March 22

I Can't Tell You🔕 by astra🎀

I Can't Tell You🔕 2 qism

“Bu to‘g‘ri emas…”

U o‘ziga shivirlab, kaftlarini tizzalariga qo'ydi. Boshini pastga egdi va chuqur nafas oldi.

V: Jungkook, hayollaring yaxshi joyda a?

Taehyungning ovozi juda yaqin eshitildi. U har doimgidek beparvo turardi. Barmog‘i bilan Jungkookning daftariga yengil taqillatib qo‘ydi.

Jungkook tezda o‘ziga kelishga harakat qildi.

Jk: Ha? Yo‘q, yo‘q, men... faqat...

U nimadir bahona topmoqchi bo‘ldi, lekin Taehyungning o‘sha xotirjam qarashlari hamma gapni unutishiga sabab bo‘ldi.

V:Senga nimadir bo‘lyaptimi?

Taehyung stulida biroz oldinga egildi va ovozini pasaytirib so‘radi.

Jungkook boshini yo'q deb qimirlatdi , tezda e’tiborini daftariga qaratdi. Lekin hech narsa yoza olmadi. Uning hayoli butunlay boshqa joyda edi. O‘zidan ham yashira olmaydigan hislar ko‘nglida asta-sekin uyg'onar

Dars nihoyat tugadi. Jungkook birdan joyidan turdi va kitoblarini shoshishib sumkasiga joyladi. U imkon qadar tezroq bu joyni tark etishni istar, lekin aynan nimadan qochayotganini tushunmas edi.

Taehyung uning harakatlarini kuzatdi va yelkasini qisib qo‘ydi.

V: Kechikayotgan bo‘lsang, meni kutishing shart emas. O‘zim ham yo‘l topa olaman.

Jungkook bir zum unga qaradi va yengil tabbaumga harakat qildi.

Jk: Yoq, shunchaki... boshim og‘riyapti

V: A? Unda shifoxonaga borasanmi? Dadangning odamlarini chaqiraymi?

Jk: Yo‘q, hech narsa qilma. O‘tib ketadi

Jungkook o‘zi ham bilmasdan qo'pol gapirdi. Buni sezgan zahoti ichida afsuslandi. Lekin Taehyung bunga unchalik e’tibor bermadi. U doimo shunaqa edi — har qanday vaziyatga beparvo qarar, hech narsani yurakka yaqin olmasdi.

Ular universitet hovlisiga chiqqanlarida, allaqachon e’tibor markazida edilar. ishonchli yurish va mukammal ko‘rinish — ular universitetning eng mashhur insonlari edi. Qizlar ohista pichirlashib, ularga qarab jilmayar, ba’zilari esa telefonlarini chiqargancha yashirincha suratga olishardi.

Taehyung esa hech narsani sezmagandek, yengil kulib:

V: Hozir ofisga boramizmi yoki biron joyda ovqatlanamizmi?
— dedi.

Jungkook yelkasini qisdi. U hammasidan charchayotgandek edi.

Jk: Avval ofisga boramiz. Otam bugun biz bilan uchrashishi kerak."

Taehyung bosh irg‘adi. Ular ikkisi qimmatbaho mashinalariga o‘tirdi. Jungkook butun yo‘l davomida jim ketdi. Yuragi g‘alati urayotgandi.

Nega endi Taehyungga qaraganida o‘zini yo‘qotayotgandek his qilmoqda...

Nega u bilan bo‘lish unga shunchalik yoqadi, lekin ayni paytda qo‘rqinchli tuyuladi?

Jungkook bu savollarga javob topa olmasdi. Yagona bilgan narsasi — o‘zini nazorat qilishni yo‘qotayotgan edi.

Ofisga yetib kelishgach, otalari ularni kutib turardi. Xonada og‘ir, rasmiy muhit hukm surardi. Har kim o‘z ishi bilan band, majlis jadvali oldindan tuzilgan, hamma harakatlar aniq rejalashtirilgan. Lekin Jungkook uchun bularning ahamiyati yo‘q edi.

Uning ko‘zlari har doim Taehyungga tushardi. Uning har bir harakati, yuz ifodalari, bemalol kulgisi... bu narsalar Jungkookni o‘ziga tortayotganini his qildi. O‘zidan nafratlanardi, lekin shu bilan birga, bu tuyg‘uni bosib ham bo‘lmasdi.

Majlis davomida Jungkook ancha g‘alati edi. Uning otasi unga qattiq tikilib qaradi:

Jk's dad: O‘g‘lim, bugun sening e’tiboring umuman biz bilan emas. Nima bo‘lyapti?

Jungkook sekin boshini ko‘tardi va o‘zini qo‘lga olmoqchi bo‘ldi. Boshini qimirlatib:

Jk: Kechirasiz, ota . Bir oz charchagandirman— dedi.

Shu payt Taehyung yengil kulimsirab unga qaradi.

V: Charchagan bo‘lsang, majlis tugaganidan keyin yaxshi dam ol,

dedi Taehyung, yelkasiga asta qo'yib

Jungkookning butun vujudi taranglashdi. Bu shunchaki oddiy gap edi, lekin Taehyungning bu qadar bemalol va erkin munosabatda bo‘lishi uni ich-ichidan g‘azablantirardi.

Ofisdan so‘ng

Majlis tugadi. Ular binodan chiqishgach, Taehyung bemalol havoni chuqur yutib, mashinasiga borayotgan edi. U odatdagidan ham xotirjam va quvnoq edi. Bu esa Jungkookni yanada asabiylashtirardi.

Jk: Qoyil, Taehyung. Hamma narsa senga osongina bo‘layotganga o‘xshaydi, shundaymi?

dedi Jungkook kutilmaganda.

Taehyung unga ajablanib tikildi.

V: Nima demoqchisan?

Jk: Hech narsa. Faqat... sening bu qadar beparvo ekanligingni tushunmayapman

dedi Jungkook biroz jaxl bilan

Taehyungning kulgisi so‘ndi. U do‘stining kayfiyati juda g‘alati ekanini sezdi.

V: Beparvo? Jungkook, hammasi joyida deb o‘ylagandim. Nimadir bo‘lyaptimi?

Jk: Yo‘q, hech narsa!

dedi Jungkook ovozini ko‘tarib.

Bir necha daqiqa ikkovi ham jim qoldi. Taehyung bir necha qadam ortga chekindi ammo Jungkook buni sezib tezda o‘zini qo‘lga oldi.

V: Kechirasan

dedi u ovozini pasaytirib.

Taehyung yengil nafas oldi.

V: O‘ylashimcha, sen bugun charchagansan. Yaxshisi, uyga borib dam ol.

Lekin Jungkook bilardi… bu charchoq emas edi. Bu boshqa narsa edi. O‘zi ham hali buni to‘liq tushunmagan hislar edi. Ammo ular tobora kuchayib borardi…

Kechki shahar chiroqlari mayin yaltirardi. Havo salqin edi, ammo bu sovuq emas, balki yoqimli shabada edi. Taehyung mashinasiga borayotganida, Jungkook orqasidan jim yurdi. Ichidan g‘azab va tushunarsiz bir his uni siqib borardi.

Jk: Taehyung to‘xta

dedi u nihoyat.

Taehyung orqaga burilib, unga qaradi:

V: Hmm? Nima bo‘ldi?

Jungkook bir lahza indamay qoldi. Uning ichida olov yonardi, ammo bu nimaning alangasi ekanini o‘zi ham bilmasdi. Nihoyat u og‘ir nafas olib gaprdi

V:Sen shunchalik xotirjam bo‘lishingni tushunmayapman.

Taehyung tushunmagandek tikiladi

V: Nima demoqchisan?

Jk:Biz bir-birimizni bolalikdan bilamiz. Lekin hozir… sen o‘zgargansan.

Taehyung kulib yubordi lekin samimiy kulgu emas edi

V: Ehtimol, hamma o‘zgarayotgandir, Jungkook. Sen ham.

Bu javob Jungkookni yanada g‘azablantirdi. U bir qadam oldinga tashlab, Taehyungga yaqinlashdi.

Jk: Sen… hech qachon men haqida o‘ylaysanmi?

Taehyung biroz dovdirab qoldi.

V: Nimani nazarda tutyapsan?

Jungkookning yuragi tez urdi U o‘zining nima deyotganini ham tushunmayotgandi. Uning ichidagi g‘azab, hasad, ehtimol… boshqa bir his uyg‘onayotgan edi.

Jk: Men…

U so‘zining oxiriga yetolmadi.

Shu payt Taehyung unga sinchkovlik bilan tikildi. Uning jiddiy nigohi Jungkookning yuragini yana ham tez urishga majbur qildi.

V: Sen menga nimadir aytmoqchimisan?

Jungkook og‘ir yutindi.

Jk: Yo‘q, hech narsa…

U orqaga bir qadam tashlab, ko‘zlarini chetga oldi. Ichida qandaydir bo‘g‘iq bir og‘riq bor edi.

Taehyung esa unga uzoq tikilib turdi.

V: Jungkook… Sen mendan nimanidir yashiryapsan, shundaymi?

Jungkook kulimsiramoqchi bo‘ldi, lekin buni uddalay olmadi.

Jk: Men hech narsa yashirmayapman. Shunchaki ba’zida… ba’zida hamma narsa juda chigal bo‘lib ketadi.

Taehyung bir qadam oldinga tashlab, sekin qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi.

V: Agar biror narsa bo‘lsa, bilgin… men har doim shu yerdaman.

Jungkookning yuragi yana bir urib, to‘xtagandek bo‘ldi. Taehyungning so‘zlari uning ichida qandaydir hissiyotlarni uyg‘otardi.

Lekin u bunga tayyor emas edi.

Jungkook butun kechani uxlamay chiqdi. Har doimgidek sport zalga borib tinmay mashq qilishga harakat qildi. Ammo har safar ko‘zlarini yumsa, ongida faqat bitta narsa gavdalanardi—Taehyungning nigohlari.

"Bu tug‘ri emas…" deb shivirladi u o‘ziga-o‘zi.

U har doim o‘zini mustahkam, sovuq va boshqalarga bog‘lanmaydigan odam deb bilardi. Lekin Taehyung… unga nisbatan nega bunday his qilardi?

Bu nafaqat asabiylashtirar, balki ich-ichidan yoqimli his ham tug‘dirardi. U o‘zini nazorat qila olmaslikdan qo‘rqardi.

Kamment kutaman🦦 qo'llarin sinib qomedi😂
And reaksiya😘 #astra