March 23

I Can't Tell You🔕 by astra🎀

I Can't Tell You🔕 3 qism

Tong otdi jungkook uyg'ondi va dush qabul qilib instutga tayyorgarlik ko'rdi va unversitetga yetib keldi Jungkook unvirsitent hovlisiga kirdi. Ko‘pchilik unga qarab, pichirlashardi—lekin bunga ko‘nikkan.

Lekin bugun
 bugun Taehyung yo‘q edi.

"Qayerda yuribdi?" deb o‘yladi Jungkook, beixtiyor sinfni ko‘zdan kechirarkan.

U negadir asabiylashdi. Odatda, Taehyung darsga kechikmasdi.

Oradan yarim soat o‘tgach, sinfni eshigi ohista ochildi va Taehyung ichkariga kirdi. U odatdagidek xotirjam

Jungkook unga hech qanday aloqasi yo‘qdek ko‘rinishga harakat qildi.

Va V sekin kelib jungkookni yoniga o'tirdi uyqudan endi uyg'ongani bilinib turar edi ko'zlarini ishqalaydi

Keyin Taehyung unga qarab pichirladi:

V: Kechagi gaplarimiz haqida o‘yladingmi?

Jungkook bir lahza karaxt bo‘lib qoldi.

Jk: Nima?

V: Kecha
 Sen nimanidir aytmoqchi eding, lekin o‘zingni to‘xtatding.

Jungkook yuzini chetga burdi.

Jk: Menda aytadigan hech narsa yo‘q.

Taehyung uning ko‘zlariga tikilib qaradi.

V: Rostdanmi?

Jungkook yutindi. U Taehyungning nigohlariga uzoq tikila olmasdi.

Jk: Ha, rostdan ham

V: men shunchaki tushunmayapman nega bundag qilyapsan

Jk: yaxshisi mendan uzoqroq yur

Bu gaplarni aytish jungkookni yuragini sindirdi ovozi zurg'a shivirlab chiqdi qo'llari parta ostida biroz titraydi

V: nima? Sen ybanmisan nega bunday deyapsan shuncha yil do'st edik endi uzoqroq yur deyapsan kimdur aqlinga sikib ketimi ...

Jungkook indamaydi mavzuni yozyotgandek ko'rsatadi v esa hali ham jungkookni aytgan gapini uylar edi

Dars tugashi bilan Jungkook hech kimga e’tibor bermay, tezda sumkasini ko‘tarib sinfdan chiqib ketdi. Uning yuragi g‘ash edi Taehyungning doimiy nigohlari, savollari
 bularning bari uni yanada g‘azablantirardi. U iloji boricha tezroq sinfdan chiqishga harakat qildi.

Taehyung esa buni sezib turardi. U Jungkookning bu qadar shoshilayotgani, undan uzoqlashishga urayotganidan shubhalanib, ortidan yugurdi.

V: Jungkook, to‘xta

u chaqirdi, ammo Jungkook uni eshitmagandek yo‘lak bo‘ylab davom etdi.

V uning orqasidan yugurib borayotib, birdan kutilmagan to‘qnashuvga uchradi. Oldidan chiqqan notanish qiz bilan kuchli urilib ketdi va ikkalasi ham polga yiqildi. Taehyungning qo‘llari erga tegdi, chap tizzasi og‘riqli tarzda yerga urildi. Oldidagi qiz ham yiqilganidan boshi biroz orqaga ketdi va u og‘riqdan qattiq ingrab yubordi.

Atrofdagi talabalar bu holatga qiziqish bilan tikilib qolishdi. Kimdir hatto kulib ham yubordi.

V: Ey, ko‘zing bormi ?!

Taehyungning ovozi sovuq eshitildi.

Qiz qizarib ketdi, qo‘llari bilan kiyimlarini qoqib o‘rnidan turdi.

Q: Kechirasiz, men ataylab qilmadim


u xijolat bo‘lib gap boshladi.

Qiz )

V: Seni kechiriming kerak emas! Sendaqalarni yaxshi bilaman menga yopishish uchun boshqa reja uylab topishing kerak edi

Taehyungning jahli chiqqandi. U o‘ziga e’tibor qaratishni yoqtirmasdi, ayniqsa bunchalik ko‘pchilik oldida yiqilganidan jahli chiqdi.

Qiz yana bir bor uzr aytmoqchi bo‘ldi, lekin Taehyung unga tikilib qaradi va keskin ohangda gapirdi:

V:men sandaqa qizlar bilan qiziqmayman erkak kere busa klubga bor !

Atrofdagi qizlar buni eshitib, yuzlariga istehzo bilan kulgi yugurtirishdi.

— Voy, bechora,

dedi ulardan biri masxara bilan.

— Balki u ataylab V oppani ushlab qolmoqchi bo‘lgandir?

boshqasi qizarib turgan qizga yomon ko'z bilan tikildi.

- Ha-ha, kim biladi,

yana biri jilmayib qo‘ydi.

Qiz esa yanada qizarib ketdi. U o‘zini noqulay his qildi, go‘yo hamma unga qarayotgandek edi. Yana bir bor kechirim so‘rab, shoshib o‘z yo‘liga yurmoqchi bo‘ldi, lekin qizlar uni ortidan past ovozda masxara qilishni davom ettirishdi.

Taehyung esa atrofdagi gaplarga e’tibor bermadi. Uning sabr kosasi to‘lib bo‘lgandi. U shunchaki boshini changalladi va Jungkook yo‘nalgan tomonga qaradi.

"Sen mendan qochib qutula olmaysan, Jungkook," ichida pichirladi u va yana uni ortidan yurmoqchi bo'ladi lekin oyog'i qattiq og'rigani uchun qadam bosa olmaydi

V pov: ming lanat hammasiga

V atrofdegilarga tikiladi hamma unga tikilib turar edi va u 2 ta yigitga gapurdi

V: nega u yerda molga uxshab turipsanlar kelib yordam ber

U yigitlar tezda uni yoniga kelib uni yurishi uchun tayanch bo'lishadi

Jungkook esa bu ishlardan bexabar endi unversitentdan chiqmoqchi bo'lganida 2 ta qizni shivirlashini eshitib qoladi

1-q: bechara V qattiq yiqilibdi a?

2 -q: ha lekin u qizga juda qo'pollik qildi

Jungkook joyida to'xtadi va qizlarni yoniga yaqinlashdi u yaqinlashar ekan qizlar deyarli uzlarini yo'qotishar edi u juda kelishgan va boy deb shivirlaydi bitta qiz

Jk: hozir nima dedingiz

Q: biz V haqida aytdik bilmadingmi bir necha daqiqa oldin u bir qiz bilan turtilib ketdi va yiqildi va...

Qizlar gapini tugatmasida jungkook kalidor tamon yugurdi chunki v dan juda xavktir oldi va u kalidor tamon yurganida bir necha metr naridan V ji ko'radi u yurishi uchun 2 ta yigit yordam beryotgan edi 1 tasi v ni belidan ushlab olgan edi bu narsa JK ni rashkini qo'zg'atdi birinchi martta V ni kimdandur qizg'ongan edi va tezda jaxl bilan kelib gapirdi

Jk: uni qo'yib yubor hozir..

V: hoy ukar yordan beryapti

Jk: men shu yerdaman ular kerak emas

Yigitlar jk ga tikilishadi lekin hali ham V ni ushlab turishar edi

Jk: men nima dedim ..

Bu safar baland va qo'pol yigitlar tezda V ni qo'yib yuborishadi va jungkook ularni urjiga V ni ushlaydi va ko'tarib oladi

V: hoy axmoq nima qilyapsan uxm yura olaman meni pasga tushur

Jk: nima qilishni uzim bilaman

Jungkook uni mashinasi tamon ko'tarib olib boradi atrofdagi shivir shivirlarga e'tibir bermaydi va mashinaga utirqizadi ..

Uzi ham rulga o'tiradi va mashinani boshqarishni boshlaydi

V: nega ko'tarib olding

Jk: shuni hohladim

V: atrofdagikar bizni gey deb o'ylashi ham mumkun edi yban

Jk rulni mahkam qisadi va chuqur nafas oladi asabilashib javob beradi

Jk: ho'sh nima muamo ?hohlaganicha o'ylasin menga qiziq emas seni oyoqlaring shikaslangan !!!!!

V: qayerga ketyapmiz ?

Jk: meni uymga

V: yolg'iz yashaydigoningmi yoki amakim bilan yashaydigon uying

Jk: yolg'iz

V: nega

Jk: amoq bo'lma hozir agar ummumiy uyga borsek otam seni ko'rsa otanga habar beradi ularni arximas narsaga ovora qilgim kemayaoti

Jk pov: aslida esa men shuni hohlayman sen bilan ko'proq yolg'iz qolishni...

V: voy aqli senda dunyoni bilimi bor malades 👍

V kuladi jungkoik unga qaraydi

Jk: shunday vaziyatda ham kulishingni qara

Jungkook telefonini olib otasiga telefon qiladi va bugun V bilan darslari ko'pligini bugun kechasi birga qolishina aytadi va offesga bormasliklarini ogohlantiradi

Va ular jungkookni shaxsiy uyiga yetib kelishadi