isini eshitdi. Xonada bir nechta notanish erkaklar bor edi. Ularning o‘rtasida esa bitta odam… Jimin unga qaradi va yuragi yana qattiq ura boshladi.

Bu odam juda boy va kuchli ko‘rinardi. Uning qora kostyumi sovuq nigohi va hech qanday hissiyot bildirmaydigan yuzi Jiminga qo‘rqinchli tuyuldi.

Lekin eng dahshatlisi…

Bu odam Jiminga qarab turardi.

Va keyin gaprdi :

O: Jimin… men sening otangman.

Jimin oyoqlari titraydi . Hamma narsa to‘satdan teskari aylanib ketdi. U hozir tush ko‘rayotganday edi.

Jimin pov: Bu hazil bo‘lishi kerak… Yo‘q, bu rost bo‘lishi mumkin emas

Lekin bu haqiqat edi.

Jimin otasining og‘zidan chiqqan so‘zlarga ishonishni istamasdi. Yuragi g‘azab, qo‘rquv va hayratga to‘ldi

J: Yo‘q… bu mumkin emas

uning ovozi titrab chiqdi.

J: Mening o'z otam bor.

U ortiga qadam tashladi lekin otasi ham unga yaqin qadam tashladi.

O: Sen bizga tegishlisan

U qattiq va sovuq ovozda

O: Men seni qonuniy farzandim sifatida tan olish uchun keldim.

Jimin boshini chayqadi nafas olish qiyinlashayotganini his qildi.

J: Men sizni tanimayman!

Jimin baqirdi

J: Siz mendan necha yil uzoqda bo‘ldingiz? Nega endi keldingiz?

Onasi yig‘lashdan to‘xtamadi otasi esa hech qanday mehr ko‘rsatmasdan sovuqqina qarab turardi. U o‘z so‘zlarini aniq va keskin aytdi:

O: Chunki endi sen o‘sha qashshoq hayotda yashay olmaysan. Men sening otangman.

Jimin atrofga qaradi xonada bir nechta qo‘riqchilar bor edi. Ularning nigohlari jim, lekin tajovuzkor edi. Jimin bu odamni tanimasa ham uning kimligi aniq edi u faqat oddiy odam emas balki kuchli va sirli odam edi.

J: Men siz bilan ketmayman

Otasi chuqur xo‘rsindi. Keyin og‘ir bir harakat bilan qo‘riqchilarga qarab ishora qildi.

O: Afsus… Lekin bu sening tanloving emas.

Jiminning yuragi yorilib ketganday bo‘ldi. U ortga qadam tadhladi lekin kuchli qo‘llar uni mahkam ushlab oldi.

J: Yo‘q! Qo‘yib yuboring meni! Men ketmayman!

u tipirchiladi lekin qarshilik foydasiz edi. Qo‘riqchilar uni osongina ushlashdi.

Onasi ko‘z yosh to‘kib otasiga qaradi.

Mom: Iltimos… unga ozgina vaqt bering…

Lekin u indamadi. U faqat Jiminga sovuq nigoh bilan qaradi va shunday dedi:

O:Hayoting endi o‘zgardi Jimin.

Shundan keyin esa uydan olib chiqib ketishdi.

Jiminga esa faqatgina qichqirish va ko‘z yosh to‘kishni davom etdi ...

Jimin mashinada jim o'tirdi. Endi u tinchlangand lekin yuragida minglab savollar aylanardi. Mashina boylik boylik hissini beruvchi ulkan temir darvoza oldida to‘xtadi. Darvoza og‘ir ovoz bilan ochildi va ularning qarshisida hashamatli qasrni ko'rdi

Jimin og‘zini ochdi. Bunday manzarani faqat filmlarda ko‘rgandi. Uzoq hovli marmardan ishlangan zinapoyalar, hashamatli chiroqlar… Bularning barchasi unga tushga o‘xshardi

Mashina eshigi ochildi. Qo‘riqchilar undan tushishini kutayotgan edi. Jimin chuqur nafas olib, sekin pastga tushdi. Atrofga qararkan u hali ham o‘ziga kela olmasdi.

Jimin pov: Bu… mening uyim emas. Bu yer menga begona.

U qadam tashlar ekan yuragi shiddat bilan urardi. eshik ochildi ichkaridan hamma narsa yanada hashamatliroq edi. Katta chiroqlar , gilamlar, go'zal mebellar…

Jimin otasiga tikildi.

Jimin pov : Bu odam… shunchalik boy bo‘lsa, nega uni tashlab ketgan? Nega shunday hayotga ega bo‘la turib, o‘z farzandidan voz kechgan?

Jimin lablarini mahkam tishladi. Uning miyasi shunchalik savollarga to‘lib ketgandiki yuragi og‘rirdi.

Jimin pov: Agar u meni shu yerda o‘stirganida, hayotim qanday bo‘lardi? Men hech qachon qashshoqlik nimaligini bilmasdim… Hech qachon qiynalmasdim…"

Ammo bu o‘ylar unga nafratlanishga olib kelar edi . U shu boylikni emas ota-onasining mehrini xohlagandi. Va u endi hammasini yo‘qotdi.

Otasi unga qarab sekin gapirdi:

O: Bu endi sening uying. O‘z xonang bor xohlaganingni qilishing mumkin.

Jimin uning sovuq nigohiga tikildi.

Jimin pov: Sen meni tashlab ketgan bo‘lsang, nega endi qaytarib olding?

Lekin bu savolni hali berishga tayyor emasdi.

Jimin new hause ✨

Jimin otasining ortidan ergashib yashash xonasiga kirdi. Ichkariga kirishi bilan uni hashamat va dabdaba qarshi oldi. Baland shiftlar qimmatbaho qandillar nafis gilamlar... Ammo Jiminning nigohi bu buyumlarga emas balki xonadagi insonlarga qaratildi.

O‘rtada jozibali kiyingan ayol o‘tirardi. Uning yuzida samimiy tabassum bor edi. Ammo Jiminning e’tiborini tortgan narsa bu emas edi. Uning nigohi sekin boshqa odamga – stulga beparvolik bilan suyangan nigohini sovuq qilib Jiminga qadagan yigitga qaratildi.

Bu – Yoongi edi.

Yoongi jim turar unga g‘ayrioddiy sirli nigoh bilan qarardi. Uning yuzi hech qanday hissiyot bildirmasdi Ammo Jimin uning ko‘zlarida nimadir qorong‘u, bezovta qiladigan ifodani ko‘rdi.

Otasi qattiq ovoz bilan gap boshladi:

O: Jimin, bu mening rafiqam – Sen He, va bu esa o‘g‘lim Yoongi.

Ayol Jiminga iliqlik bilan kulib qaradi va o‘rnidan turdi. U asta yoniga kelib yelkasiga ohista tegdi:

S: Jimin, seni bu yerda ko‘rganimdan xursandman. O‘zingni erkin his qil bu uy endi seniki ham.

Bu so'zlar Jimin uchun yoqimli edi bunday so‘zlar, lekin ichki noqulaylik baribir ketmadi. U muloyim tabassum qilib sekin bosh irg‘adi.

Ammo Yoongi… U hech narsa demadi.

Jimin beixtiyor unga qaradi. Yoongi unga sekin tikildi. Uning nigohi g‘alati edi shunchaki sovuq emas balki nimagadir zulmatli qorong‘u... go‘yo Jiminni teshgudek. Jimin nimagadir yuragida noqulaylik his qildi.

Otasi sal dag‘dag‘a bilan gapirdi:

Yoongi bu sening ukang. Tanishmaysanmi

Yoongi xotirjam jilmaydi. Lekin bu jilmayishda iliqlik yo‘q edi. U asta o‘rnidan turdi va Jiminga yaqinlashdi. Sekin-sekin qadam tashlab, u bilan deyarli bir qarich masofada to‘xtadi. Jiminning yuragi tez ura boshladi.

Yoongi ohista ovozda gapirdi:

Yg: Ukam?

U kulimsiradi lekin bu kulgi kinoya edi. Uning nigohi Jiminning ko‘zlariga qadaldi

Yg: Biz faqat bir odamning spermasidanmiz xolos. Bu bizni aka-uka qilmaydi.

Jiminning nafasi ichiga tushib ketdi. Yoongining ovozida nimadir g‘alati, xavotirli ohang bor edi. U yigitning nigohidan qochmoqchi bo‘ldi lekin Yoongi undan ko‘z uzmasdi.

Jiminning yuragi g‘ash bo‘ldi.

J: Men…

U nimadir demoqchi bo‘ldi lekin Yoongi unga yana bir sovuq qarash bilan to‘xtatdi.

Yg: Umuman olganda men sen kutgan odam emasman. Shuni bilib qo‘y.

Jiminga bu so‘zlar pichoq kabi ta’sir qildi. Uning butun tanasidan nimadir titrab o‘tdi. U chuqur yutindi va sekin orqaga qadam tashladi

O‘gay onasi noqulaylikni sezdi va Jiminga qarab yumshoq ovozda gapirdi:

S: U shunchaki… shunaqa. Lekin vaqt o‘tishi bilan hammasi yaxshi bo‘ladi ishonaman.

Otasi ham keskin ohangda qo‘shimcha qildi:

O: Xizmatchilar seni xonangga kuzatib qo‘yadi.

Jimin bir necha so‘z bilan xayrlashdi va xizmatkorlar bilan yuqoriga, o‘z xonasiga ko‘tarildi. Yuragi esa og‘irlashib borardi.

Jimin pov : Bu yerda men uchun joy bormi?

xizmatkorlar uni xonasiga kuzatib qo‘ydi. Xonaga kirganida u darhol tushundi bu yerda hamma narsa begona edi. U o‘z uyidan hech narsa olib kelmagan edi hamma narsasi ortda qolgan.

U yotoqxonaning kengligiga hayron bo‘lib xona devorlariga tikildi. Yorqin chiroqlar katta oyna yumshoq gilam… Lekin bu hashamat unga hech qanday iliqlik bermasdi. U asta nafas oldi va yotoqxonaning o‘rtasiga o‘tirdi.

Shu payt eshik ochilib xizmatkor ichkariga kirdi. Uning qo‘lida bir to‘plam kiyim bor edi. Xizmatkor muloyim ohangda gapirdi:

X: Janob Yoongining kiyimlaridan siz uchun olib keldim. Buguncha shularni kiya turing.

Jimin biroz ikkilanib kiyimlarni oldi. Yoongining kiyimlari unga juda katta edi. Ko‘ylak yelkalaridan osilib tushar shim esa uzun edi. U ko‘zlarini yumib, sekin yotoqqa yotdi.

Biroq uyqu kelmasdi.

U shiftga tikilgancha o‘z hayoti haqida o‘ylardi.

Jimin pov : Bu yerda qanday yashayman? Bu odamlar bilan qanday til topishaman? Yoongi mendan nafratlanayotganga o‘xshaydi… Nega otam meni endi topdi?"

Savollar juda ko‘p edi. Ammo ularga javob topish qiyin edi.

U sekin ko‘zlarini yumdi lekin yuragidagi bezovtalik unga tinchlik bermasdi.

1 qism the end ❤️ fikrlarini kutib qolaman 🎀 by_astra 🎀