May 10, 2025

Darkness world

Darkness world

7-qism

Sea sokinlik bilan Jungkookka javob berdi: men...men hamma kabi emasman va.... Va bu yerga Jimin sabab kelganman

-------------
5 soat avval

Jungkook maktabdan kelgach qancha urunmasin hayollarini bir yerga yig'a olmadi.

Pov.Jungkook: Sea.... Kim ózi u? Nega menga bu darajada qiziqish bildityapti, nega meni tarafimni olyapti? Yigitlar ham borgan sari haddilaridan oshishyapti. Eshik ortida men va Sea haqidagi suhbatlarini ham eshitdim. Ular bir baloni boshlamasa bóldi( u qóllari bilan orqa sochlarini asabiy ishqadi) aaaaaaiiiiishshsh..... Miyyam savollaga tólib ketdi. Nima bólsa bóldi

Jungkook shunday deb telefonidan yordamchi deb saqlangan kontaktni topib unga qóng'iroq qildi

Y:eshitaman Jungkook

Jungkook: Tan menga yordaming kerak.

Tan: xósh qanday yordam?

Jungkook:hozir senga bir qizni suratini tashlayman. Sen uni maktabdan uyga borgunicha kuzatib qóyishing kerak. Biror gap bólsa menga aytasan

Tan: tushunarli. Har qadamini aytib turaman

Suhbatdan sóng Jungkook ozini yotoqqa tashladi. Shiftga termulib ótirgancha óz ózidan hayollari yana Seaga qarab ketdi

Pov.Jungkook: yana uni óylayapman... Nahot uni yoqtirib qolgan bólsam?! Yoqib qolgan bólsa nima bólibdi? Qolaversa u ham menga befarq emasday. Buni bugun aniqlashtiraman

Jungkook miyyasiga kelgan xayol va fikrlardan lab chetida yoqimli kulgancha kiyimini alishtirib matatsiklni haydagancha chiqib ketdi. Manzilga yetish arafasida Tandan qóng'iroq bóldi. Qóng'iroqdan sóng Jungkook tezlikni yana ham oshirdi va muyishda Sea bilan tóqnash keldi. ( u yog'i hammaga ma'lum)


Ayni vaqt

Jungkook Seaning sóngi sózlaridan sóng biroz hayratlandi. Avvalgi soatlardagi voqealar kóz oldida aylana boshladi

Jungkook:n.nimaa.... Bunga Jiminni nima aloqasi bor?

Sea: meni ham senga óxshab hech kimga aytmagan sirim bor

Jungkook:xóoooósh...

Sea: gap shundaki, men oddiy odam emasman

Jungkook: Sea gapni aylantiravermasangchi. Odamni ezib yubordingku

Sea: men odam emasman( Sea qattiq baqirib aytdi) Men jin pariman. Jimin ham oddiy odam emas. U ham jin.

Jungkook eshitgan gaplari sabab hayratdan qotib qoldi. Bir nuqtaga uzoq tikilib turardi

Sea:Jung...Jungkook, Jungkook

Jungkook: h..haaa d.demak kórganlarim rost ekanda

Sea: nimani nazarda tutyapsan

Jungkook Jimin qiyofasini ózgartirganini kórgani va bir zumda yóqolib qolganini aytib berdi

Jungkook: bu haqida Bona biladimi?

Sea:unga hali aytmaganman. Iltimos sen ham aytib qóyma. Buni ózimdan eshitishi kerak

Jungkook:Sea jin qanday mavjudod ekani hammaga ma'lum. Ammo jin pari haqida endi eshityapman

Sea bir uh tortdida tushuntira ketdi: Bizni olamda jinlar va parilar birgalikda hayot kechiradi. Qizaloq pari qólida yulduzli tamg'a, ya'ni hol bilan tug'ilsa uni jinlardan biriga in'om etiladi. Sizlarni olam tili bilan aytganda turmush qurishi belgilab qóyiladi va shu orqali jinlarning nasli davom etadi. Men ana shunday pariman va men tug'ilganimda Jiminga in'om etilganman.

Endigina stakandan suv ichim uni stol ustiga qóymoqchi bólib turgan Jungkook ohirgi "in'om" sózlarini eshitib ichidan jumbushga kelayotgan tushunarsiz hissiyotlarni jilovlash uchun stakanni mahkam ushladi. U uni shunchalik mahkam tutdiki alal oqimat u sindi. Suv va shisha siniqlari atrofga sochilib ketdi.

Sea: Jungkook.....!

Sea qórqib órnidan turdi. Jungkookning qóli haliham yarim musht holda turar, kaftlari orasida shisha siniqlari chiroq nurida tovlanar va qólidan qon sizib chiqardi. Ózi bólsa eshitganlarini xayoloti bilan moslay olmay bir nuqtaga tikilgancha turaverar edi.

Shovqinni eshitgan ofitsiant darhol yetib keldi. Sea undan dori qutisini sóradi. Jungkookning kaftini asta ochib siniqlardan tozaladi. Sóng uni turg'azib boshqa holiroq joyga olib ótdi. Bu orada ofitsiant dori qutuni olib keldi va shishalarni tozalashga kirishib ketdi

Sea kózlarida yosh bilan yarani tozalay boshladi. U ózini ayblardi. Kózlaridan oqqan yosh Jungkookning qóliga tomdi. Kaftida issiqlikni sezgach hushini yig'ib qarshisidagi qizga qaradi. Sea uning qólini bint bilan bog'ladi va kózlar tóqnashdi

Jungkook: sen aytganlardan hulosa qilsak, demak men yana kimdir tomonidan aldandim shundaymi?

Sea yosh tóla kózlari bilan "yóq" degamdek bosh qimirlatdi.

Jungkook:demak... Demak, menga rahming kelgani uchun yaxshi munosabatda bólgansan. Meni nojor deb óylagansan tóg'rimi

Sea:yóq... Unday emas. Aslida...

Jungkook: bas qil! ( pichirladi Jungkook) men hali ham sodda ekanman jog'i. Sen menga befarq emassan deb óylabman. Aslida sen bilan shu mavzuda suhbatlashish uchun kelgandim. Mana sóramasimdan avval hammasi ma'lum bóldi. Uyingga ózing yetib olarsan

Jungkook gapini yakunlab turib ketdi. Sea uni ortidan borib qólidan ushladi

Sea: Jungkook gapimni ohirigacha eshit iltimos

Jungkook Sea tomon qayrilmasdan ikkinchi qóli bilan Seaning tutib turgan qólini sekingina siltadi va:

Jungkook:meni kimligim va nimalarga qodirligim endi senga ma'lum. Shu sabab qaytib yólimdan chiqma, maktabda mendan uzoqroq yur. Aks holda...... Aks holda seni óldiraman

Jungkook sóngi tahdidli sózlarini aytayotganda ovozi bóg'ildi. Cafedan shahd bilan chiqib ketdi. Sea esa ótirgancha yig'lab qoldi

Sea

Jungkook matatsiklni juda tez haydadi. Unga alam qildi. Hissiyotlarga biroz erta berilgani uchun ózini aybladi. U shaharni ana ósha alam va tezlikda aylanib chiqdi va bir yerda tóxtadi. Hushini yig'ib qarasa bu Bonaning mahallasi esi. Soat esa tungi 11 ga qarab ketyapti. Biroz óylanib Bonaga qóng'iroq qildi. Bu paytda Bona Jimin bilan kompyuter orqali online dars qilayotgan edi

Bona: shu paytda tinchlikmikan?

Jimin kompda: tinchlikmi?

Bona: ha tinchlik Jungkook qóng'iroq qilyapti. Javob berib olay

Jimin:bemalol

Bona: eshitaman Jungkook

Jungkook:salom Bona uxlamayotganmiding?

Bona: yóq. Uyg'oq edim

Jungkook: agar iloji bólsa tashqariga chiqa olasanmi. Doimgi mahallang boshidagi tungi butka yonida turibman

Bona: shu paytdaya tinchlikmi ózi?

Jungkook: ha tinchlik. Iltimos birozga bólsa ham chiq. Istasang amakimdan ózim ruhsat olaman.

Bona: Jungkook ovozing juda g'alati eshtilyapti. Dadam uyda emas. Shartnoma imzolash uchun Tailandga ketgan. Istasang uyga kel bafurcha gaplashamiz

Jungkook: yaxshi hozir boraman

Bona telefonni óchirdi. Va biroz óylanib qoldi

Jimin: tinchlikmi

Bona: Jungkook kelyapti darsni ertaga davom ettirsak bóladimi?

Jimin: shu paytdaya? Uyda ózing bólsang u ham kel desa kelaveradimi

Bona: Jimin bu nima deganing. Jungkook unday odam emasligini ikkimiz ham bilamiz. Qolaversa ovozi juda g'alati eshitildi. Bu mahalda u shunchaki qóng'iroq qilmagan. Shunga havotirdaman

Jimin: ha mayli bópmasa men uxlayman.

Jimin qóng'ironi yakunlagach yonida turgan yostiqni óng kelgan tomonga otib yubordi.

Jimin: ahmoq bola. Yarim kechasi qiz bolani uyiga uyalmay kelayotganini. Ertaga u bilan gaplashib olmasam bólmaydi shekil. Shu payt uyga bir ahvolda Sea kirob keldi

Jimin: sen qizga ertaroq kel demaganmidim. Shu paytgacha qayoqda eding.

Sea indamadi. Kelib uni quchoqlab yig'lay boshladi


Eshik taqqillagach Bona darhol borib eshikni ochdi.

Jungkook:salom

Bona:xush kelibsan kiraqol

Jungkook: Bona yarim kechasi odobsizlarcha uyingga kelganim uchun uzr sórayman. Ammo bilasan sendan boshqa yaqinim yóq( uyga kirayotib shunday dedi Jungkook)

Bona: hechqisi yóq. Biror nima ichasanmi yoki yeysanmi?

Jungkook: yóq

Ular birgalikda mehmonxonaga kirishdi. Jungkook xonaga kirib ótirgach bir nuqtaga qarab jim ótiraverdi. Bona na uni sóroqqa tutishni va na jim kuzatib turishni bilmasdi

Bona

Ohiri Jungkook ózi gap boshladi

Jungkook: Bona shu paytgacha sendan bir narsani yashirib keldim va buni hozir aytmoqchiman

Bona: xósh nima ekan

Jungkook ózi haqida Seaga nimalarni aytgan bólsa barini sózlab berdi. Hatto ortig'i bilan. Bona Jungkookning gaplarini eshitgach endi sezdi Jungkook tutulmay ravon gapirayotganini

Jungkook:meni kechir. Dóstligimizni yolg'ondan boshlaganim uchun

Bona:sendan hafa emasman. Yashirdingmi demak arzirli sababi bólgan. Muhimi hozir haqiqatni bilaman. Shu sabab ózingni aybdor his qilma.

Jungkook:meni tóg'ri tushunganing uchun rahmat

Oraga biroz sukunat chómdi. Bu sukutni esa Bona buzdi.

Bona:Jungkook.... Shu paytda menga faqat shunigina aytgani kelmagandirsan. Biror gap bóldimi?

Jungkook alamli kulish qildi: ha bóldi. Juda yomon ish bóldi. Men... Men....

Jungkookning ovozi titrab chiqdi. Kipriklari pir-pirab orasidan yosh sizib chiqdi. Maktabni tugatish arafasidagi bu ósmir yigitga bugungi voqea kutilmagan zarba edi

Jungkook

Bona nima qilishni bilmay qoldi. U Jungkookni qanday ovutishni bilmasdi. Ohiri uni astalik bilan quchoqladi. Jungkook ham shuni kutib turgandek Bonaning sochlari orasiga yuzini berkitdi

Jungkook:Bona meni yana aldashdi. Nahot men shunchalik sodda bólsam. Nahot meni hech qanday sababsiz yaxshi kórishni imkoni bólmasa....

@Bloodly_fanfics