Darkness world
Hayot hech qachon bir tekisda ketmaganidek bizninh qahramonlarimizga ham asta sekin hayot óz sinovlarini yóllamoqda edi
Anna: dada qachon kelasiz ózi?
Anna d: tez orada boraman. Sen men aytgandek qilyapsanmi?
Anna: harakat qilyapman ammo u umuman meni óziga yaqinlashtirmayapti
Anna d: vaqtimiz oz nima qilib bolsa ham unga yaqinlashishing kerak. Uni yaxshilab kuzat qandaydir nozik tomoni bólishi kerak
Anna: xóp, dada. Sizni tushundim. Sizni ópib qolaman
Anna qóng'iroqlashib bólgach telefini qólida óynatib xayol surgancha lab uchida ayyorona kulib qóydi
Erta tong. Jungkook kechasi kelgani uchun Bona uni ósha ahvolda yana ketkazib yuborgisi kelmadi. Shu sabab u Bonaning uyida tunadi. Ertalab esa Jungkook qovoqlari hishgan uyqusizlik charchatgan holda tongni qarshi oldi. Sea ham Jungkookdan ortiq bólsa ortiq ediki lekin holati sira kam emasdi. U ham kechasi yaxshi uxlay olmadi. Qilgan ishi faqat yig'lash bóldi. Jimin hol sórasa javob bermadi. Tongda derazadan kirgan kuz shamoliga ózini tutgancha chuqur-chuqur nafas oldi. Birdan eshik taqqillab Jimin kirib keldi
Sea ha degandek bosh qimirlatdi
Jimin: nonushta tayyor tezroq chiqaqol yoki xonagga olib kirib beraymi
Sea sochlarini tartibga keltirib ovqatlanishga chiqdi. Óziga kelib olish uchun birinchi órinda muzdak qahva ichdi. Seaning ahvoli tushkunligi sabab yana uni hafa qilmaslik uchun Jimin ham hech qanday izoh talab qilmadi.
Bona xonaga kirganda Jimin va Sea allaqachon kelib bólishgan edi. Faqat Sea yana avvalgi-Bonaning yonidagi joyda ótirar edi. Bona buni kórib Jiminga "nima gap" degan dek imo qildi. Jimin ham bilmasligini bildirib yelka qisdi.
Bona: hoooy nima gap? Nega kayfiyating yóq?
Sea: hech gap yóq hammasi joyida.
Bona: Sea aytaqolsangchi yoki kecha birorgap bóldimi. Anavilar hafa qildimi?
Sea zóraki kulish qilib: qóysangchi men ozimni hafa qildirib qóymayman ( u shunday deb mushagini pesh qildi.)
Bona joylashib ótirib olgach Jimin uni chaqirdi
Jimin: kechagi chala qolgan darsni qachon yakunlaymiz?
Jimin: agar qarshi bólmasang bugun uyimga kel birga davom etamiz
Jimin: aytmoqchi Jungkook yaxshimi?
Bona: uncha emas. U bilan nimadir bólgan. Ammo aytgisi yóq
Jimin: ha maktabga ham hali kelmaganidan tahmin qilsa bóladi
Bona: yóq u keladi faqat sal kechroq. Ertalab bir ahvolda uyg'ongani uchun uyiga borib sal óziga qarab olishini aytib uyiga jónatib yubordim.
Shu payt Jiminning qoshi chimirilila boshladi
Jimin: tushunmadim hozir nima deding...?
Bona ham Jimin rostdan gapimni tushunmabdi deb óylab yana boshidan gapirdi. Bundan Jiminning qoni ikkibarobar qaynab ketdi. U endi gapiraman deb turganida qóng'iroq chalinib xonaga óqituvchi kirib keldi
Shu tariqa darslar boshlanib ketdi. Tushlik vaqti bólgach Sea uyga ketishini aytib Bona bilan xayrlashdi. Bona ham noiloj uni ortidan qarab qoldi. Sóng uni oldiga Jimin keldi
Jimin:xósh birga tushlik qilamizmi?
Bona: Sea bugun juda g'alati Jungkook ham haligacha kelmadi. Bu ikkoviga nima bólgan hayronman
Jimin: havotir olma. Ósmir yoshida hammada bólib turadi. Aytmoqchi Seani ózi qani
Jimin: yóq, hech gap yóq. Sen joy olib ikkovimizga tushlik olib tur meni Seada zarur gapim bor edi. Tezda kelaman
Bona yaxshi degandek bosh qimirlatdi. Jimin bólsa yugurgancha oshxonadan chiqib ketdi. Sea hayol surgancha ketar ekan ortidan uni kimdir chaqirgandek bóldi
Jimin: kechadan beri g'alatisan balki nimalar bólayotganini aytib berarsan
Sea: Jimin hozir kónglimga hech narsa sig'maydi. Kechqurun gaplashaylik hozir yolg'iz qolmoqchiman.
Sea shunday deb ortiga ógirilib yólida davom etdi.
Jimin: Jungkookni deb shundaymi?
Sea ketayotgan yólida tóxtadi, lekin Jimin tomon ógirilmadi. Chunki bilardi u tomon qarasa kózyoshlarini tutib tura olmasligini
Jimin: Jungkook ham sen ham kechadan beri boshqachasizlar. Sen uyga yig'lab kelding. Jungkook esa Bonaning uyiga keldi. Bugun esa hatto maktabga ham kelmadi. Demak, ikkovingiz bilan aloqador nimadir bólgan
Sea: n.nima deding? Jungkook kecha Bonani oldiga bordimi?
Jimin: ha. Men Bona bilan online dars qilayotgan edim. Keyin u Jungkook qóng'iroq qilganini va hozir Bonaning oldiga kelayotganini aytdi. U bilan darsni yakunlaganimdan sóng esa sen bir ahvolda kelding. Nima bu shunchaki tasodifmi?
Sea yana indamadi. Jimin unga yaqinlashib nomigagina uni quchib dalda berdi.
Jimin: Sea xayolingda nima bor bilmayman. Ammo biz bir-birimizdan hech narsa yashirmasligimiz kerak. Bizga ikkimizdan boshqa hech kim yordam bera olmaydi. Buni ózing juda yaxshi bilasan. Yolg'iz qolging kelsa mayli. Lekin kechqurun hammasini menga aytishga va'da ber. Xópmi?
Bona Jimin kelavermagach uni qidirib ortidan chiqdi va Jimin Seani yelkasiga mehr bilan qoqib quchganini kórdi. U darrovda ortiga ógirilib tez-tez maktabga kirib ketdi. Makrab oshxonasiga kirib indamay ovqatini yeya boshladi
Pov Bona: Sea bilan Jimin órtasida nimadir bormi? Men kórgan manzara nima edi? Nega bu manzarani kórib xafa bólyapman, nega jaxlim chiqyapti? Ey xudo...! Negadir yig'lagim kelyapti....... Qanday ahmoqlik bu...
Bona shularni xayolidan órkazgancha biroz jaxl bilan ovqatini og'ziga qópollik bilan tiqib yer edi. Zum ótmay Jimin qaytib keldi
Jimin: ohoooo... Qorning juda ham ochib ketgan kórinadi
Jimin: sharbatni menga kiviligidan olibsanmi?
Jimin: Bona nimadir bóldimi nega bunday ohangda gapiryapsan
Bona kóz qirida Jiminga qaragancha óyladi: yóq, Bona. Ularni birga kórganingni bildirib qóyma. Shoshma shosharlik ketmaydi.
Bona birdan kuldi va : shunchali senga hazil qildim
Jimin qólidagi sharbatni qóyib u ham miyig'ida kuldi va ovqatini yeyishni boshladi. Bona endi etibor berdi sharbatga
Bona: o Jimin, ming bor uzr. Ózimga olganimda senga ham kiviligidan qóshib olibman.
Jimin: hechqisi yóq. Ichaveraman
Bona: ahmoqmisan? Keyin allergiyang qózib qolsa men nima qilaman
Jimin: biroz ichsam zarar qilmaydi
Bona biroz órnidan qózg'alib Jiminning yelkasiga shapatiladi
Bona: ahmoqlik qilma. Qani ichin kórchi mendan kóradiganingni kórasan
Jimin: yaxshi, yaxshi. Hazillashdim. Men unda ózimga boshqasini olib kelaman.
Jimin va Bonani nariroqda Anna kuzatib ótirardi.
Pov Anna: juda qizziiiiiiiq... Menimcha bu ikkovi bir-birini yoqtiradi. Ayni muddao. Ammo Sea-chi? Jimin unga ham ózgacha munosabatda bólyapti. Buni ham inobatga olib qóyish kerak. Kelgusi rejamda bu ish berib qolishi aniq. Endi kechagi jazolangan yigitlar bilan kelishib olsam bas. Nima qilib bólsa ham Jiminni hammani oldida óz kuchidan foydalanishiga majbur qilishim va buni óz kózim bilan kórishim kerak.
Ósha kuni Jungkook óqishga kelmadi. Maktabdan qaytishda Jimin va Bona birga ketishdi
Jimin: Bona ertalab darsda Jungkook uyingda qolganini aytdingmi?
Jimin: sen qiz esingni yeb qóymadingmi?
Bona: hoy nega meni bunday ahmaqona gap bilan haqorat qilyapsan?
Jimin: haqorat qilmayapman. Shunchaki hayron qolyapman. Qanday qilib bir qiz va bir yigit uyda yolg'iz qoladi. Yana yarim kechasi
Bona: Buni nimasi yomon. U begona emasku. Yaqin dóstim. Qolaversa uni kechagi vaziyatda uyiga ketkazib yubora olmasdim.
Jimin: tóg'ri dóstsiz. Lekin.... Lekin baribir ham bu g'alatidaaaaaa
Jimin óz norozichiligini bildirishda davom etardi. Qulay vaziyat tug'ilganini sezgan Bona bundan foydalanib qolmoqchi bóldi
Bona:Jimin buni nimasi g'alati. Nega jaxl qilyapsan? Yokiii...
Bona ayyorona tabassum bilan hazilomus sóradi: yoki meni rashk qilyapsanmi?
Bona shu savolni berib bir sakrab Jiminga yaqin kelib kózlariga yoqimli tikildi. Jimin esa jiddiy ohangda "ha" deya javob qildi. Bunday javobni kutmagan Bonaning kipriklari pir-pirab ketdi. U Jimindan uzoqlashib qóllarini ortiga qilgancha yólida davom etdi.
Bona: ixim.... Men shunchaki hazillashgan edim. Bu hazil bólmadi deb hisoblaymiz
Bona: Jimin bas qil( Bona qadamini tezlata boshladi. Jimin ham uni quva ketdi)
Jimin: yaaa... Bona buni ózing boshlading. Nega endi qochyapsan?
Bona: men shunchaki hazillashdim dedimku? Bas qil