March 30

I Can't Tell You🔕 by astra🎀

I Can't Tell You🔕 8 qism

jungkook juda baxtli edi hayotida bunday baxtni his qilmagan edi..
V dush qabul qilishni hohlaydi V dush tamon yurar ekan yuragi hali ham tez urardi. U o‘zini noqulay his qilardi tanasidagi zaiflik esa undan ham ko‘proq uni bezovta qilardi. Lekin eng yomon narsa bu ota-onasining bilib qolishi mumkin bo‘lgan haqiqat edi.

Jungkook esa V ning orqasidan sekin yurib unga yordam berish uchun qolini yelkasiga qo‘ydi. V beixtiyor titrab ketdi.

Jk: Hammasi joyida V men sen bilanman hech narsa bo‘lmaydi

Uning mayin ovozi V ning yuragini biroz tinchlantirdi lekin baribir u hamon xavotir ichida edi. Dush eshigi yopildi V ichkariga kirdi. U oynaga qaradi tanasi bo‘ylab Jungkook qoldirgan izlarni ko‘rib yana yuragi g‘ash bo‘ldi.

Jungkook hech qanday izoh kutmasdan unga yaqinlashdi va sekin dush kranini ochdi Issiq suv bug‘ bo‘lib ko‘tarildi V unga qarab turdi nima qilishni bilmayotgandek.

Jk: Kel sen juda charchagansan. Men senga yordam beraman

Jungkook uni.qo‘llaridan ushlab gaprdi

V indamay unga qaradi ko‘ngli tinch bo‘lmasa ham Jungkook unga shunchalik ishonch bilan qarardiki yuragida qandaydir iliqlik uyg‘ondi

Jungkook sekin V ning yelkalarini massaj qila boshladi unga iliq suv ostida dam olishga imkon berdi. V ko‘zlarini yumdi yuragidagi ikkilanishlarni unutishga harakat qildi.

V: Ota-onamiz bu haqda bilib qolsa chi Jungkook? Ular hech qachon buni qabul qilishmaydi…

Jungkook esa muloyim jilmaydi va V ning yuziga sekin qo‘lini qo‘ydi

Jk: Men senga vada beraman V. Hech kim senga zarar yetkazmaydi seni hech kim tortib ololmaydi mendan agar kerak bo‘lsa men dunyoga ham qarshi chiqaman

V uning ko‘zlariga tikildi Jungkookning so‘zlari yuragini yumshatdi lekin baribir qo‘rquv yo‘qolmagan edi lekin u hozircha bu qo‘rquvni unutishga va shunchaki Jungkookning qo‘llarida tinchlanishga qaror qildi.

V hech qanday so‘zsiz Jungkookning issiq bag‘riga yaqinlashdi. U ko‘zlarini yumdi yuragidagi ikkilanishlardan ozod bo‘lishga harakat qildi Jungkook uni sekin quchoqlab yelkasidan o‘pdi.

Jk: Sen yolgiz emassan V men seni hech qachon tashlab ketmayman

V sekin nafas olib dush ostida turgancha jungkookning qo‘llarining haroratini his qilardi Yuragi hali ham notinch edi lekin unga bo‘ysunishga majbur bo‘ldi Uzoq vaqt ikkalasi ham indamay turishdi faqat suvning ovozi eshitilardi

Jungkook V ning yelkasidan ushlab unga yordam berib sekin yuvinishga majbur qildi. U muloyim edi har bir harakati V uchun g‘amxo‘rlikdan iborat edi Bu V ni hayratga soldi Jungkook shafqatsiz, sovuqqon yigitdek ko‘rinar edi shu kungacha lekin aslida u juda ehtiyotkor edi.

Dush tugagach Jungkook unga sochiq uzatdi. V esa o‘ziga kelib unga qaradi.

V: Seni tushunmayapman, Jungkook…

Shivirlab

Jungkook esa faqat tabbasum qildi

JK: Tushunishing shart emas. Faqat his qil…

V hech narsa demadi. U dushdan chiqqach yotoqqa o‘tirib sochlarini artib o‘tirdi. Jungkook esa uning yoniga keldi va charchagan ko‘zlariga qaradi.

Jk: Endi dam ol sen charchading.

V indamay yotib oldi lekin uxlashni istamasdi. Uning miyasi o‘ylar bilan band edi. Jungkook esa uning yoniga yotib unga ohista qo‘lini uzatdi.

Jk: Hamma narsa yaxshi bo‘ladi V. Ishon menga

V uning issiq nafasini bo‘ynida his qilib, ko‘zlarini yumdi. U shunchaki tinchlik istardi hech narsa haqida o‘ylamaslikni xohlardi.

V tanasida charchoq va nozik og‘riqlarni his qilib chuqur nafas oldi. Ko‘zlarini yumgancha yonida yotgan Jungkookning iliq nafasini bo‘ynida sezib xotirjamlikni his qildi.

Jungkook ohista qo‘llarini V ning beliga o‘rab uni o‘ziga tortdi Uning harakati mayin edi xuddi himoya qilayotgandek. V indamay ichida hali ham g'alati his-tuyg‘ularni bosishga harakat qildi. Jungkook esa xuddi hamma narsani tushungandek uni shunchaki bag‘riga bosib turardi.

Jk: Hamma narsa joyida, hech narsadan qo‘rqma

pichirladi Jungkook uning sochlariga ohista puflab

V javob bermadi. U faqat ko‘zlarini yumib Jungkookning tanasining issiqligini his qildi. Bir necha daqiqadan keyin charchoq uni butunlay o‘z domiga tortdi. Yuragi tez urardi, lekin tanasi asta bo‘shashib, u chuqur uyquga ketdi.

Jungkook esa uning uyquga ketayotganini sezib, asta yelkasidan o‘pdi. U V ning har bir nafasini his qilib, shunchaki quchoqlab turdi. Bu lahzaning o‘ziga yarasha ma’nosi bor edi. Hech qanday so‘z kerak emas edi.

Xonada esa faqat ularning sokin nafas olishi eshitilardi.

Jungkook V ning iliq tanasini bag‘riga bosgancha shiftga tikilib yotardi. Uning yuragi tinch emasdi. Nafaqat shu lahzaning o‘zi balki kelajak ham uni tashvishga solardi V hech qanday shubhasiz hech narsadan bexabar uning quchog‘ida sokin nafas olib yotardi. Ammo Jungkookning miyasi ham tinch emasdi.

Jk pov: Bu to‘g‘rimi? Men uni o‘zimga tortdim va uni o‘zimnikiga aylantirdim... Ammo bu to‘g‘ri yo‘l emasdir?

Vning nafas olishi bir tekis edi. Uning yuzida hozir hech qanday havotir yo'q go‘yo bu dunyoda hamma narsa joyida hech qanday muammo yo‘qdek

Jk pov: Agar bir kun bu sir fosh bo‘lsa, nima bo‘ladi? V ning ota-onasi bilib qolsa-chi? Ular uni qanday qabul qilishadi? V hech qachon bu yo‘lda bo‘lishni xohlamaganini aytgan edi, ammo oxir-oqibat u ham o‘z hislariga bo‘ysundi. Lekin... bu uning hayotiga qanday ta’sir qiladi?

Jungkook V ning sochlarini ohista silab uning iliqligini his qildi. Uning qo‘rquvi kuchayib borardi. Agar bir kun V zarar ko‘rsa bunga sababchi aynan u bo‘lardi. Uning muhabbati uning hissiyotlari Vni xavfga qo‘yishi mumkin edi.

Jk: Men seni himoya qila olamanmi V?

Jungkook shivirladi
Ammo bu savolning javobi yo‘q edi.

Jungkook ham chuqur uyquda yotgan edi V esa uning quchog‘ida tinch nafas olar edi. Xonada faqat ularning nafas olish ovozi eshitilardi.

Ertalab allaqachon quyosh ancha baland ko‘tarilgan lekin ular charchoq sabab hanuz uyg‘onmagan edi. Soat 12:00 bo‘lishiga qaramay ikkisi ham qalin adyol ostida uyquni davom ettirishar olamdagi barcha tashvishlarni unutib faqat bir birlarining yaqinligidan bahramand bo‘lib yotishardi.

"Taq-taq-taq!"

Tashqaridan eshik taqillab ketdi.

V's dad: V hali ham uxlayapsanmi?! O‘g‘lim eshikni och

otasining qattiq va shubhali ovozi eshitildi.

Vning yuragi shuv etib ketdi. U bir zum jimgina turgach birdan hushyor tortdi. Uning nafasi ichiga tiqilib qoldi yuragi esa qattiq urardi.

V: Yo‘q... Otam!..

U shosha-pisha o‘zining yalang‘och tanasini adyol bilan o‘radi. Hali ham tanasida kechagi yaqinlikning izlarib qizarib turgan zasoslar bor edi. Kechagi daqiqalarni isboti uning bo‘yin va yoqasidan tushib qolgan qizg‘ish belgilarda aks etib turardi.

Jungkook ham ovozdan uyg‘ondi. U yostiqdan boshini ko‘tardi va V ning xavotirli nigohini ko‘rib birdan hushyor tortdi.

Jk : Nima bo‘ldi deb shivirladi u.

V: Otam!.. V titrab gapirdi

V: Eshik oldida turibdi! Agar bilib qolsa...

U adyolni battar tortib oldi, yuragi esa haligacha tinchimagan edi. Jungkook esa jiddiy qiyofada tezda o‘zini qo‘lga oldi.

Jk: Xavotir olma hech narsa bo‘lmagandek harakat qilamiz

Eshik yana qattiq taqilladi.

V's dad: V eshikni och!
otasining sabrsiz ovozi eshitildi.

V bilan Jungkook bir-birlariga xavotir bilan tikilib turishardi. V chuqur nafas olib bir zum jim qoldi. Endi hamma narsa fosh bo‘lishi mumkin edi....

Vning qo‘llari titray boshladi yuragi esa go‘yo qafasga qamalib ketgandek tez urardi. U bunday holatga tushishni kutmagan edi. Tashqarida otasining sabrsiz ovozi qulog‘iga chalindi.

V's dad : V! Tezroq eshikni och! O‘g‘lim,eshitayapsanmi?!

Jungkook ham bir zumga qotib qoldi lekin tezda o‘zini qo‘lga oldi. U Vga qattiq tikildi va sekin, lekin ishonch bilan shivirladi:

Jk: Hozir hammasini to‘g‘irlashim kerak. Sen faqat men aytgandek qil

V tushunmagandek unga qaradi lekin qo‘rquvdan faqat bosh irg‘adi. Jungkook tezda yotoqdan tushdi va xonaning har tomoniga qaray boshladi.

U kitob javoniga borib, bir necha kitob va daftarlarni oldi. Ularni shoshib stol ustiga stulga hatto polga ham tartibsiz qilib yoydi Xona endi kecha kechasi bilan dars qilishganiga o‘xshash tartibsiz ko‘rinardi.

Jungkook yana Vga qaradi va shivirladi

Jk: Sening usting ochiq Tezda adyol bilan yopinib yonboshlagancha yot Uxlab yotgandek ko‘rin. Men gaplashaman

V turdi va tezda adyolga o‘raldi. Yuragi og‘zi tomog‘iga tiqilgandek edi lekin Jungkookga ishonardi. U ko‘zlarini yumib nafasini sekin oldi va o‘zini uxlagandek ko‘rsatishga harakat qildi.

Jungkook esa chuqur nafas olib eshik tomon yurdi va uni sekin ochdi.

Ostonada Vning otasi jiddiy qiyofada turardi. Uning ko‘zlari shubha va hayratga to‘la edi

V's dad: Sizlar hali ham yotibsizlarmi?

Jungkook o‘zini muloyim.lekin charchagan qilib ko‘rsatdi.

Jk: Ha kecha kechasi bilan dars qildik amaki. Imtihonlar yaqin o‘qish oson emas. V hatto uxlamay kitob o‘qidi keyin esa zorg‘a uxlab qoldi

yon tomonda adyolga o‘ralib yotgan Vga ishora qilib.

Vning otasi xonaga qaradi. Kitoblar, daftarlar har tomonga sochilgan, xuddi kecha kechasi bilan o‘qib charchab uxlab qolishgandek tuyulardi. U asta bosh irg‘adi va yuzida ishonch paydo bo‘ldi

V's dad:.Shunday deng… Yaxshi lekin bu qadar o‘zlaringni qiynashning hojati yo‘q. Sog‘lig‘inglar ham muhim.l

Jungkook muloyim tabassum bilan boshini qimirlatdi.

Jk: Albatta amaki. Biz endi tuzukroq dam olamiz

Vning otasi yana bir bor ichkariga qaradi keyins xotirjam ovozda gapirdi

V's dad : Mayli unda men sizlarni bezovta qilmayman. Keyinroq tushlikka chiqinglar

U ortiga burildi va eshikni yopdi.

Jungkook bir necha soniya qimirlamay turdi yuragi hali ham tez urardi. Keyin esa eshik to‘liq yopilganini ko‘rib yengil nafas oldi va chuqur xo‘rsindi.

U orqasiga burilib qaradi. V hanuz yotardi

Jk: Barchasi joyida....

V nihoyat yengil nafas oldi adyol ostidan yuzini chiqardi va Jungkookga qaradi. Uning ko‘zlarida qo‘rquv va minnatdorlik aralashgan edi.

V: Rahmat…

shivirladi u.

Jungkook esa Vga yaqinlashib uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

Jk: Men seni hech qachon tark etmayman qanday bo‘lmasin seni himoya qilaman

V uning so‘zlariga ishongisi kelardi, lekin yuragining bir chekkasida hanuz qo‘rquv bor edi. Chunki bu sirlari abadiy yashirin qolishiga ishonmasdi…

Bu daqiqalarni v ni telefoniga kelgan sms buzadi
V telefoniga kelgan SMSga tikilib turgan edi. Hana unga yo‘qligini sezganini va testlarni o‘rniga yozib qo‘yganini aytibdi. V javob yozmoqchi bo‘ldi lekin birdan yelkasiga qattiq tegilgan qo‘l uni to‘xtatdi.

Jungkook sekin egilib uning yonidan SMSni o‘qidi va lablarini qattiq qisdi.

Jk: Kim bu?

V: Hana...

V sekin ortiqcha tushuntirish berishni istamay.

Jungkook ko‘zlarini qisib,l chuqur nafas oldi. Uning nigohida noaniq rashk va norozilik bor edi

Jk: unga javob yozishing shart emas ....

Biroz hafa ohangda

V: Jungkook…

V unga qaradi lekin Jungkook allaqachon telefonni chetga surib Vga yaqinroq o‘tirdi.

Jk: Men senga yetarlicha etibor bera olmayapmanmi? Nega boshqa odamlar senga yaqinlashishiga yo‘l qo‘yyapsan?

V unga hayron qaradi. Jungkookning ovozi baland emasdi lekin unda qandaydir qatiyat va egalik hissi bor edi

V: Bu shunchaki oddiy SMS edi

Jungkook kulimsiradi lekin bu tabassumda qandaydir ogohlantirish bor edi.

Jk: Men shunchaki eslatib qo‘ymoqchiman V. Sen—meniki

V uning ko‘zlariga qarab qoldi. Jungkookning ovozidagi ishonch va egalik hissi uni titratib yubordi. U biror narsa demoqchi bo‘ldi, lekin Jungkookning qo‘llari uni shunchaki o‘ziga tortdi.

Jk: Endi birovning SMSlariga javob yozishni unut

shunchaki gap emas balki buyruq berayotgandek.

Jungkook sekin Vga tikilib turdi. Uning bo‘yin va yoqasi atrofida kechagi kechadan qolgan izlar aniq ko‘rinardi. Bu holatda kimdir ko‘rib qolsa savollar berilishi aniq edi.

Jungkook hech narsa demay shkaf tomon yurdi va ichidan uzun yoqali futbolka oldi. Keyin Vning oldiga kelib futbolkani unga uzatdi.

Jk: Buni kiy

qatiy ovozda.

V unga bir qarab qo‘ydi va yelkasini qisib futbolkani oldi. U sekin kiyimini almashtirayotganda Jungkook biroz yon tomonga qaradi lekin tabassumini tiyolmadi.

Jk: Qara, sen meniki bo‘lishga qarshilik qilib yurganding lekin endi mendan qolgan izlarni yashirish uchun mendan yordam so‘rayapsan

Jungkook kuladi

V: Men hech narsa so‘raganim yo‘q

Jk: Yo‘q, sen hech narsa demasang ham, men hammasini tushunaman

V hech narsa demadi, faqat lablarini tishlab qo‘ydi.

Bir necha daqiqa o‘tib ular oshxonaga tushishdi. Uyda hech kim yo‘q edi. Ota-onasi allaqachon ishga ketishgan demak ular bemalol vaqt o‘tkazishlari mumkin edi.

Jungkook stulga o‘tirib telefonini tekshirib qo‘ydi. Keyin Vga qaradi:

Jk: Bugun biror joyga borishni xohlaysanmi?

V unga qarab o‘ylab qoldi.

V: Bilmadim… balki shunchaki uyda dam olishimiz yaxshidir sen yaxshi bo'lishing mumkun lekin menda biroz og'riq bor !

Jungkook tabbasum qildi

Jk: Yo‘q, bugun yaxshi kun. Keling dengiz sohiliga boramiz Havo toza odam kam hech kim bizni bezovta qilmaydi

V: Yaxshi, ketdik

Jungkook kulib stolga suyandi:

Jk: Unda avval ovqatlanib olishimiz kerak

Jungkookning otasi jiddiy majlis o‘tkazayotgan edi. Atrofida kompaniyaning yuqori lavozimli odamlari o‘tirardi lekin birdan eshik ochilib yordamchisi shoshilinch ovozda unga murojaat qildi.

Y: Janob, sizni zudlik bilan xonangizda kutishyapti. Juda muhim masala ekan

Jungkookning otasi tezda unga qaradi. Bu shunchaki mayda gap bo‘lmasa kerak. U majlis stoliga bir qarash qilib oxiri chuqur nafas oldi va bosh irg‘adi.

Jk's dad : Xop, majlisni davom ettiring. Men ozgina vaqtdan keyin qaytaman."

U jiddiy qadamlar bilan o‘z xonasiga yo‘l oldi. Ichkariga kirishi bilan eshik ortidan yopildi.

Jungkookning otasi kursiga o‘tirib, qo‘llarini stol ustiga qo'ydi

Jk's dad: nima gaping bor

? chuqur nafas oldi. Uning yuzida qattiq jiddiylik aks etardi.

? : sening o‘g‘ling sababli meni rejamni bajara olmayapman

Jungkookning otasi ko‘zlarini qisib, unga tikildi. Uning yuragida qandaydir g‘alati tuyg‘u paydo bo‘ldi.

Jk's dad : nima demoqchisan?

? stulga suyandi

?: Agar sening o‘g‘ling V bilan bo‘lsa, men hech qachon o‘zim xohlagan narsaga erisholmayman.

Xonada bir lahza sukunat cho‘kdi. Jungkookning otasi buni eshitib, chuqur nafas oldi. Uning nigohi o‘zgara boshladi.

Jk's das: Demak, sen hozir mendan o‘g‘limni Vdan uzoqlashtirishimni so‘rayapsanmi ? Axir ular yaqin do'stlar

? unga tikilib turdi.

?: Yo‘q, men so‘ramayman men buni talab qilaman

By_ astra 🎀 kechasi busayam silar uchun yozdim kamment jalkamasu hafa qilyapslar aktiv yu🫀