March 28

I Can't Tell You🔕 by astra🎀

I Can't Tell You🔕 6 qism

Darslar nihoyat tugadi. O‘qituvchi sinfxonadan chiqishi bilan talabalarning ko'pi shoshilib tashqariga chiqishdi V esa hech kim bilan gaplashmay shunchaki sumkasini oldi va sekin yurib xonadan chiqdi U kechagi voqealardan keyin hamma narsadan charchagandi ayniqsa Jungkook bilan bo‘lgan qisqa suhbatdan keyin yuragi siqila boshlagan edi.

Jungkook esa joyidan jilmay, Vning ketishini kuzatdi. U hech qanday harakat qilmadi. Faqatgina unga g‘azab bilan qarab turdi. Vning xonani tark etishi bilan nigohini yonida turgan Hanaga qaratdi.

Hana ham sumkasini ko‘tarib eshik tomon yo‘naldi. Lekin u eshikni ochmoqchi bo‘lganda qo‘lida kalit ushlagan Jungkook eshikni yopib qulflab qo‘ydi. Hana hayron bo‘lib orqasiga burildi.

H: Jungkook? Nima qilyapsan?

Jungkook sekin unga yaqinlashdi yuzida qandaydir sovuq tabassum bilan.

Jk: Shunchaki suhbatlashmoqchiman

Hana orqaga qadam tashlaydi

H: Eshikni nega qulflading? Men ketishim kerak...

Jungkook esa bir qadam oldinga tashladi.

Jk Shunchaki shoshilma Hana

ovozini past qilib

Jk: Sen V bilan juda tez yaqin bo'lib qolding -a ?

Hana yana bir qadam orqaga chekinib, devorga tiralib qoldi. U Jungkookning nigohidagi xavfli chaqnashni ko‘rib yuragi tez ura boshladi.

H: Men faqat undan kechagi voqea uchun uzr so‘radim xolos...

Jungkook yengil kulib qo‘ydi.

Jk: Ha, shundaymi? Balki sen undan ko‘proq narsani xohlayotgandirsan?

Hana ko‘zlarini katta ochdi.

H: Nima?! Yo‘q, albatta! Men Vni deyarli tanimayman ham!

Jungkook sekin boshini qimirlatdi, go‘yo uning gaplariga ishonayotgandek.

Jk: Yaxshi men senga ishondim Lekin...

u Hananing yuziga yaqinlashib, sekin pichirladi

Jk: Vga juda yaqinlashma.

Hana nafasi ichiga tiqilib qolgandek bo‘ldi.

H: Sen... rashk qilyapsanmi?

Jungkookning nigohi yana sovuq

Jk: Men xohlagan narsamni olaman Hana. Agar yo‘lda biror narsa yoki kimdir halaqit bersa... yaxshi bo‘lmaydi.

Hana tomog‘idan yutindi. U Jungkookning qanday odam ekanligini bilmasdi, lekin uning ovozida va nigohida xavf bor edi.

H: Yaxshi... men V bilan faqat do‘st bo‘laman, boshqa hech narsa yo‘q.

Jungkook asta jilmaydi va Hanadan uzoqlashdi. So‘ng eshikni ochdi.

Jk: Juda yaxshi qizsan Hana. Endi keta olasan.

Hana tezda eshikdan chiqib ketdi, yuragi hamon tez urib turardi. Jungkook Vni shu qadar himoya qilyaptimi? Shu savol unga tinchlik bermasdi.

Jungkook esa joyida turib eshikni asta yopdi va chuqur nafas oldi.

V o‘z uyiga yetib kelganida yuragi hamon bezovta urib turardi. U shunchaki xonasiga kirib har qanday fikrdan xoli bo‘lishni istardi. Lekin eshikdan o‘tishi bilan otasining ovozi uni to‘xtatib qoldi.

V's dad: Taehyung kel men bilan gaplashishing kerak.

V chuqur nafas olib, sekin otasining oldiga bordi. Otasi oshxonada o‘tirgan edi

V: tinchlikmi?

Vning otasi unga qaradi yuz jiddiy edi

V's dad: Bugun bizning uyimizga mehmonlar kelishadi Taehyung. Juda muhim mehmonlar.

V:Kim keladi?

V's dad: Jeonlar oilasi.

V: Kim?!

V biroz hayajonlanib gaprdi

V's dad: Jungkookning oilasi bugun biznikiga mehmon bo‘lib kelad.

V ko‘zlarini katta ochdi. Yuragi tez ura boshladi. Bu qanday tasodif? Kecha bo‘lgan voqealardan keyin bugun Jungkookni yana ko‘rishi kerakmi?

V: Lekin... nega ular biznikiga kelishyapti?

Otasi bir muddat sukut saqladi, so‘ng ovozini pastlatib gapirdi:

V's dad Biz ularning oilasi bilan anchadan beri hamkorlik qilamiz. O‘rtamizdagi biznes aloqalari muhim. Shuning uchun do‘stona munosabatni saqlash kerak.

V chayqalib ketdi. Bu shunchaki tasodif emas. Jungkookning oilasi va uning oilasi allaqachon bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan

V: Ha tushunarli

V's dad: Shuni bilib ol Taehyung Jeonlar bilan yaxshi muomala qilishing kerak. Ayniqsa Jungkook bilan.

V jahli chiqib, yuzini chetga burdi.

V: Nega aynan u bilan?

Otasi yelka qisdi.

V's dad : Chunki u kelajakda bu biznesning asosiy merosxo‘ri bo‘ladi. Bizga uning xayrixohligi kerak.

V sekin boshini qimirlatdi. Uning ichida qandaydir norozilik bor edi, lekin otasiga hech narsa demadi.

V pov: Jungkook yana hayotim bilan bog'liq ..

V otasidan ruxsat olib, xonasiga kirdi Xonasiga kirishi bilan karavotga yiqildi.

U ko‘zlarini yumib bir oz yotdi.

Oradan bir necha soat o'tadi va u otasini ovozini eshitib uyg'onadi

V's dad : V xonangdan chiq ular kelishdi

V tez da ko'zini ocham jeonlar kelishini unutgan edi tezda xonasidan chiqdi kiyimiga ham e'tibir bermadi u kalta sho'rtikda edi ..

Eshik ochilganida u mehmonlar bilan yuzma-yuz bo‘ldi Jungkookning nigohlari birdaniga Vning oyoqlariga tushdi. U shunchaki unga qarab qotib qoldi.

Jungkookning nigohi shunchalik o‘tkir ediki V o‘zini noqulay his qildi.

Jungkookning nigohida nimadir bor edi. Yo‘q bu oddiy qarash emasdi. Rashkmi? Yo‘q balki hayrat yoki boshqa bir his-tuyg‘u

V's dad: O‘g‘lim, mehmonlarni kutib ol

V o‘zini qo‘lga oldi va tabbasum qilishga harakat qilib mehmonlarga bosh irg‘adi.

V: Xush kelibsiz

Jungkook Vga tikilib turardi

Jk: Juda… kutilmagan kutib olish bo‘ldi

V uning kinoyali ovozidan asabilashdi

V: Nima demoqchisan?

V qo‘llarini bilan etagini qisib

Jungkook past ovozda pichirladi:

Jk: Boshqalar oldida tursang ham bunaqa ochiq yurma. Yoki men kelishimni bilib ataylab shunday kiyingdingmi?

Jungkook unga ko‘z qisib ichkariga kirdi.

Mehmonlar uyga joylashgach V dasturxon atrofida o‘zini erkin tutishga harakat qilardi. U har doimgidek tabassum qilib gaplashar tasodifan Jungkookga ko‘zlari tushib qolganida esa tezda nigohini olib qochardi. Ammo bu juda ham qiyin edi.

Jungkook esa vaziyatdan zavq olayotgandek edi. U Vni qanday holatga solayotganini bilib tabbasum qilardi . Har safar unga qarasa Jungkook allaqachon unga qarab turgan bo‘lardi.

V pov: Nima qilyapti bu yigit?! Men undan uzoqlashmoqchi bo‘lsam ham, u doim yonimda paydo bo‘ladi

Ammo eng yomoni shundaki Vning yuragi bu holatdan g‘azablanishi kerak bo‘lsa ham aksincha unda qandaydir tushunarsiz tuyg‘ular uyg‘ona boshlagandi.

Dasturxon atrofida o‘tirib u Jungkookning tanasini yaqinligini sezib turardi. Uning qo‘li tasodifan Vning qo‘liga tegib ketganda u bir zumda muzlab qoldi. Ammo o‘zini go‘yo hech nima bo‘lmagandek tutishga harakat qildi.

V pov: Bu nima? Yuragim bunchalik tez urishi normal emas… Yo‘q, men bunday narsalarni his qilmayman! Bu shunchaki asabiylashish!

V o‘z fikrlarida chalg‘ib ketganida, Jungkookning ovozi uni hushyor torttirdi:

Jk: V nega bunchalik jimsan? Odatda bu paytgacha hammamizni kuldirib bo‘larding.

V unga o‘qrayib qaradi

V: Sen bilan gaplashgim yo‘q Jungkook

Jungkook qiziqish bilan qaradi:

Jk: Rostdanmi? Lekin yuraging boshqa narsani aytyapti

V bir daqiqa yerga qaradi.

Lekin yuragining bir chetida boshqa bir hissiyot bor edi… U ham Jungkookning yaqinligini xohlayotgandek edi.

Ammo buni tan olish — mumkin emasdi. Hech qachon!

Bir necha daqiqadan keyin qandaydur baxona qilib oshxonaga kirdi V oshxonaga kirib chuqur nafas oldi. Yuragi hali ham g‘alati tez urardi. U muzlatkichni ochib o‘zini biror narsa qidirayotgandek ko‘rsatdi. Aslida esa shunchaki bu noqulay vaziyatdan qochmoqchi edi

Lekin ortidan kimdir eshikni sekin yopdi. Sekin ortiga qaraganda Jungkook allaqachon uning yonida juda yaqin edi v har bir nafasini his qilar edi

Jk: Nima izlayapsan ?

Sekin shivirlab V shoshib javob berdi:

V: Hech narsa… shunchaki…

U gapini tugatishga ham ulgurmadi. Chunki Jungkookning qo‘llari uning bilaklarini ohista ushladi. Uning issiq kaftlari terisiga tegishi bilan, Vning butun tanasidan biriz titraydi

Jk: Sen mendan qochmoqchisan lekin tanang… tanang menga butunlay muhtojdek ...

V qochishga harakat qildi, lekin Jungkook uni yanada yaqinroq tortdi. Uning kaftlari asta-sekin Vning qo‘llarini silay boshladi keyin esa yuziga o‘tdi. U barmoqlari bilan Vning yonoqlarini, keyin esa lablarini ohista silab o‘tdi.

Vning nafasi ichiga tiqilib qoldi. U nima qilishini bilmay qolgandi. Yuragi shu qadar tez urayotgandek edi

V: Jungkook…

dedi u shivirlab, o‘zini yo‘qotib qo‘ygancha.

Lekin Jungkook indamadi. U Vning lablarini barmoqlari bilan bosdi so‘ng sekin pastga egilib, qulog‘i yonida shivirladi:

Jk: Sen qanchalik inkor qilsang ham men buni sezib turibman… Sen ham meni xohlaysan.

Vning butun tanasi titrab ketdi. Uning boshi gangib ichidagi hissiyotlar nazoratdan chiqayotgandek edi. Lekin u o‘zini qo‘lga olishga harakat qildi.

V:Yo‘q…
ovozi qaltirab.

Jungkook jilmayib, Vning bo‘yniga lablarini yaqinlashtirdi. V butunlay qotib qoldi.

V pov: Bu noto‘g‘ri… juda noto‘g‘ri… Lekin nega men qocholmayapman?

Uning nafasi og‘irlashdi. Lekin ichidagi qarshilik hali ham mavjud edi.

V: To‘xta…

Jungkook esa sekin orqaga tortildi va Vning ko‘zlariga tikilib turdi.

Jk: Agar bu noto‘g‘ri bo‘lsa… unda nega sen hali ham menga taslim bo‘lishga shunchalik yaqin turibsan?

V yana yuragini bosib ololmadi. Ammo u bilardi… bu holat uzoqqa cho‘zilsa, ichidagi hissiyotlarga butunlay berilib ketishi mumkun edi....

Vning Yuragi avvalgidan ham tezroq urayotganini his qildi. Jungkookning qo‘llari hali ham uning bilaklarini ohista silab turardi, lablari esa shunchalar yaqin edik u hatto uning nafasini his qilardi.

Ichida qandaydir urush bo‘layotgandek edi Bir tomoni bunga qarshilik ko‘rsatmoqchi boshqa tomoni esa allaqachon taslim bo‘lishga tayyor edi.

V: Jungkook…

shivirladi v

Lekin u endi o‘zini tuta olmadi. Jungkookning barmoqlari yonoqlaridan pastga siljiganida V ko‘zlarini yumdi va bir lahzaga o‘zini butunlay unutdi. U allaqachon tushunib yetgandi… bu tuyg‘ularga qarshilik ko‘rsatish befoyda edi.

Jungkook ohista uning yuzini ushlab lablariga egildi va lablaridan sekin o'pishni boahladi bu safar V ortga chekinmadi. Qo‘llari ongsiz ravishda Jungkookning yelkalaridan ushlab uni yanada yaqinroq tortdi

Ichida nimadir yonib ketgandek edi. Yuragi hayajon bilan urar tanasi esa butunlay bo‘shashib Jungkookga ergashardi Bu his tuyg‘ular unga notanish bo‘lsa ham u endi ortga qaytolmasdi

Jungkookning qo‘llari sekin Vning beliga o‘tdi uni o‘ziga tortib yanada yaqinlashtirdi Bo‘sa tobora chuqurlashar ehtiros butun vujudini qamrab olar edi

Bir muddatdan so‘ng Jungkook bo‘sani to‘xtatdi va Vning yuziga tikildi. Ularning nafaslari bir biriga tegib turardi

V: Men....

Jungkook tabbasum qildi uning ko‘zlarida g‘alati bir qoniqish aks etdi. U hech qanday shoshilinch harakat qilmadi sekin Vning qo‘lidan ushlab, uni xonaga tomon yetakladi

V hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. U endi o‘z hissiyotlariga taslim bo‘lgandi. Xonaga kirishlari bilan Jungkook eshikni asta yopdi va Vni ohista devorga qisdi.

Jk: Endi qochmaysan, to‘g‘rimi?

deya shivirladi Jungkook uning qulog‘iga.

V javob bermadi. Uning ko‘zlari ehtiros bilan porlab turardi. U endi faqat yuragi nima deydigan bo‘lsa shuni bajarishga tayyor edi.

By_ astra🎀

ko'p kamment kutaman atelab ko'p qilib yozyapa kam kamdan qimeee😌💋