March 26

I Can't Tell You🔕 by astra🎀

I Can't Tell You🔕 5 qism

V chuqur nafas oldi, yuragi qinidan chiqib ketgudek urardi. U Jungkookning so‘zlarini hazil deb o‘yladi, lekin uning jiddiy qarashlari buni inkor qilardi.

V:Sen…

V ovozining titrashini sezdi va lablarini mahkam tishladi

V: Nima deyapsan?

Jungkook og‘ir nafas oldi. U bir qadam oldinga yurib Vning qo‘lidan ushlamoqchi bo‘ldi lekin V tez orqaga chekindi

V: Tegma menga

u keskin gapirdi.

Jk: Nega bunchalik hayratdasan? Men allaqachon buni ichimda his qilib kelayotgan edim. Senga aytishim shart edi.

V uni eshitishni ham istamay boshini chayqadi Yuragi g‘ash bo‘la boshladi nafas olish qiyinlashdi.

V: Yo‘q, yo‘q… Bu mumkin emas Jungkook.

Jungkook uning ko‘zlariga tikilib turardi.

Jk: Nega mumkin emas?

V: Chunki men gey emasman!

Vning ovozi balandroq chiqib ketdi.

Jungkook bir lahzaga sukut saqladi. Ko‘zlari o‘zgarganday tuyuldi. U bunday javobni kutmagan edi.

Jk: Sevgi jins tanlamaydi,V…

V; Lekin men unday emasman!

Vning ovozi titradi. U o‘zidan nafratlana boshladi, chunki Jungkook unga yaqinlashganida yuragi notanish tuyg‘ular bilan to‘lib ketgan edi. Bu tuyg‘ular uni cho‘chitardi.

Jungkook chuqur nafas oldi go‘yo sabrini yo‘qotmaslik uchun o‘zini bosayotgan edi.

Jk: Agar shunday bo‘lsa nega menga shunchalik qattiq reaksiya qilyapsan? Nega yuraging bu qadar tez uryapti?

V: To‘xta!

V deyarli baqirib yubordi.

V: Bu noto‘g‘ri! Bu mumkin emas! Agar odamlar bilib qolsa-chi?! Agar ota-onam eshitsa-chi?!

Jungkook bir lahzaga jim bo‘ldi. Keyin boshini sekin qimirlatdi.

Jk: Demak sen ota-onang yoki odamlar nima deydi deb qo‘rqyapsan?

Vning yuragi siqilib ketdi. U hayratda edi.

V:Bu muhabbat emas, Jungkook… Sen shunchaki chalkashib ketgansan. Men ham…

Jk:Sen ham chalkashib ketgansan?

Jungkook kulimsiradi

Jk: Demak, ichingda nimadir bor, shundaymi?

V: Yo‘q!

V shoshib rad etdi

V: Men faqat… Men faqat…

U nima deyishini bilmay qoldi. Butun tanasi titrardi. U hamma narsani inkor qilmoqchi edi, lekin Jungkookning so‘zlari, uning nigohi hammasini o‘zgartirib yubordi.

Jungkook bir qadam oldinga yurib, Vning yuziga tikildi.

Jk: Sen mendan qochayotganing sari, faqat o‘zingdan qochayotgan bo‘lasan, V.

V hech narsa deya olmadi. U faqat yuragining qattiq urishini sezdi va ichidagi chalkash tuyg‘ular bilan yolg‘iz qoldi…

V jungkookdan uzoqlashadi v uydan chiqib ketadi ortidan jungkook indamay tikilib qoladi V taksiga o'tirib uz uyiga yetib keladi

Uyga kelishi bilan telefonini o‘chirdi. U hech kim bilan gaplashishni istamasdi, ayniqsa Jungkook bilan. U hammasini unutmoqchi edi. Bu kecha bo‘lib qolsin go‘yo hech narsa bo‘lmagandek yashashni xohladi.

Ertasi kuni

V universitetga biroz kechroq keldi. U sinfga kirganida, hamma allaqachon joylashib bo‘lgan edi. U joyiga borib o‘tirdi va chuqur nafas oldi. Hech kim bilan gaplashmaslikka harakat qilayotgan edi ammo kimdir oldiga keldi.

— Kechirasiz…

mayin ovoz eshitildi.

V boshi bilan ko‘tarib, qarshisida turgan qizni ko‘rdi. Bu kecha u bilan to‘qnashib ketgan qiz edi. U muloyim jilmayib turardi.

Q: Men kecha biroz shoshib yurgandim va siz bilan to‘qnashib ketdim. Uzur suramoqchi edim men yangi kelganm uchun....

V unga tikilib qoldi. Aslida, bu qizga nisbatan hech qanday g‘azabi yo‘q edi. U xotirjam ohangda javob berdi:

V: Hechqisi yo‘q, muammo emas.

Qiz yana jilmaydi va qo‘lini uzatdi.

Q: Meni Hana deyishadi. Men yangi kursdoshman, yaqinda universitetga ko‘chib keldim.

V biroz ikkilanib turdi, lekin keyin qo‘lini uzatdi.

V: man V

Hana bosh irg‘adi va yonidagi joyga o‘tirdi.

H: Men bu universitetga endigina o‘qishga ko‘chib kelganim uchun hammani endi endi taniyapman . Siz bilan do‘st bo‘lishim mumkinmi?

V bir lahzaga jim qoldi. Uning yuragi allaqanday yengillashganday bo‘ldi. Balkim bu qiz bilan gaplashish yangi tanishuv unga boshidan kechirgan his-tuyg‘ularini unutishga yordam berar…

V: Ha, albatta.

Ular suhbatlashib ketishdi. V biroz bo‘lsa ham o‘zini yengil his qildi. Ammo yuragining tubida Jungkook bor edi. Uning yonida emas, ammo ongi va xayolida edi…

Jungkook sinfxonaning eshigiga yetib kelganida yuragi biroz tez urardi. Kecha sodir bo‘lgan voqealar hali ham xayolidan ketmasdi. Vning yuzidagi ifoda uning g‘azabi va ortga chekinishibularning barchasi Jungkook uchun noaniq va tushunarsiz edi. U necha marta telefonini qo‘liga olib Vga yozmoqchi bo‘ldi, lekin har safar o‘zini to‘xtatdi. U Vning reaktsiyasidan keyin yana qanday gap topishi mumkinligini bilmasdi.

Jungkook eshik tutqichini ushlab bir lahza turib qoldi. Nafasini rostlab chuqur ichiga tortdi va asta sinfxonaga qadam qo‘ydi. Ichkariga kirishi bilan ko‘zlari Vni izlay boshladi. Nihoyat uni sinfxonaning o‘rtalarida ko‘rib qoldi. Lekin u yolg‘iz emasdi. Uning yonida begona bir qiz bor edi.

Qiz yengil jilmayib, Vga nimanidir aytayotgandi. Ularning suhbatidan V unchalik noqulay emasligi sezilib turardi. Hattoki u ham yengil kulimsirayotgandi. Jungkookning yuragiga g‘alati hislar yugurdi. Kechadan beri V u haqida o‘ylamadi unga bir marta ham yozmadi lekin mana hozir kim bilandir kulib gaplashib turibdi.

Jungkookning yuragi birdan qattiq siqildi. Uning nigohi asta-sekin torayib, nafrat aralash rashk ko‘zlariga urildi. U tezroq yaqinlashdi. Kim bu qiz? V uni qayerdan taniydi?

Jk: V!
Jungkook biroz sovuq edi

V boshini ko‘tarib, unga qaradi. Yuzidagi ifoda birdan jiddiylashdi. Kecha sodir bo‘lgan voqealar yodiga tushgani aniq sezilib turardi.

V: Ha?

sekin javob berdi

Jungkookning nigohi darhol yonidagi qizga o‘tdi. Qiz unga muloyim jilmayib qaradi va odob bilan bosh irg‘adi.

H: Salom, men Hana. Yangi kursdoshingman

qizni ovozi samimiylik bilan.

Jungkook qizga beparvo bir qarash tashlab yana Vga nigohini tikdi.

Jk: Kecha qaerda eding?

ovozida biroz norozilik bilan.

V: uyda edim

Jk: Nega telefoningni o‘chirib qo‘yding?

V: Chunki men hech kim bilan gaplashgim kelmadi.

Jungkook asabiy edu bu javob uni qoniqtirmasdi. Ayniqsa hozir V oldida boshqa birov bilan erkin suhbatlashayotganini ko‘rib ich-ichidan yonayotgan edi.

Jk: Juda g‘alati

Jk: Meni ko‘rging kelmaydi lekin mana hozir kim bilandir bemalol gaplashyapsan.

V o‘zini yo‘qotmadi aksincha uning nigohlari ham jiddiylashdi.

V: Hana mendan uzr so‘rash uchun kelgan edi. U bilan umuman boshqa mavzuda gaplashyapmiz

Hana esa bu keskin tortishuvni tushunmay, ikkovi o‘rtasida navbatma-navbat qarab turardi.

Jungkook esa jim qoldi. Uning ichida g‘azab va rashk alangasi yonardi. hozir Vning o‘zidan uzoqlashayotgani begona qiz bilan ochiqchasiga muloqot qilayotgani unga yoqmasdi.

Jk: Demak endi sen bilan gaplasholmayman, lekin bu qiz bilan bemalol gaplashishing mumkin shundaymi?

kinoya bilan.

V jahl bilan unga tikildi

V: Ha, shunday! Chunki Hana men bilan normal insondek gaplashyapti.

Jk og‘zini ochdinimadir demoqchi bo‘ldilekin so‘z topolmadi. Shu payt dars boshlanib qoldi va o‘qituvchi sinfxonaga kirdi.

Lekin Jungkook ichida to‘planayotgan g‘azabni qanday bostirishni bilmay qoldi.

Jk pov: Bu qiz hali men bilan o‘ynashmoqchi ekan unda men ham osonlikcha chekinmayman

By_astra❤️