November 26

Qora taxt

< 4 >

Amayaʼs pov:

Karnaval boshlanishidan oldin meni moviy koʻylak ichiga olishdi , bu koʻylak juda nafis va yengil edi goʻyoki ustimda bulut turgandek , sochimni ustgi qismini biroz koʻtarib moviy va oq aralash rangdagi tasma bilan yigʻishdi.

Barcha qizlar hursand endi , menimcha ular saroydan tashqariga koʻp chiqishmaydi , bu karnaval ular uchun bir imkoniyat boʻldi. Lekin bugungi kundagi oʻsha baxtiqaro yoki omadi kelgan qiz kim boʻldi ekan ? Sababi agar qizlarni yoshi katta qirol ayriboshlasa bu juda yomon agar yosh qirol tanlasa bu baxt qushi degani.

Tayyorlanib boʻlgach , bu tayyorgarlikni ohiriga yetkazish maqsadida hushboy hid keluvchi aralashmani surib yakunlashdi. Honada yolgʻiz qoldim. Biroz vaqtdan soʻng qirolni honaga kirayotganini baland ovozda elon qilishdi va hona eshiklari ochildi. Jeon Jungkook honaga kirganidan soʻng bu muxit umuman boshqacha tus oldi. Goʻyoki hona torayib , toʻrt devor meni qisayotgandek , boʻynimdagi moviy tasma ham nafas olishimga halaqit bera boshladi.

- Amaya Clarense , vanihoyat sening haqiqiy va toʻliq ismingni topdim. - u gʻalati tarzda jiddiy edi.

- Moviy rang seni oʻzgartirib yuboribdi. - bu gapiga biroz tushunmadim. Nima demoqchi boʻlyabdi.

- Minnatdorman , ammo qaysi maʼnoda janob.

- Avval meni kamroq qiziqtirarding , endi esa kelgusi karnavalni ham toʻxtatib seni shu xonaga qamab qoʻygim kelyabdi , koshki seni mendan boshqasi koʻrmasa. - u biroz gʻalati gapiryabdi , javoban shunchaki tushunarsiz jilmayib turdim holos , ohir oqibat faqat kulib turishim uchun ham oʻldirib yubormasa boʻlgani. Ahir u qirol.

- Men kimnidir qiziqtirishni hohlamaganman janob. - yuzimga mayin kulgu olishga harakat qildim

- Ammo buni ortigʻi bilan uddalayabsan , oʻsha tun qoldirgan ishimizni bu tunda aniq boʻlishini kafolatlayman Maya - "Maya" ohhh yoʻq faqat Maya atamasi emas , kichikligimda dadam doyim meni ismimni qisqartirib shunday atardi ammo hozir. . . Dadamni koʻrmaganimga ancha boʻlgandi shuningdek meni anchadan beri bu nom bilan hech kim atamayotgandi.

- Maya , bu haqida koʻp oʻylama , hozir esa ketishimiz kerak - u men tomon sekin yaqinlashib qoʻlimdan tutdi. Bu ishni kutmaganim uchunmi qoʻllarim biroz qaltiradi.

Amayaning qoʻllari Jungkookning kafti orasida juda kichik koʻrinardi Jungkook ham aynan shunday turdagi inson , u doyim dominantlikni yoqtirgan.

- Qoʻllaring yumshoq , ular terlashni boshlayabdi - eshik tomon yurib borar ekanmiz u hali ham gapirishda davom etardi.

- Menimcha hayajondan - koʻzlarimni tartibsiz yumib ochar ekanman, tushuntirishga harakat qildim.

- Hayajon faqat yotoqda boʻladi , hozir esa oʻzingni bosh qoʻy. - bu nima degani endi ? Ahh... Nega u bunday gaplarni aytaveradi. Men tushunmay qoladigan aqlim yetmaydigan jumlalarni ishlatishni yoqtiradi.


Ot aravalarga ketma ket joylashdik , oldinda yoʻl boshlab boruvchi harbiy guruh keyin esa ot aravalar undan keyin nima joylashganini aniq koʻra olmadim.

Qarshimdagi tomonda Jungkook qandaydir xat yoki nomani qoshlarini chimirgan holda oʻqib ketardi. Men esa zerikishni boshladim. Silliq moviy koʻylagimni oq rangdagi bezaklarini qoʻllarimda aylantirib oʻynahshni boshladim.

- Qoʻllaringni qimirlatishni bas qil , etiborimni jamlashni qiyinlashtiryabdi. - unda nima qilay ? Shu savolni ovozimni chiqarib aytishni hohladimu , ammo aytishga kuch topolmadim.

Shu bilan yoʻl ohirigacha qimirlamay ketdim , ahiyri manzilga yetganda eshiklar ochildi , qiziqganimdan tezda eshikdan chiqmoqchi edim Jungkookni qoʻllari meni toʻxtatdi.

- Avval yopinchiqni il - ikki qadam bilan ot aravadan tushgan Jungkook yana qayta eshikni yopdi. Ustimga toʻq koʻk va oq rangdan tikilgan uzun yopinchiqni yopganimdan soʻng arava eshiklarini qayta ochdim. Ammo pastda tushish uchun zina yoʻq , Jungkook arava eshigini kattaroq ochib yopib turgan pardalarini surdi , ikki qoʻli bilan meni koʻtarib , bir deganda yerga tushirdi.

- Yuzingni yopamiz - yopinchiqning orqa boshkiyimini boshimga yopib qoʻydi - men bu odamga tushuna olmayapman , shuncha harakat nima uchun edi ? Men har tomondan yopib qoʻyyabdi.

- Yoʻlni koʻra olmayapman - chindan menga hech nima koʻrinmayitgandi.

- Meni koʻzlarim ikkimizga ham yetadi , qoʻlimdan qattiqroq ushla bas . - hech qayerga qaramay u boshlagan tomonga yurdim menimcha yoʻl ohirimidi qadamlar sekinlashdi.

- Min honim uni sizga beryabman , kelishganimizdek boʻlsin. - Qoʻlimni qoʻyib yuborgan Jungkook bosh kiyimimni yechdi.

- Tez ketamiz , urf odatlar tugaganidan soʻng oʻzim yoningga kelaman - yahshi anglay olmadimkuya boshimni bir ikki silkitib tushundim degandek qildim, u esa qoʻriqchilari bilan saroy yoʻlagi orqali qayergadir ketdi.

Bu saroy umuman boshqacha uslubda , Jungkookning qasri oltin va qora rangda edi , bu esa qizil va qora butunlay Xitoy uslubida , qandaydir oʻziga tortuvchan menimcha karnaval shu saroyda oʻtqaziladi.

- Amaya honim , qirol Jeon menga sizni ishonib topshirdi , hozir orqa honaga borishimiz kerak , asosiy honaga kiramiz , qizlar bilan birga olib kiraman , ammo siz orqada turasiz. Janob iloji boricha koʻzdan uzoqda boʻlishingizni hohlayabdi. Marhamat bu tomondan ketamiz , qizlar kutishyabdi. - Menga qolsa eʼtibordan qolganim men uchun ham yahshi , shunchaki bu karnaval qanday boʻlganligi meni qiziqtirgandi.

Qizlar bilan yoʻlakdan toʻgʻri chiqganda , koʻzimni qizil rang oldi , har yerda bu rang har bir narsada qizil rang bor. Juda ulkan hona menimcha zal.

Atrofda 5 dona ajratib qoʻyilgan joy u yerda 5 qitʼadan kelishgan qirollar, ortida esa kuchlarini ifodalovchi harbiylar boshqa tomonida esa goʻzalligini ifodalovchi kanizaklar.

Biz tomonda ham huddi shunday 2 metr uzoqda Jungkook taxtda oʻtiribdi ortida chap tomonda harbiy yigitlar oʻng tomonda esa men va 4 kanizak.

Ulkan osma doʻmbiraning 3 marta baland chalinganidan soʻng karnaval rasman boshlandi. Biroz zerikarli boʻladi deb taxmin qila boshlagandim ammo davomi butkul boshqacha tus oldi. Oʻrtadagi saxnaga chiqgan 5 qitʼadagi moxir raqqosalar oʻzlarining nozik raqslari bilan hammani lol qoldirishdi.

Menimcha 1 soatlarcha turlicha raqslar-u kuylarni tomosha qilib oʻtirdik , barchasi bir biridan ajoyib arablar oʻzlarining raqslari bilan hammaning koʻnglini olishsa turk halqi oʻz kuylari orqali quloqlarga rohat baxsh etdi , hindlarning jozibador koʻylaklari barchani shoshirib qoʻydi , goʻyoki yorqin ranglardagi koʻylaklar hammaning diliga rango ranglik olib kirgandek.

- Janoblar , raqslar barchaga manzur keldi degan umiddamiz , karnavalning bu uchrashuvning asl maqsadiga oʻtsak , davlatlar va qitʼalar hamdoʻstligini saqlab qolish maqsadida har yili har bir qitʼadan bir qiz boshqa biriga tortiq qilinadi, menimcha tartib hammaga maʼlum. - men qarqgan narsa boshlandi , menga qolsa qizlar almashinishmasin bu adolatdan emas Ahir , qizlar buyum emas erkin shaxs. Birinchi boʻlib Hind va Arablar keyin esa navbat bizga keldi

- Turk davlati va Choson , Turkistondan Esmira Ender Choson davlatidan Amaya Clarense shundaymi ? - oʻrtada turgan inson vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida ikki davlat yetakchilariga nigoh tashladi.

Amaya ? Dedimi mening ismimnimi? Jungkook bunday qilganiga ishonolmayman. U bunday qilolmasdi. Men ketolmayman.

Turkiston davlatidan qirol Evender kela olmaganlari uchun toʻngʻich oʻgʻli shaxzoda Roun Esrterfoniy qatnashayotgan edi. Barcha kafolatlar unda va tanlovni ham u qabul qiladi.

Jungkook yordamchisiga nimadir deya qulogʻiga pichirladi , u esa markazda turib bu muzokaralarni olib borayotgan yigit yoniga borib sekin tushuntirdi.

- Nima boʻlyabdi Janob Fernandes - Shaxzoda Roun qaddini rostlab bu muhit atmasferasini oʻzgartirdi.

- Shaxzoda Roun bizdan bir xatolik oʻtibdi , oydinlik kiritishga ruhsat bersangiz. - takidlab oʻtdi muzokarachi.

- Sizlar Amaya Clarense dedingiz , men uni koʻrmayabman. - uning gaplaridan soʻng Jungkook asabiylikdan peshonasini uqalashni boshladi.

- Janob Roun , ular nomzodni almashtirishdi Amaya Clarense oʻrniga Kim Mari berilishini istashyabdi, ammo qoidalarga koʻra hujjatga Amaya Clarense yozilgan , adolatli oʻylasak tanlov sizda.

- Vaziyatni men yahshiroq tushintiraman nazarimda , bizning yordamchilar adashishgan sizlarga asl Chosonlik , qonida Choson qoni oqayotgan qiz kerak , ammo Amaya boshqa davlatdan u nomzod boʻlolmaydi , marhamat Roun tanlovingizni qiling. - Jungkookning asabiy aytilgan bu gaplaridan soʻng Shaxzoda Roun oʻyga toldi.

- Amaya yoki Mari. - markazdagi muzokarachi javob kutardi.

- Nima ham derdik , janob Jeon aytganlaridek boʻlsin.

Tabiatan juda teran fikrli ammo qoni qaynoq boʻlgan shaxzoda Roun bu safar Jungkookning fikrini maʼqulladi. Chindan davlatlar ayirboshlashida asl nasabli qizlar soʻralgan edi.

- Ming bor mazur tutasiz , Choson davlati nomzod ismlari almashdi, qaytadan takidlab oʻtaman Turkiston qitʼasidan Esmira Ender Choson davlatidan Kim Mari. Barchaga tushunarli boʻldi degan umiddaman, marhamat bu doʻstlik uchrashuvining soʻngi nuqtasi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni hujjatlashtirish uchun oʻz muhringizni bossangiz.

Bundan soʻng barchaga berilgan qogʻozlarga davlat qirollari oʻz muhrini bosishdi. Barchasi birlashib , yana bir bitm imzolanganligini bildiruvchi peshtaqtalarga osildi.

- Janob nega bu masalani choʻzdingiz , men bilgan Jeon Jungkook ishlarni bunday yakunlamasdi , yani aytmoqchimanki istasangiz bu saroyni ichidagi odamlari bilan yoʻq qilishimiz mumkin edi. - Jungkookning yaqin lashkarboshining bergan bu savolidan soʻng Jungkook lab chetiga kulgu oldi.

- Adim seni bilasan deb oʻylagandim, bu gaplaringdan soʻng aqlingga shubxam ortyabdi , Roun oddiy yigit emas , unda ancha kuch bor , mendan ham sendan ham aqlli u yigit , u oʻziga ishonmaganda kelmasdi , 24 yoshli yigit butun turkiston davlatlarini birlashtirib qoʻl ostiga yigʻa oldimi, uning qoʻlidan bundan ortigʻi ham keladi.

- Unga bosh tabibning qizini tuhfa etdik ammo u endigina 16 da. Tabibning qizi boʻlganligi uchun ham ancha koʻp narsani bilishini inobatga olib shunday qildik janob. - uning gaplariga butkul etibor bermagan Jungkook yoʻlida biroz toʻxtab savol berdi.

- Hamma joylashdimi ? Amaya ? - savol nazari bilan koʻzini yordamchiga olib oʻtgan Jungkook javob kutardi.

- Janob menimcha unutgansiz, siz bu kechani Turkmaniston honimi Esmira Ender bilan oʻtqazishingiz kerak. - uning gapidan soʻng Jungkook oʻylanib qoldi.

- Yahshi ot aravalarni hozirlang saroyga qaytamiz. - Jungkookning bergan buyrugʻidan soʻng , barcha ot aravalarga joylashdi.

Barchasidan ajralib turgan faytun boshqalaridan oldinda alohida turardi. Jungkook qattiq qadamlar bilan yaqinlashib , aravaga chiqganida soʻng , qarshisidagi qizning nimaga yuzini yopib olgani qiziqtirardi.

- Yuzingni ochsang boʻladi - Jungkook qizning bosh kiyimini ortga olar ekan uni Amaya deya taxmin qilgandi ammo hozir. . . Bu butkul boshqa qiz Esmira Ender boʻlib chiqdi. Qizning boshkiyimida qoʻli qolgan Jungkook qoshlarini chimirib asabiy oʻzini ortga oldi.


Amayaʼs pov:

Mening oʻrnimga boshqa qizni olishdi , bu xatoligini boshidan bilgandim yoqsa Jungkook nega menga kechasi kelaman deya aytdi ? Honaga kirganimdan soʻng usti boshimni alishtirdim, yengil oq ushlash kiyimini kiyganimdan soʻng , eshikni poylay boshladim , aslida u jiddiy aytganmidi ? Albatta uning qarashlari yodimda unda hech qanday hazil yoʻq ekani aniq edi.

Sekin borib stol ustidagi atirdan boʻyin va yelka tomonimga sepdim. Vaqt juda sekin oʻtayotgandek tuyulib ketaverdi. Qadaxni toʻldirib suv ham ichdim ammo boʻgʻzimdagi bu narsa bosilmadi. Shu tariqa 1 soat oʻtdi soʻngra 2 soat va yana 4 soat menimcha uning yodidan chiqdi , uhlasam ham boʻlar.

Ammo shu vaqt eshik shiqirlab ochilib shagʻam koʻtargan, saroy bekasi kirib keldi.

- Nega haligacha uhlamading? Chiroqlarni oʻchirish kerak.

- Qirol kelmoqchi edi , tongda taʼkidlagandi - nimanidir eslagandek uzuq yuluq tushuntirdim.

- Hozir u Turkistondan olib kelingan qiz bilan tun oʻtqazyabdi , urf shunday ular bir tun oʻtqazishlari zarur, sen uhlasang ham boʻladi , qani chiroqlarni oʻchiramiz.

Mana nima uchun u kelmabdi , u hozir boshqasi bilan bu ishni. . .

< 4 > Qism Tamom.
Bilaman kam boʻlib qoldi 😭 ammo harakat qildim yoqti degan umiddaman.

🕯Eslatma: Talablarga binoan tez orada #Qora_Taxt hamda #Black_Code Fanficlari uchun bitta vip kanal ochiladi , u kanalga qoʻshilish orqali ikki fanficni ham tez oʻqishingiz mumkin ammo asosiy kanalga ham tashlanadi 1 haftada ikkisidan ham 1 qismdan vip kanalda esa har kuni chiqadi , tushunasiz degan umiddaman.

🕯Ushbu fanfic davomida keltirilgan Albaniya qiroli shaxzoda Roun va Chosondan olib borilgan 16 yoshli qizaloq Kim Mari haqida ham hikoya bor , u asar faqat vip kanalda chiqadi ( albatta oʻqishni istovchilar uchun 🤭 )